Зоология ва экология
-rasm. Aeroqobiqning printsipial sxemasi
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
13.6.-rasm. Aeroqobiqning printsipial sxemasi.
1-o’qli ventilyator; 2-diffuzor; 3-saqlash panjarasi; 4-havo taqsimlovchi panjara; 5-donni transportirovkalash kanali; 6-havo taqsimlash kanali; 7tormozlash qurilmasi; 8-pastki ayvon tasmali konveyri; 9-chiqarish varonkasi. Qulay gidrogiologik sharoitlarda (er osti suvlarining past joylashganligi) aytib o’tilgan turdagi omborxonalarda gorizantal pol o’rniga, bo’ylama yupqa nisbatan qiya joylashgan ikkita tekistlikdan iborat pol o’rnatish mumkin. Qiya burchak omborxonaning butun maydoni bo’ylab yoki uning o’rta qismida joylashtirish mumkin (13.6.-rasm). Bunda donni gorizontal pol bo’ylab chiqarish teshigiga uzatish uchun qo’l mehnatidan foydalanish bartarf etiladi va omborxonani qurish tannarxi kamayadi. Don uyumining omborxona o’qi bo’ylab katta balandligining (10 m dan ko’p) o’ziga xos konfiguratsiyasi sababli donni samarali shamollatish va gazlash masalasini hal qilish, hamda saqlash vaqtida uning holatini nazorat qilishni imkoniyati bo’lmaydi. Bunday omborxonalarda faqat bir jinsli (katta don turkumlarini 5000... 8000 t) saqlash mumkin. Qiya polli omborxonalarning 1 t sig’imining tannarxi tekis polli omborxonalarning tannarxidagi kichik bo’ladi. Umumiy tannarxga pastki ayvonning konstruktsiyasi va qurilish materiali katta ta’sir qiladi. Ba’zi hollarda umumiy kapital mablag’larning 25 % pastki konveyer galereyyasiga to’g’ri keladi. Qurilish harajatlarini pasaytirishga bo’lgan intilish ayniqsa, yer osti suvlari balandda joylashgan hududlarda o’tib bo’lmaydigan ayvonli omborxonalarning tarqalishga sabab bo’ldi. Ammo bunda elektroenergiya ko’p sarflanadi, chunki halqalangan konveyer tasmasining ikki tarmog’idan hamma vaqt ham foydalanib bo’lmaydi. Barabanlarning ko’pligi, konveyer tasmasining uzunligi sababli konveyer tasmasini kuzatish va unga xizmat ko’rsatish qiyinlashadi. Omborxonalarda don bilan amalga oshiriladigan ishlarni mexanizatsiyalashtirishda eng katta texnologik va iqtisodiy samaradorlikka aeroqobiqlardan foydalanilganda erishiladi (13-rasm). Ularda taramlangan (buklangan) tusiqlar orqali don massasiga havo perpendikulyar emas balki, tarnsportyorlash tekisligiga burchak ostida beriladi. Havo oqimining bunday yo’nalishi donni trasportirovkalashda havodan samarali foydalanish va aeroqobiqlar foydali harakatining koeffitsentini oshiradi. Omborxonalar jihozlanadigan aeroqobiqlar balandligi bo’yicha buklangan tusiqlar bilan ikkita yuqorigi tashuvchi va pastki havo beruvchi qismga ajratilgan ariqchalardan iborat. To’siq ostida yuqori yoki o’rta bosimli ventilyator bilan havo berilganida tusiqning ustki qismida joylashgan don massasi konveyerning chiqarish varonkalariga qarab haraklanadi. G’alvirsimon tusiq har bir ariqchada donning harakatlanish yunalishi tomonga, ya’ni chiqarish varonkalariga 2…50 burchak ostida o’rnatiladi. Uqlari orasida masofa 2..3 m bo’lib, omborxonalarda chiqarish varonkalari, tom tusiqlari, eshiklari, kontroforslarni o’rnatishni hisobga olib belgilanadi. Donning aeroqobiq g’alviri yuzasiga to’liq tushishi uchun, tekisliklarining qiyalik burchagi 40..450 bo’lgan keskichlar o’rnatiladi. Keskichlarning tirqishlari, ariqchalar qazishda chiqqan tuproq bilan to’ldiriladi. Keskichlarning asosi betondan qilinib, yuqori qatlami sovoq qilinadi yoki asfalt bilan qoplanadi. Ba’zi hollarda keskichlar temirbeton plitalardan tayyorlanadi. Aeroqobiqlar omborxonalarning statsionar mexanizatsiya vositalari sifatida: omborxonalarda bo’shatish ishlari qo’l mehnati qo’llamasdan mexanizatsiyalashtirish; tuzilish va foydalanishning oddiyligi; harakatlanuvchi ishchi organlarini yo’qligi; transportirovkalanadigan donning havo bilan purkashi va yengil aralashmalarining ajratilishi natijasida sifatining yaxshilanishi; donni zararsizlantirish yoki dorilash uchun havo bilan yoki gaz aralashmalari bilan ishlov berish imkoniyatining mavjudligi; omborxonalarda bo’shatish – yuklash ishlarini to’liq yoki qisman avtomatlashtirishni joriy qilish imkoniyatini mavjudligi; bo’shatish ishlari bilan band bo’lgan ishchilar sonini qisqarishi; tekis polli omborxonalarda don bilan amalga oshiriladigan ishlarda mehnat unumdorligining oshirilishi va 1 t kompleks yuk aylanishida to’xtab qolishlarning qisqarishini ta’minlaydi. Ammo aeroqobiqlar ham kamchiliklardan xoli emas. Masalan, ulardan ba’zilari donni chiqarish uchun ariqchalar va kesmalar qurish bilan bog’liq bo’lgan qurilish ishlarining murakkabligi; aeroqobiqning alohida elementlarini, xususan g’alvirni tayyorlashning qiyinligi; omborxonalardan foydalanishda donning sochiluvchanligining buzilishi va buning natijasida aeroqobiq ishida to’xtashlar vujudga kelishi; tannarxining yuqoriligi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling