Зоология ва экология


Maydalash jarayoniga jo’valar orasidagi oraliqning ta’siri


Download 1.35 Mb.
bet109/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Maydalash jarayoniga jo’valar orasidagi oraliqning ta’siri. Jo’vali stanokdagi maydalovchi jo’valar orasidagi oraliqning o’zgarishi mahsulot ajratib olish ko’rsatkichini ham o’zgartiradi. SHuning uchun maydalash sistemalarida jo’valar orasidagi oraliqni doim bir xilda bo’lishi alohida ahamiyatga egadir. Jo’valar orasidagi oraliqni doim barqaror saqlash uchun quyidagi talablar qo’yiladi:

1. Jo’valarning tsilindrik shakli juda katta aniqlikda bo’lishi kerak;

2. Jo’valarning egiluvchanlik qattiqligi katta bo’lishi kerak;

3. Jo’valar shkivlarining va jo’valararo uzatish shesternalarini debalans ko’rsatkichi juda katta aniqlikda bo’lishi kerak;

4. Jo’vali stanokdagi podshipniklarning sifati juda yuqori bo’lishi kerak.

Bug’doy donidan navli un tortishda qo’llaniladigan jo’vali stanoklarda jo’valar orasidagi oraliq 1,5 mmdan 0,03 mm gacha o’zgaradi va uni ishlab turgan stanokda o’zgartirib rostlash mumkin bo’lgan yagona parametr hisoblanadi. Tanlab maydalash tavsifi bo’yicha maydalanadigan don bo’lakchalarining o’lchamlarini kichrayib borishini hisobga olgan holda jo’valar orasidagi oraliq masofa o’lchamlarini maydalanayotgan mahsulotlarning yirikligidan bog’liq holda o’rnatiladi.

Jo’valar orasidagi oraliq masofani o’zgartirib rostlash natijasida jo’valarning ishchi zonasida mahsulotni siqish kuchini o’zgartirish mumkin. Jo’valar orasidagi oraliq kamaytirilganda mahsulotlarni maydalanish darajasi oshadi va mayda mahsulotning chiqishi ko’payadi. Buning natijasida unning kulchanligi ham oshadi, chunki jo’valar orasidagi oraliqni kamayishi bilan qobiqli endosperm bo’lakchalaridagi qobiqlarning maydalanishi ko’payadi.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling