Зоология ва экология
MA’RUZA DON MAYDALASH VA UNING NAZARIY QONUNI ISHLASH PRINTSIPLARI
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Donlarni maydalash jarayonining texnologik samaradorligi
17 MA’RUZA DON MAYDALASH VA UNING NAZARIY QONUNI ISHLASH PRINTSIPLARI
REJA:
DONLARNI MAYDALASH JARAYONI Maydalash jarayonining asosiy vazifalari Donni jo’vali stanokda maydalash Mahsulotlarni zarbli – sidirish mashinalarida maydalash Donlarni maydalash jarayonining texnologik samaradorligi Maydalash jarayonining asosiy vazifalari Ishlab chiqarish sanoatning turli sohalarida maydalash jarayoni keng qo’llaniladi. Aniq yiriklikdagi bo’lakchalardan tashkil topgan qattiq jismlardan sochiluvchan material olish uchun ular turli usullar bilan maydalanadi. Qattiq jismni maydalashni ikki usuli bor: oddiy va tanlab maydalash. Agar maydalanadigan mahsulot kimyoviy tarkibi bo’yicha bir turli bo’lsa va barcha uning qismlari struktura-mexanikaviy xossalari bo’yicha bir xil bo’lsa, aniq yiriklikkacha maydalangan qattiq jism aniq maqsad uchun qo’llash mumkin bo’lgan sochiluvchan massaga aylanadi. Bunday ta’sir usuli oddiy maydalash deb qabul qilingan. Agar maydalanadigan qattiq jism kimyoviy tarkibi va strukturali-mexanik xossalari bo’yicha turlicha bo’lsa, yo’naltirilgan maqsadlar ta’sirini kuchaytirib, qattiq jismning tarkibiy qismini turli xossalarini kuchaytirish mumkin. Turli usullarni qo’llab, qattiq jismni maydalashda bir xil kuch ta’sirida yirikligi va kimyoviy tarkibi bo’yicha farq qiluvchi zarrachalar olish mumkin. Bu maqsadga erishishda bir bosqichli maydalash yetarli emas, uni ko’p marotaba takrorlash kerak. Bunda har gal har bosqichda turli yiriklikka va sifatga ega bo’lgan maydalangan fraktsiyalar elab olinadi. Maydalashning bunday usuli tanlab olish usulida maydalash deyiladi. Un tortishga tayyorlangan bug’doy va javdardan bir necha xil un navlarini olishda tanlab maydalash usuli asosiy hisoblanadi. Un tortishga tayyorlashda bug’doy va javdarning anatomik qismlaridagi strukturali-mexanik farqdan foydalangan holda, gidrotermik ishlov berish usullarini qo’llab, mag’iz va qobiqning o’zaro farqli xossalari kuchaytiriladi. Navli un tortishda ko’p marotabali maydalashdan asosiy maqsad qobiqlarni maydalamasdan maksimal darajada qobiqlarsiz mag’izni ajratib olish. SHuning uchun navli un tortishda tanlab maydalash usuli keng qo’llaniladi. Maydalash uskunalarining optimal ko’rsatkichlarini mos tushishi donni yuqori samaradorlikda qo’llanishini va yuqori navli unning maksimal chiqishini ta’minlaydi. Boshoqli ekinlarni maydalash uchun un tortish natijalarining maqsadli qo’llanilishidan bog’liq holda texnologik jarayonning turli bosqichlarida turli maydalovchi mashinalar qo’llaniladi. Maydalashning asosiy muammolaridan biri oxirgi mahsulotni iloji boricha granulometrik tarkibi bo’yicha yuqori bir turlilikka erishishdadir. Bu maxsulot sifat ko’rsatkichini bir xil barqaror bo’lish zaruriyatiga, shuningdek un olishda solishtirma energiya sig’imini kamaytirish talablariga asoslangan. Un tortish tegirmonlarida asosiy va energiya ko’p talab qiladigan texnologik uskunalar – maydalash mashinalaridir. Tegirmonlarda don va don mahsulotlarini maydalashda quyidagi maydalash mashinalari qo’llaniladi: a) jo’vaning ishchi yuzasi riflilangan yoki mikro g’adir-budirli ikki jo’vali maydalagichlar (jo’vali stanoklar); b) darralari radial yoki uzunasiga joylashgan maydalagichlar (darrali mashinalar, detasherlar); v) entoleytorlar. YOrma zavodlarida arpa, makkajuxori va bug’doy donlaridan maydalangan yorma olishda donlarni maydalashda jo’vali stanoklar va djerminatorlar qo’llaniladi. Omuxta yem zavodlarida don va boshqa xom – ashyo mahsulotlarini maydalash uchun bolg’ali maydalagichlar qo’llaniladi. Bug’doy donidan navli un tortishda maydalash texnologik jarayoni strukturasi bo’yicha uchta bosqichdan iborat bo’ladi: 1. Birinchi va ikkinchi sifatli yormali mahsulotlarni hosil qilish va qobiqli mahsulotlarni maydalash (yanchish jarayonlari); 2. Oraliq mahsulotlarini boyitish ( sovurish – elash va silliqlash jarayonlari); 3. Boyitilgan mahsulotlarni mayin yanchish (un tortish jarayoni). YUqori unumdorli uskunalar bilan jihozlangan tegirmonlarda don va donni maydalangan mahsulotlarini zararsizlantirishda, hamda jo’vali stanoklardan keyin hosil bo’lgan mahsulotlarni qo’shimcha maydalashda entoleytorlar va detasherlar ishlatiladi. Maydalash jarayonining umumlashgan qonuni. Qattiq jismlarni maydalash va deformatsiyalash jarayoni albatta energiya sarfi bilan kuzatiladi. U egiluvchan plastik deformatsiya hosil bo’lishiga va molekulalarni bog’lanish kuchini zabt etishga sarf bo’ladi, so’ngra jism parchalanadi va yangi umumiy yuzasi katta bo’lgan jismlar hosil bo’ladi. Egiluvchan deformatsiya natijasida tashqi kuchlar ta’sirida jismda energiya yig’iladi. Jismga tashqi kuchlar harakati to’xtagandan keyin bu energiyaning bir qismi qaytariladi. Egiluvchan deformatsiya kabi plastik deformatsiyada ham, olingan mexanik energiyaning bir qismi issiqlik energiyasiga aylanadi va natijada deformatsiyalanayotgan qattiq jismning temperaturasi oshadi. Maydalash jarayonida bir vaqtning o’zida qattiq jismga berilgan energiyaning bir qismi mahsulot zarrachalarini va maydalash mashinasining ishchi yuzalarini elektrlanishiga, hamda maydalash mashinasining qarshiligini yengishga (detallarni ishqalanishi va deformatsiyalanishi, qizishi va boshqalarga) sarf bo’ladi. Ma’lum yiriklikdagi zarrachalardan tashkil topgan materialni maydalashga sarf bo’ladigan energiyalarni o’zaro bog’liqligini hisobga olgan holda, Rebender P.A. energiya sarfini quyidagicha ifodalaydi. .
Bu yerda: Au - parchalanadigan jismning egiluvchan va plastik deformatsiyasiga sarf bo’lgan energiya; As - yangi yuzani hosil qilish uchun sarf bo’lgan energiya. SHunday qilib maydalash jarayonining vazifasi ancha yirik zarrachalarni parchalash natijasida yangi yuzalarni olish, bunda fakat As energiya sarfini hisoblash foydali. Bu maydalash jarayonining foydali ish koeffitsiyentini shartli baholash imkonini beradi: Rebender P.A. maydalashning umumlashgan qonunini quyidagicha yozishni taklif kiritdi. Bu yerda: A0 - deformatsiya jarayoniga va maydalovchi mashina ishchi organlarining yemirilishiga sarf bo’ladigan energiya sarfi; mu - maydalanadigan material zarrachalarini deformatsiya tsiklining soni; σr-maydalanadigan materialni parchalovchi kuchlanish; V- parchalanadigan materialning hajmi; E-materialning egiluvchanlik moduli; ω - materialdan 1 sm2 yangi yuza hosil bo’lishiga sarflangan energiya; S=Sk-Sn-qayta hosil bo’lgan yuza kattaligi; = (Sk/Sn) =in- o’lchamsiz ko’paytiruvchi, mashina konstruktsiyasidan bog’liq holda yangi yuzani hosil qilish jarayonini tavsiflaydi. Bu ifoda n maydalanish shartiga bog’liq ko’rsatkich (zarracha qanchalik mayda maydalansa, u holda n > 0 bo’ladi) . Maydalash jarayonining energiya sarfini kamaytirish uchun quyidagilarni bajarish kerak: - maydalash mashinalarining ishchi organlarini (qattiqligini oshirish) tayyorlashda qo’llanadigan materiallarning egiluvchanlik deformatsiyasini kamaytirish , ularni yeyilishiga chidamliligini oshirish; - parchalanadigan mahsulot zarrachalarining deformatsiya tsiklini kamaytirish (my); - maydalanadigan mahsulotni parchalovchi kuchlanishini kamaytirish (Gp), bunga gidrotermik ishlov berishni ratsional rejimlarini qo’llash natijasida erishish mumkin, ya’ni donlarning mustahkamligini oldindan kamaytirish (maydalashgacha); - tayyor mahsulotlarning (un, yormachalar, omuxta yemlar) belgilangan fraktsiyali tarkibini olish va zarrachalarni keragidan ortiq darajada mayda bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kerak, bu S va ni ko’payishiga olib keladi, bunga qo’shimcha energiya miqdori sarf bo’ladi. olinadi.
2. Oddiy maydalash usuli qachon qo’llanadi? 3. Tanlab maydalash usuli qachon qo’llanadi? 4. Oddiy maydalashda qanaqa jihozlar qo’llaniladi? 5. Tanlab maydalashda qanaqa jihozlar qo’llaniladi? 6. Maydalash jarayonining energiya sarfini kamaytirish uchun nimalarni bajarish kerak? Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling