Donning fiziko-kimyoviy xossalarini o’zgarishi. Gidrotermik ishlov berish natijasida donni fiziko-kimyoviy xossalari ham o’zgaradi. Bu donni namlashda donni bo’kishi, strukturasini o’zgarishi va endospermni mo’rt bo’lishi bilan bog’liqdir.
Bug’doy doniga sovuq usulda gidrotermik ishlov berganda don shunday bo’kadiki, bunda mayda donning hajmi yirik donning hajmiga nisbatan ko’proq oshadi. Natijada don partiyasining tekislanganligi ko’payadi va bu keyingi texnologik jarayonlarning natijalariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Tindirishda donning naturasi boshlanishida tez kamayadi, keyin bir qancha oshadi. Bu donni bo’kishi va qobiqlarning namligini oshishi bilan bog’liqdir.
Un ishlab chiqarishda donning shishasimonlik ko’rsatkichi namlik, gidrotermik ishlov berish jarayonining temperaturasi va davom etish vaqtiga bog’liq holda kamayadi.
YOrma ishlab chiqarishda donga gidrotermik ishlov berilganda (issiq usulda) olinadigan tayyor mahsulot yormaning suvda bo’kishi va pishishi yaxshilanadi.
1. Gidrotermik ishlov berishni donning mikrotuzilishiga ta’siri qanday?
2. Gidrotermik ishlov berishni donning biokimyoviy xossalariga ta’siri qanday?
3. Gidrotermik ishlov berishni donning texnologik xossalariga ta’siri qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |