Ishlash tartibi: tahlil qilinayotgan donning sifat ko’rsat-kichlaridan foydalanib, fizik og’irlikdan asl chegirish hajmi va 200 t don to’plamining fizik og’irligiga nisbatan qo’shimchalar qo’shib aniqlanadi. Don hisoblanadigan miqdor og’irligidagi narxi belgilanadi. Asosli kondisiyadan sifatini o’zgarishi hamda donni quritish va tozalash narxi bo’yicha pulli chegirish hamda qo’shimcha qo’shish miqdori hisoblanadi. Jamoa xo’jaligi tomonidan davlatga sotilgan donni quritish va tozalashga ketgan xarajatlarni hisobga olib, xo’jalikka to’lanadigan umumiy pul miqdori jamlanadi.
Shirkat va dehqon-fermer xo’jaliklari tomonidan topshirila-yotgan don hamda urug’lar ma’lum talablarga javob berishlari kerak. Buning uchun tayyorlanish kondisiyalari yoki sifat me’yorlari belgilangan. Amaliyotda donning faqat asosiy sifat ko’rsatkich-lari bo’yicha asosli va chegaralangan kondisiyalar belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |