Зоология ва экология
Tegirmonda donga gidrotermik ishlov berish jarayoni
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
Tegirmonda donga gidrotermik ishlov berish jarayoni
Tegirmonlarida donga gidrotermik ishlov berish avtomatik ravishda nazorat qilish va sozlash sistemalariga ega bo’lgan murakkab mashina va apparatlar bilan bir qatorda, yana oddiy namlovchi mashina va tindirish bunkerlarida olib boriladi. Bularning hammasi texnologik sxema orqali bog’langan bo’lib, donning xossalariga tasir qilishni ketma - ketligini belgilaydi. Gidrotermik ishlov berish jarayonida donga suv va issiqlik bilan ta’sir qilinadi. Bu jarayonning rejimlarini aniqlovchi parametrlarga quyidagilar kiradi: namlik, temperatura, bosim va jarayonni davom etish vaqti. Tegirmonlarda donga gidrotermik ishlov berishning quyidagi usullari qo’llanadi: 1. Sovuq konditsiyalash usuli; 2. Tezlashtirilgan konditsiyalash usuli; 3. Issiq konditsiyalash usuli. Sovuq konditsiyalash usulda don temperaturasi 14-20 S0 bo’lgan suv bilan namlanadi va bunkerlarda tindiriladi. Bu usulda don qizdirilmaydi. Tezlashtirilgan konditsiyalash usulda don to’yintirilgan bug’ bilan bug’lantiriladi va keyin sovuq suvda yuviladi. Issiq konditsiyalash usulida don sovuq suv bilan namlanadi va har xil isitgichlarda (ultratovush, yuqori chastotali toklar, infraqizil nurlar va boshqalar) qizdiriladi. Donni maydalash mashinasiga (I-yormalash sistemasining jo’vali stanok) uzatishdan oldin qo’shimcha 0,3-0,5 % ga namlash va 20-40 minut davomida tindirish majburiydir. Bu don tashqi qobiqlarini (meva va urug’ qobig’i, aleyron qatlami) namlash uchun kerak bo’lib, bu qobiqlarning eguluvchanligini oshiradi, qobiqlar juda ham maydalanmaydi, katta bo’lakchalarni hosil qiladi va elaklarda undan oson ajratiladi. O’zbekiston Respublikasidagi tegirmonlarda donga gidrotermik ishlov berishning sovuq konditsionerlash usuli qo’llanadi. Bu usulni tashkil qilinishi va boshqarilishi oddiy, lekin namlangan donni tindirish uchun ko’proq bunkerlar hajmi talab qilinadi. Sovuq konditsionerlash usulda donga gidrotermik ishlov berish quyidagi tartibda bajariladi: tozalangan donga ho’llab silliqlovchi mashinasida ishlov beriladi, qo’shimcha namlanadi va tindiriladi. YUqori shishasimonli donlar ikki marta namlanadi va ikki marta tindiriladi (9.2-rasm). Navli un tortishda bug’doy doniga sovuq konditsiyalash usulda gidrotermik ishlov berish rejimlarining taxminiy ko’rsatkichlari 9.3 -jadvalda keltirilgan. Navli un tortishda bug’doy doniga sovuq konditsiyalash usulda gidrotermik ishlov berish rejimlarining ko’rsatkichlari taxminiydir, chunki har bir don partiyasi o’zining boshlang’ich xossalarini har xilligi bilan va namlikni o’zgarishiga individual reaktsiyalari bilan tavsiflanadi. Tegirmonlarda texnologik jarayonlarni tashkil qilish va yuritish qoidalari asosida injener-texnolog tanlangan gidrotermik ishlov berish rejimlarini laboratoriyada yoki ishlab chiqarishda un tortish yo’li bilan tekshirib ko’rishi shart. 9.3 –jadval Navli un tortishda bug’doy doniga sovuq usulda gidrotermik ishlov berish rejimlarining taxminiy ko’rsatkichlari
Donga tezlashtirilgan konditsiyalash usulida ishlov berish quyidagi tartibda bajariladi: don ASK markali bug’lovchi apparatda qisqa vaqt (20-40 sekund) bug’langandan so’ng bir necha minut issiqlik bunkerida saqlanadi. Keyin issiq don yuvish mashinasida sovuq suvda yuviladi va namlikni oluvchi mashinaga yuboriladi. Don qo’shimcha namlanadi va tindirish uchun bunkerlarga yuboriladi. Agar donning boshlang’ich namligi past bo’lsa, donni namlikni oluvchi mashinaga yuborish shart emas. Don bunda to’gridan to’g’ri namlagich apparatiga yuboriladi. Agar donni qo’shimcha namlashga hojat bo’lmasa, namlagich apparatini tezlashtirilgan konditsiyalash sxemasidan olib tashlash mumkin (9.3-rasm). 9.2-rasm. Donga sovuq konditsiyalash usulda gidrotermik ishlov berishning texnologik sxemasi: 1-ho’llab silliqlash mashinasi; 2-namlagich apparati; 3-tindirish bunkerlari; 4-me’yorlagich; 5-aralashtiruvchi shnek. 9.3-rasm. Donga tezlashtirilgan konditsiyalash usulda gidrotermik ishlov berish texnologik sxemasi: 1-ASK markali mashina; 2-issiqlik bilan ishlov berish bunkeri; 3-yuvish mashinasi; 4-namlikni oluvchi mashina; 5-namlagich apparati; 6-tindirish bunkerlari; 7-me’yorlagich; 8-aralashtiruvchi shnek. Navli un tortishda bug’doy doniga tezlashtirilgan konditsiyalash usulida gidrotermik ishlov berish rejimlarining taxminiy ko’rsatkichlari 9.4 – jadvalda keltirilgan. 9.4 - jadval Navli un tortishda bug’doy doniga tezlashtirilgan usulda gidrotermik ishlov berish rejimlarining taxminiy ko’rsatkichlari
1. Tegirmonlarda donga gidrotermik ishlov berish usullarini keltiring. 2. O’zbekiston respublikasidagi tegirmon va yorma zavodlarida qo’llanadigan gidrotermik ishlov berish usullarini keltiring. 3. Navli un tortishda yanchish bo’limiga yuboriladigan bug’doy donining namligi qancha bo’lishi kerak?
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling