Зоология ва экология


-rasm. Taxta devorli don bunti


Download 1.35 Mb.
bet17/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

13.5.-rasm. Taxta devorli don bunti:

1-brezent; 2-arqon; 3-taxta; 4-temir beton fundament.

Buntlar asfaltlangan maydonlarda, yoki zarurat tug’ilganida quruq va yomg’ir suvlari bosmaydigan, urab turgan maydondan 300 – 350 mm ko’tarilgan grunt maydonlarda joylashtiriladi.

Quruq va o’rtacha quruqlikdagi donni vaqtinchalik saqlash maydonlari, hamda faol shamollatish qurulmalari bilan jihozlangan maydonlar atrofi «Donsanoatloyiha» MITI chizmalari asosida mahalliy materiallardan tayyorlangan devorlar bilan o’raladi. Bunt yuqorisidan brezent bilan yopilib, arqonlar yoki iplar bilan tortiladi. SHamollatish uchun don yuzasi va brezent orasida joy qoldiriladi.

Nam va ho’l donni joylashtirishda maydonlar ko’chma shamollatish qurulmalari bilan jihozlanadi yoki taxtalardan va garbillardan uchburchak kesimli vintilyatsion ariqchalar qilinadi.

Donni asfaltlangan va xususan grunt maydonlarda saqlash tajribasi ko’rsatishicha, ko’pchilik hollarda donning quyi qatlami namlanadi va tomir hosil qilib o’sadi. Buning oldini olish uchun maydon yuzasi donni gruntdan izolatsiyalovchi material bilan qoplanadi. Butinittifok Don ilmiy – tadqiqot institutining Qozog’iston filiali ma’lumotlariga ko’ra donni bunt holida saqlashda maydon yuzasini polietilin parda bilan qoplash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’ladi.

Donni notekis grunt maydonda saqlashdagi 1 t donga ushlanishlar 1 t don uchun qilingan xarojotlar 1 m2 pardaning tayyorlashga ketgan xarajatlardan ikki marta ko’p bo’ladi, 1 m2 pardani yoyish va o’rash harajatlari esa arzimas summani tashkil qiladi.

Uzilish kuchlanish 10 Pa qalinligi 0,2...0,3 mm polietilen pardalardan foydalanish tajribasi, quruq donni buntlarda saqlashda, don massasining holati brezent bilan yopilgan buntlarda saqlangan donnikidan farq qilmasligini ko’rsatadi. Ammo nam va ho’l donni saqlashda parda ostida namlik konditsiyalanadi va tomchi holida pardaning ichki yuzasidan oqib tushib, donning yuza qatlamini namlaydi. SHu sababli nam va ho’l donni saqlashda polietilen pardalardan buntlarni ustgi yog’inlar vaqtida yopish uchun foydalanish mumkin.





Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling