Riflilarni kesish zichligi (jo’vaning 1 sm aylanasidagi riflilarning soni) un tortish turidan va maydalanadigan mahsulotlarning yirikligidan bog’liq bo’ladi. Agar maydalanadigan mahsulot qancha kichik bo’lsa, riflilarni kesish zichligi shuncha ko’p bo’lishi kerak. Ammo riflilarni kesish zichligini oshishi bilan riflilarning balandligi kamayadi, bu riflilarning ishlash muddatlarini kamaytiradi.
Eng yaxshi oqlik va kulchanlik ko’rsatkichli un olish uchun un tortish va silliqlash sistemalaridagi jo’vali stanoklarda mikro g’adir-budur yuzali jo’valar qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |