Зоология ва экология
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
Mineral moddalar. Mineral moddalr energetik qiymatga ega bo`lmasalarda chorva mollarini oziqlantirishda juda katta ahamiyatga ega. CHunki ular organizmda o`tayotgan modda almashinuvining barcha jarayonlarida aktiv ishtirok etadilar.
Hayvonlarni maqsadga muvofiq oziqlantirishni tashkil etishda ratsiondagi kal’tsiy, fosfor, natriy, xlor, magniy kaliy, oltingugurt, temir, rux, marganets, mis, kobal’t, yod miqdorini normalashtirish lozim. Ayrim hollarda esa ratsiondagi ftor, brom, selen, molibden miqdorini ham hisobga olish shart. Bundan tashqari, keyingi yillarda tashqi muhitning ifloslanishi va qo`shimcha oziqa ishlab chiqarishda ximik va mikrobiologik texnologiyaning qo`llanilishi tufayli ratsionlagi simob, qo`rg`oshin, strontsiy miqdorini ham hisobga olish muhim ahamiyatga kasb etmoqda. Hayvonlarni to`la qiymatli oziqlantirishni tashkil etishda mineral moddalarning bir – biri bilan va boshqa ovqatlantirish omillari bilan murakkab aloqada ekanligini ham hisobga olish lozimdir. Kal’tsiy, fosfor va magniy o`rtasida, rux bilan mis, kaliy bilan magniy, natriy bilan kaliy, mis bilan temir, oltingugurt, mis bilan molibden o`rtasida juda yaqin bog`liqlik borligi aniqlangan. Hayvonlarning mineral moddalarga bo`lgan ehtiyoji juda ko`p omillarga, avvalo ayrim elyementlarning almashinuv jarayonida bir – biriga munosabatiga, ularning surilish va ajratilish darajasiga, organizmda tuplanish miqdoriga bog`liq bo`ladi. Vitaminlar. Vitaminlar organizmning normal faoliyatini ta`minlash, hayvonlarning soglom o`sishi, ularning yuqori mahsuldorligi va qayta ishlab chiqarish funktsiyalari faoliyatini normallashtirish uchun juda zarur hisoblanadi. CHorvachilikni jadal rivojlantirishda vitaminlarning roli ayniksa kattadir. Agar ratsionda biron bir vitamin yetishmasa, mollarning mahsuldorligi pasayadi va ular organizmida modda almashinuvining buzilishi kuzatiladi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarni oziqlantirishda karotin, vitamin A (renitol), D (kal’tsiferol), E (tokoferol) normallantiriladi. Cho`chqalarni vitaminli ovqatlantirishni normallashtirishda vitamin A (renitol) eki karotin, D2 (ergakal’tsiferol) E (tokoferol’), V1 (tsiamin) V2 (riboflavin), V3 (pantoten kislotasi), V4 (xolin), V5 (nikatin kislotasi), V12 (tsianokobalamin), muhim ahamiyatga egadir. Parrandalarni oziqlantirishda yuqoridagi vitaminlardan tashqari ratsion qo`shimcha ravishda K (naftoxinon), V6 (pirodoksin), Vs (foliy kislotasi), S (askorbinka kislotasi), va V7 (biotin kislotasi) vitaminlari bilan ham normallashtiradi.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling