3.8. Omixta yemga karbamidni kiritish
Omixta yem sanoatida odatda granulali (donador) karbamid ishlatiladi, u normal sharoitda okuvchanligini saqlagan holda, nisbatan uzok vaqt saqlanishi mumkin. Sanoat donador karbamidni ikki fraktsiyada polietilen yoki kogoz kopchalarda etkazib beradi.
Birinchi fraktsiya razmeri 0,2..1,0 mm bo`lgan 90 % dan kam bo`lmagan granula va ikkinchi fraktsiya esa-razmerlari 1..1,25 mm bo`lgan 90 %dan kam bo`lmagan granula saqlashi kerak.
Birinchi fraktsiyada razmeri 3 mm dan katta bo`lgan granulalar ko`pi bilan 5% gacha ruxsat beriladi. Karbamidning hajmiy ogirligi 700-730 g/n, tabiiy kiyalik burchagi 30, namligi 0,2% dan yuqori yemas. Birinchi fraktsiya karbamidi granulalari eipslashuvnikamaytirish uchun hayvon yoglari yoki boshqa qo`shimchalar bilan 0,05% miqdorida koplashi mumkin. Karbamid sifati standart bo`yicha aniqlanadi, u yoki bu fraktsiyani etkazi berish esa iste`molchi bilan kelishiladi. Omixta yem tarkibida karbamidni qo`llash xo`jaliklarda hayvonlarni normalashtirilgan tuygazishni tashkil qilishni osonlashtiradi, uni omixta yemga asosiy texnologik jarayon bilan kushib kiritish jarayonini mexanizatsiyalashga imkon beradi. Omixta yemga karbamidni quruq holda yoki melassada eritilgan ko`rinishda kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |