Зоология ва экология


Download 1.35 Mb.
bet103/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Donlarni bug’lash. Bunda don bir vaqtning o’zida namlanadi va qizdiriladi. Mag’iz ichiga namlikning kirishi va isishi bilan uning elastikligi oshadi, mo’rtligi kamayadi, qobiq ajratish jarayonida mexanik ta’sir natijasida mag’iz kamroq darajada sinadi. Donlarni bug’lash ikkita ko’rsatkich bilan tavsiflanadi - bug’ bosimi va bug’lashning davomiyligi. SHuningdek, bug’ bosimi va bug’lash davomiyligi qanchalik yuqori bo’lsa, shunchalik don yuqori namlikka va temperaturaga ega bo’ladi.

Bug’lash rejimlarini tanlash, donlarning juda ko’p xossalariga bog’liq bo’ladi. Bug’lash rejimlarining ko’tarilishi – bug’ bosimi va temperaturasini yuqoriligi, shuningdek, bug’lashning davomiyligini uzoq vaqt bo’lishi, olinadigan yormaning sifatini buzilishiga olib kelishi mumkin. SHuning uchun har bir don turi uchun bug’ bosimi va bug’lash davomiyligining yuqori chegarasi belgilanadi.


9.4-rasm. YOrma donlariga gidrotermik ishlov berish texnologik sxemasi: 1-quritgich; 2 –sovutish kolonkasi; 3-uzluksiz ta’sirli bug’latgich; 4- uzlukli ta’sirli bug’latgich; 5-avtomatik tarozi.

Bug’lash parametrlari donlarning texnologik xossalariga har xil ta’sir qiladi. Masalan: grechixa doniga bug’ bosimi va bug’lash davomiyligini oshishi bilan ta’sir etilganda, grechixa donidan qobiqni ajratish samaradorligi oshadi, parchalangan mag’izning chiqishi kamayadi. SHuning uchun grechixa donini bug’lashda qattiq parametrlar qabul qilingan, bunda asosan bug’ bosimi 0,30 MPa (bunday bug’ bosimida bug’ning temperaturasi 143 S0) va bug’lash vaqti – 5 min. Bug’ bilan ishlov berishning juda yuqori parametrlari yormaning is’temolboplik xususiyatlarini yomonlashtiradi.

Suli doni uchun esa yorma ishlab chiqarish jarayoni samaradorligining gidrotermik ishlov berishni parametrlariga bog’liqligi bir qancha boshqacha. Suli donini bug’ bosimi 0,05...0,10 MPa da 3...5 minut davomida bug’latilganda yaxshi natijalar olinadi, suli yormasining chiqishi ancha oshadi. Bug’lashning juda yuqori parametrlari qo’llanilganda yaxshi natijalarga erishilmaydi.

Donlar uzluksiz yoki uzlukli ishlaydigan bug’latgichlarda bug’latiladi. Uzluksiz ta’sirdagi bug’latgichlar - shnekli gorizontal, kompaktli, oddiy konstruktsiyali bo’lib, apparatdan oldin va keyin bunkerlar o’rnatish shart emas. Donlar bir tekisda bug’latiladi – bu uzluksiz bug’latgichning av’zalligidir, shuningdek u ishlov berish jarayonida doimo donni aralashtiradi. Uning kamchiliklari - ishchi kamerasida yuqori bosim yaratib bo’lmaydi, bug’latish davomiyligini sozlab bo’lmaydi. Uzluksiz bug’latgichlarda 0,03...0,05 MPagacha bosim hosil qilish mumkin.

CHet davlatlarda donga bug’ bilan ishlov berishning davomiyligini oshirish uchun ikki va to’rtta yarusli bug’latgichlar ishlab chiqarilmoqda. Bug’ bosimini oshirish uchun bir nechta bir yarusli bug’latgichlar ketma-ketlikda o’rnatilgan. Markazda joylashgan bug’latgichlarda yuqori bosim hosil qilish mumkin, shuningdek hamma qurilma bug’ bilan ishlov berishning davomiyligini oshirishga yordam beradi.

Uzlukli ta’sirda ishlaydigan A9 - BPB bug’latgichlarda donlarga xoxlangan belgilangan bosimda ishlov berish mumkin, bug’latish davomiyligi boshqarib turiladi. Boshqarish pultidan bug’latish jarayoni avtomatik rejimda olib boriladi. TSiklning maksimal davomiyligi 8 minut. Bunday bug’latgichning kamchiligi – parametrlarining kattaligi, konstruktsiyasining murakkabligi, bug’latgichdan oldin va keyin bunkerlar o’rnatishni shartligi.




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling