Зоология ва экология
Maydalash jarayonining tavsiloti
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
Maydalash jarayonining tavsiloti.
Maydalash jarayoni-omixta yem zavodlarida mahsulot ishlab chiqarishdagi eng murakkab va ko`p energiya talab qiladigan jarayonlardan biri hisoblanadi. Komponentlarni maydalashda ularning ba`zi qismlari orasidagi kuchlarning bir-biriga to`g`ri kelishi buziladi, buni bartaraf qilish uchun elektrenergiyasini ko`p sarflagan holda maydalashning turli usullarini qo`llashga to`g`ri keladi. Bu ayniksa omixta yemga katta miqdorlarda kiritiladigan donli komponentlarni maydalashga taaluklidir. Kattik jismni bo`laklarga ajratij jarayoni maydalash deyiladi. Buning natijasida jism bo`lakchalari orasidagi kuchlarning bir-biriga to`g`ri kelishi zabt etiladi va yangi yuza hosil bo`ladi. Omixta yem ishlab chiqarishda quyidagi komponentlar maydalanadi: don, donli aralashmalar, kunjara, shrot, so`tali makkajuxori, mineral kelib chiqishli xom ashyolar (bur, tuz, chiganok uni) oziq-ovqat sanoatining yirik fraktsiyali ozuqa mahsulotlari. Ba`zi komponentlar mashinadan bir marotaba o`tganda maydalanadi, ba`zlari esa ikki marotaba o`tkazishni talab qiladi. Donli komponentlar mashinadan bir marta o`tkazilganda maydalandi, chakmoq xom ashyolar esa oldik ko`pol ezishga, sungra mayda yanchishga to`tiladi. Maydalash darajasi yoki maydalangandan keyin bo`lakchalar razmerlari hayvon turi yoshidan bog`liq, ya`ni maydalash darajasi yanchishning yirikligini tavsiflaydi. Maydalangandan keyin bo`lakchalar razmeri 5 mm yoki undan katta bo`lsa, maydalash shartli ravishda ko`pol deyiladi. Agar 5 mm dan kichik bo`lsa, bunda maydalash mayin hisoblanadi. Kattik bo`lakli komponentlarni nisbatan katta bo`laklarga bo`lish (5 mm katta) ham shuningdek maydalash deyiladi. Mahsulotning maydalanish darajasi deb maydalanadigan bo`laklar chizikli razmerlari kattaligining maydalashdan keyingi bo`lakchalar razmeri nisbatiga aytiladi. Mahsulotning maydalanish darajasi i mahsulotni maydalagandan keyingi bo`lakcha yuzasi yigindisining s boshlangich mahsulot yuzasi yigindisiga nisbatan aniqlanadi.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling