Asosli kondisiyalar. Shirkat va dehqon-fermer xo’jaliklari tomonidan tayyorlangan don va urug’ sifati me’yorlash bo’yicha qoniqtirishi asosli kondisiyalar deb aytiladi. Asosli kondisiya-lar don va urug’larni saqlash davrida uning saqlanuvchanligini va bir joydan ikkinchi joyga jo’natilishida sifat ko’rsatkichlari talab qilingan darajada hamda uni qayta ishlashda yuqori sifatli mahsulot chiqishi tavsifini ta’minlashi kerak. Shuning uchun asosli kondisiyalar don va urug’ning hisob-kitobi yo’lga qo’yilgan bo’lib, ular uchun topshirish hamda sotib olish narxi belgilangan. Don va urug’lar davlat tomonidan belgilangan narxlar bilan to’lanadi. Agar don sifati ko’zlangan kondisiyalardan farq qilsa, u vaqtda qisman chegirish va qo’shimcha haq qo’shiladi. Don va urug’lar asosli kondisiyalarga asl og’irlik, namlik, begona o’t va don aralashmalari kabi eng asosiy sifat ko’rsatkichlari kiritilgan. Asosli kondisiyalarni ifloslik va ombor zararqunandalari bilan zararlanishi barcha tuproq va iqlim sharoiti uchun yagona.
Do'stlaringiz bilan baham: |