Зоология ва экология


Maydalash jarayoniga riflilar shaklining ta’siri


Download 1.35 Mb.
bet110/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Maydalash jarayoniga riflilar shaklining ta’siri. Riflilarning shakli (ko’ndalang kesim profili) maydalash jarayoniga, maydalanayotgan mahsulotlarning sifatiga, jo’vali stanoklarning unumdorligiga va energiya hajmiga katta ta’sir ko’rsatadi.

Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasidagi va chet ellardagi tegirmonlarda navli un tortishda yanchish sistemalarida va oxirgi un tortish sistemalaridagi jo’vali stanoklarda riflili jo’valar, silliqlash va un tortish sistemalarida mikro g’adir-budir yuzasi jo’valar qo’llanila­di.

Un tegirmonlarida qayta ishlanadigan donning turi va sifatini, unning assortimenti va chiqishini hisobga olgan holda maydalash sistemalaridagi jo’vali stanoklarning jo’valarida riflilarni har xil shakllari qo’llaniladi.

Riflilarning ko’ndalang kesimlarida teng bo’lmagan yonbosh qirralari – a b s d va f g b a mavjud. Qirraning kichkina maydoni a b s d ni o’tkir qirra, uning katta maydoni f g b a esa qirra orqasi deb qabul qilingan (11.1 – rasm). Bir – birlari bilan Ө - burchagi asosida joylashgan qirralar riflilarning o’tkirlanish burchaklari deyiladi. Agar riflining nazariy cho’qqisidan jo’va aylanasining markaziga perpendikulyar chiziq tushirsak Ө - burchak ikkita teng bo’lmagan burchaklarga bo’linadi: α - o’tkir burchak, β - orqa burchak. Riflining cho’qqisida a maydonchani borligi riflini yeyidirilishga qarshiligini oshiradi, maydalash rejimlarini barqarorligini ta’minlaydi.

Har xil un tortishlar uchun vallarning kinematik va yuklama ko’rsatkichlarini hisobga olgan holda vallarda kesiladigan riflilarning o’tkir va orqa burchaklari “Tegirmonlarda texnologik jarayonlarni tashkil etish va yuritish qoidalari” da graduslarda belgilab qo’yilgan.
11.1 – rasm. Riflining shakli va profili (ko’ndalang kesimi): a - umumiy ko’rinish; v – ko’ndalang kesimi.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling