Rifli qiyaligini mahsulot sifatiga ta’siri. Jo’valarning yuzasidagi riflilar jo’va uzunligi bo’yicha yuzasiga parallel joylashmagan bo’lib, ma’lum burchak ostida bo’ladi va bu ko’rsatkich (qiyalik) foizlarda belgilanadi. Riflining qiyaligini ko’payishi bilan maydalashning jadalligi oshadi.
Don mahsulotlarini maydalanishiga vallardagi riflilarning o’zaro joylashishi bilan bir qatorda riflilarning qiyaligi ham ko’rinarli darajada ta’sir qiladi. Don mahsulotlari maydalanishda vallarning riflilarini o’zaro joylashishi va riflilarning qiyaliklaridan bog’liq holda 1 - sifatli oraliq mahsulotlarining chiqishi va kulchanligini o’zgarishi 11.1–jadvalda keltirilgan.
11.1 –jadval.
Mahsulotning chiqishi va kulchanligiga jo’valar riflilarini o’zaro joylashishi va riflilarning qiyaliklarini ta’siri.
Jo’valar
riflilari-ning o’zaro joylashishi
|
Riflilarning qiyaligi, %
|
4
|
8
|
12
|
Mahsulotning chiqishi, %
|
chiqish,
%
|
kulchan-
lik,%
|
chiqish,
%
|
kulchan-
lik,%
|
chiqish,
%
|
kulchan-
lik,%
|
O’tkir qirra-si o’tkir qir-rasi bilan
|
72,3
|
1,36
|
72,5
|
1,29
|
72,8
|
1,22
|
Orqa qirra-si orqa qir-rasi bilan
|
72,1
|
1,11
|
72,6
|
1,17
|
72,5
|
1,13
|
11.1 - jadvaldan ko’rinib turibdiki, mahsulotlarning haqiqiy chiqishi riflilarni har xil joylashtirishda bir xil miqdorda bo’lsa ham, mahsulotning kulchanligi riflilarni «orqa qirrasi orqa qirrasi bilan» joylashishida ancha kamroq, ya’ni mahsulotning sifati ancha yuqori. Bunda jo’valar riflilarining «orqa qirrasi orqa qirrasi bilan» joylashishi natijasida mahsulot bo’lakchalarini maydalash yumshoq kechadi, ya’ni rifli qirralarining o’tkir qismi bu bo’lakchalarni deformatsiyalanishida ishtirok etmaydi. SHuning uchun bo’lakchalardagi qobiqlar kamroq maydalanadi va mahsulotning kulchanligi kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |