Зоология ва экология


Mahsulotlarni zarbli – sidirish mashinalarida maydalash


Download 1.35 Mb.
bet115/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Mahsulotlarni zarbli – sidirish mashinalarida maydalash
Tegirmonlarda nonbop un tortishda maydalash jarayonlarini jadallashtirish uchun zarbli sidirish mashinalari ham qo’llaniladi. Zarbli – sidirish mashinalarga quyidagilar kiradi: qobiqli mahsulotlarni maydalovchi A1-BVG markali mashina; entoleytor R3-BER; detasher A1-BDG, vibrotsentrofugal R3-BTSA. Bunday mashinalar asosiy maydalash mashinalaridan (jo’vali stanoklar) keyin o’rnatiladi.

YAnchish jarayonining oxirgi bosqichlarida ajratib olingan maydalash mahsulotlarining tarkibini asosan qobiqlar va qobiq bilan birga o’sgan endosperm qoldiqlari tashkil etadi. Bu aralashma oxirgi yanchish sistemalaridagi elakdonlarning yuqori elaklarining qoldig’i bilan olinadi.

Qobiq bo’lakchalaridan endosperm qoldig’ini ajratib olish juda kerakli texnologik operatsiyadir. Bu operatsiya A1-BVG markali zarbli – sidirish mashinasida amalga oshiriladi. Buning natijasida ikkita fraktsiya mahsuloti olinadi: elakning yuzasi bilan qoldiq mahsulot - kepak va elakdan o’tgan mahsulot qiyin sochiluvchan aralashma (tarkibida un bor). Bu aralashma tarkibidan unni ajratib olish uchun bu fraktsiyaga R3-BTSA markali tsentrofugal mashinasida ishlov beriladi.

Don va don mahsulotlarini maydalash jarayonlarida unning asosiy miqdori (58...60%) un tortish sistemalaridan olinadi.

Un tortish sistemalarida ikki bosqichli maydalash qo’llaniladi: asosiy – jo’vali stanoklarda, qo’shimcha – R3 – BER markali entoleytorlarda yoki A1- BDG markali detasherlarda.

Entoleytorlar qobiqli qismlari juda kam bo’lgan oraliq mahsulotlarini qo’shimcha maydalashda qo’llaniladi. SHuning uchun 1 chi, 2 chi va 3 – un tortish sistemalaridan keyin mahsulotlar jadal ravishda entoleytorlarda maydalanganda unning chiqishi 15...28% gacha oshadi, bunda unning kulchanligi o’zgarmaydi.

Un tortish jarayonining keyingi sistemalarida kulchanligi va namligi yuqori bo’lgan bo’lakchalarni pachoqlanishi hosil bo’ladi. YAnchish sistemalarining jo’vali stanoklaridan keyin hosil bo’lgan bunday bo’lakchalarni parchalash uchun A1-BDG markali detasherlar o’rnatiladi. A1- BDG markali detasherning aylanma tezligi 11 m/s bo’lib, entoleytorning aylanma tezligidan (65 – 80 m/s) ancha past bo’ladi. Bunday tezlikda mahsulotlar jadal maydalanmaydi, balki pachoqlangan bo’lakchalar (aglomeratlar) maydalanadi.

A1-BVG markali qobiq maydalash va R3 – BTSA markali vibrotsentrofugal mashinalarining ishlash printsiplarida darralarning zarbali – sidirish ta’sirlarini jadalligi har xil bo’lib, ya’na mashinalarda o’rnatilgan elaklar elash jarayonini ham amalga oshiradi. Darralarning zarbali ta’siri va bo’lakchalarning o’zaro va elak sirtiga ishqalanishi natijasida qobiqlar va endosperma orasidagi bog’liqlik buziladi, bu endospermning maydalanishiga olib keladi (11.3 - va 11.4 – rasmlar).

11.3-rasm. A1-BVG markali qobiq maydalovchi mashinaning texnologik sxemasi: 1-qabul qilgich; 2-klapanlar; 3- darrali rotor; 4- elakli yarim tsilindr; I dastlabki aralashma; II – unli aralashma; III – kepak bo’lakchalari
11.4-rasm. R3-BTSA markali vibrotsentrofugal mashinasining texnologik sxemasi: 1- qabul qilgich; 2- darrali rotor; 3- elakli tsilindr; 4,5 – chiqarish patrubkasi; I –dastlabki mahsulot; II – kepakli bo’lakchalar; III – unli aralashma
A1-BVG va R3-BTSA markali mashinalarning texnologik samaradorligi mashinaga tushayotgan mahsulotning kulchanligiga nisbatan qoldiq mahsulotlar fraktsiyasi kulchanligining oshishi va elakdan o’tgan (elanma) mahsulot fraktsiyalari kulchanligining kamayishi, yana qo’shimcha

unning chiqishi bilan tavsiflanadi. Ikkala mashinaning ishlash rejimlari jami 2...6% miqdorda qo’shimcha un chiqishini ta’minlashi kerak.

Entoleytorning texnologik samaradorligi qo’shimcha unning chiqishi (15% dan kam emas) bilan baholanadi.

Detasherning texnologik samaradorli ishlashi maydalangan mahsulotlar granulometrik tarkibining o’zgartirishi va qo’shimcha unning chiqishini (15...20%) ta’minlashi kerak.

Detasherlarda ishlov berilgan aglomeratli (pachoqlangan) bo’lakchalar dunst va un o’lchamlarigacha parchalanadi. Bu operatsiya amalga oshmaganda yirik aglomeratlar elakdonlarda elaklarning qoldig’i bilan ajratib olinib, qaytadan yana jo’vali stanokga maydalashga yuboriladi. Bu esa jo’vali stanokning xizmat qilish vaqtini kamaytirgan bo’lardi, ya’ni jo’valardagi riflilarni tezroq yeyilishiga sabab bo’lardi.

1 chi, 2 chi va 3 – un tortish sistemalaridagi jo’vali stanoklarda (jo’valarining yuzasi mikrog’adir-budurli) maydalangan yormalar va dunstlarni qo’shimcha maydalash uchun R3-BER markali entoleytorlar qo’llaniladi (11.5-rasm). Entoleytorning asosiy ishchi organi ikkita gorizontal disklardan (2) tashkil topgan rotordan iborat bo’lib, disklar o’zaro tsilindrik vtulkalar (3) bilan birlashtirilgan.

Mahsulot jo’vali stanoklarda maydalangandan keyin pnevmotransport yordamida entoleytorning qabul qilish patrubkasiga tushadi va rotorning yuqori diskining o’rtasidagi teshikdan ishchi kameraga tushadi. Markazdan qochma kuchlar inertsiyasi va havo oqimi ta’sirida mahsulot markazdan rotorning chetiga qarab harakatlanadi va ko’p marta vtulkalar va korpusga kelib uriladi. Bunda mahsulot qo’shimcha maydalanadi. Maydalangan mahsulot chiqarish patrubkasidan (6) chiqariladi.
11.5–rasm. R3 – BER markali entoleytorning sxemasi: 1- korpus; 2 – po’lat disklar; 3 – vtulkasi; 4 – qabul patrubkasi; 5 – qopqoq; 6 – chiqarish patrubkasi; I – boshlang’ich mahsulot; II – maydalangan mahsulot.

A1- BDG markali detasher 1 chi, 2 – silliqlash sistemalari va 4 ... 10 – un tortish sistemalarining jo’vali stanoklaridan keyingi mahsulotlarni maydalashga mo’ljallangan (11.6-rasm).


Detasherning asosiy ishchi organi tsilindrik korpusning ichida aylanadigan darrali rotordan (4) iborat.

Detasherda mahsulotlarga ishlov berish texnologik jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi. Jo’vali stanoklardan keyin mahsulot detasherning qabul patrubkasi orqali ishchi zonaga tushadi. Bu yerda mahsulot aylanayotgan rotorning darralari bilan korpusning (1) ichki devorlariga zarb bilan irg’itib yuboriladi va asta – sekin chiqarish patrubkasi tomon harakatlanadi. Korpusning ichki yuzasida uning butun uzunligi bo’yicha bir biridan teng masofada pishirib mahkamlangan plastinka mahsulotning tormozlanishini ta’minlab, mahsulotning g’ovaklanishini va qo’shimcha maydalanishini kuchaytiradi. Mahsulot qiyshiq tishli darralar ta’sirida chiqarish patrubkasi tomon harakatlanadi. Bu harakatlanish yo’lida bo’lakchalarni darra va g’ilof devorlariga ko’p marotabali urilishi va ishqalanishi natijasida maydalanish sodir bo’ladi.


11.6-rasm. A1 - BDG markali detasherning sxemasi: 1-korpus; 2 - qabul patrubkasi; 3 - chiqarish patrubkasi; 4 - darrali rotor. I - boshlang’ich mahsulot; II - maydalangan mahsulot.



  1. Tegirmonlarda nonbop un tortishda maydalash jarayonini jadallashtirish uchun qanday jihozlar qo’llaniladi?

  2. YAnchish jarayonining oxirgi sistemalarida ajratib olingan qobiq bo’lakchalaridan endosperm qoldig’ini ajratib olish uchun qanday jihozlardan foydalaniladi?

  3. Entoleytorning texnologik samaradorligi qanday baholanadi?

  4. Detasherning texnologik samaradorligi qanday aniqlanadi?



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling