Зоология ва экология


Maydalash jarayoniga jo’valar riflilarining o’zaro joylashishini ta’siri


Download 1.35 Mb.
bet113/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Maydalash jarayoniga jo’valar riflilarining o’zaro joylashishini ta’siri. Maydalash jarayoniga riflilarning shakli ham katta ta’sir qila­di. SHuning uchun navli un tortishda yanchish sistemalarida, silliqlash sistemalarida va oxirgi un tortish sistemalaridagi jo’vali stanoklarda riflili jo’valar qo’llanadi. Un tortish sistemalaridagi jo’vali stanoklarda esa mikro g’adir-budur yuzali jo’valar qo’llaniladi.

Juftlikda ishlovchi jo’valar riflilarining o’zaro joylashishi maydalashga juda katta ta’sir qiladi. Jo’valardagi riflilarni o’zaro joylashishi to’rt xil ko’rinishda bo’ladi: «o’tkir qirrasi o’tkir qirrasi bilan», «orqa qirrasi orqa qirrasi bilan», «o’tkir qirrasi orqa qirrasi bilan», «orqa qirrasi o’tkir qirrasi bilan» (11.2-rasm).

Agar riflilarni o’zaro joylashishi «o’tkir qirrasi o’tkir qirrasi bilan» bo’lsa donning endospermi bilan birga qobiqlari ham jadal maydalanadi. Bug’doy va javdar donidan navli un tortishda riflilarni bunday o’zaro joylashishi maqsadga muvofiq emas.

Riflilarni «o’tkir qirrasi o’tkir qirrasi bilan»o’zaro joylashishi shishasimonligi 40 % dan kam bo’lgan bug’doy donidan va makaron mahsulotlari uchun un tortishda qo’llash tavsiya etiladi.

SHishasimonligi 40 % dan ko’p bo’lgan bug’doy donidan un tortishda riflilarni «orqa qirrasi orqa qirrasi bilan» o’zaro joylashishini qo’llash tavsiya etiladi.

11.2-rasm. Maydalash jarayonida jo’valar riflilarining o’zaro joylashish variantlari: 1-o’tkir qirasi o’tkir qirrasi bilan, 2- o’tkir qirrasi orqa qirrasi bilan, 3- orqa qirrasi o’tkir qirrasi bilan, 4- orqa qirrasi orqa qirrasi bilan.




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling