Зоология ва экология


Omborxonalarni mexanizatsiyalashtirish vositalari


Download 1.35 Mb.
bet18/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Omborxonalarni mexanizatsiyalashtirish vositalari


Omboxonalarda don bilan amalga oshiriladigan barcha jarayonlarni bajarish uchun harakatlanuvchi va statsionar mexanizmlardan foydalaniladi. Harakatlanuvchi avtomobillar bo’shatgichlar, konveyerlar, yuklagichlar mexanizatsiyalashtirilmagan omborxonalardan keng qo’llaniladi.

Butinittifoq Don ilmiy-tadqiqot instituti va

«Donsanoatloyiha» MITI takliflarini hisobga olib omborxonalar va maydonlarda ko’zg’aluvchan mexanizatsiyadan foydalanishning ko’p yillik tajribasi mashinalarini joylashtirishning eng samarali sxemalarini va turli sifatga ega bo’lgan donni qabul qilish, ishlov berish va jo’natishda ulardan foydalanish qoidalarini belgilash imkoniyatini berdi.

Afzalliklariga qaramasdan, harakatlanuvchi mexanizatsiya bir qator bartaraf etib bo’lmaydigan kamchiliklarga ham ega. Harakatlanuvchan konveyerlar, uzatgichlarga 3..5 ishchidan iborat bo’lgan brigada xizmat ko’rsatadi. Bu mashinalar tor maxsuslashtirilgan bo’lib, har bir korxonada turli mexanizatsiyalarning katta to’plami bo’lishini talab qiladi. Ko’pincha kuchma mexanizatsiya xonalardan tashqarida ishlaydi, shuning uchun ular tez ishdan chiqadi, doimiy ta’mirlashni talab qiladi, yomon ob – havoda to’xab turadi, hamda ko’p sonli xizmat ko’rsatuvchi ishchilarni talab qiladi. Ko’chma mexanizatsiya vositalaridan foydalanish, yordamchi qurilmalar va moslamalarni tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha xarajatlarni talab qiladi.

Ko’pchilik ko’chma mashinalarning unumdorligi past bo’ladi, shuning uchun 1 t ko’chiriladigan yuk uchun statsionarlarga qaraganda ko’proq elektroenergiya sarflanadi. SHu mashinalardan foydalanib yuklash – bo’shatish ishlarining tannarxi statsionar mexanizatsiyadan foydalanishiga nisbatan ikki marta ko’p bo’ladi. SHuning uchun statsionar mexanizatsiya bilan omborxonalarni jihozlash natijasida ulardan foydalanish muttasil qisqarib boradi. Kelajakda kuchma mexenizatsiyadan maydonlarda va qo’shimcha va tasodifiy ishlarni bajarishda foydalaniladi.

Ko’chma mashinali omborxonalarga ega bo’lgan omborxonalarni qurish bilan bir qatorda statsionar mexanizatsiyali omborxonalar ham joriy qilingan. Ularning asosiy farqi – donni bo’shatish va yuklash uchun yuqorigi va pastki konveyerlarning mavjudligi hisoblanadi. Pastki konveyerlar ishchilar borishi mumkin bo’lgan ayvonlar poli ostida yoki poldagi maxsus ariqchalarda joylashtiriladi.

Donni konveyrga chiqarish uchun poldagi teshiklar ustiga albatta vertikal panjaralar o’rnatiladi. Qo’shimcha straxovkalash uchun pastki konveyer elektrodvigateliga kirish eshiklari blokirovkalanadi.

Er osti suvlarining satxi baland bo’lganida pastki ayvon konveyer uchun chuqur bo’lmagan ariqcha bilan almashtiriladi. Bunga chiqarish tuynuklari qopqonlarini boshqarish yuqorigi trasporter ayvoniga chiqariladi.

Omborxona statsionar konveyer bilan to’ldirilganida don uyumi tabiiy qiyalik burchagi ostida shakllanadi. Omborxonaning devorlar bo’ylab foydalanilmagan qismini to’ldirish (30 % atrofida) ko’p mehnat talab qiladi va u joylarni to’ldirish maxsus qurilma va moslamalar bilan amalga oshiriladi.

Pastki konveyerlarga don o’z oqimi bilan yuklanadi, qolgan qismi esa pastki konveyerga (40...50 %) mexanik kuraklar, ko’chma konveyerlar yordamida beriladi. SHunday qilib, yuqorigi va pastki konveyerlarga esa bo’lgan mexanizatsiyalashtirilgan omborxonalar ko’chma mexanizatsiyadan foydalanish imkoniyatini bartaraf qilmaydi.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling