Зоология ва экология
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
Tayyorlov elevatorlariDon omborxonalarining asosiy sig’imi don xo`jaliklaridan keltiriladigan tayyorlov korxonalari va elevatorlarda mujassamlashgan. Ularga don omborxonalarining 70 % sig’imi to`g’ri keladi: o`zatish va bazis elevatoriga 18 va ishlab chiqarish, port elevatorlariga 12 %. Tayyorlov korxonalarida elevator va omborxona sig’imining nisbati 1:8 dan 1:4 gachani tashkil qiladi. Oxirigi namunaviy loyihalarda don omborxonalari sig’imining barchasini elevator sig’imidan iborat bo`lishi ko`zda to`tilgan. elevatorlar korxonaning markazi hisoblanib, unga statsionar tarnsport qurilmalari yordamida, qabul qilingan va elevatorda ishlov berilgan donni joylashtirish uchun qo`shimcha sig’imdan iborat bo`lgan omborxonalar bog’lanadi. Tayyorlov elevatorining asosiy vazifasi: donni bir vaqtning o`zida tasniflash bilan xo`jaliklardan qabul qilish, sifatini yaxshilash uchun ishlov berish, alohida kichik don turkumlaridan yirik don turkumlarini tuzish, donni joylashtirish, saqlash va ishlatilish maqsadiga ko`ra jo`natish. Bu don omborxonalarining asosiy xususiyati – rivojlangan qabul qilish – jo`natish frontining mavjudligi hisoblanadi. Donning kelishi juda qisqi muddat bilan chegaralanib (15…30 kun), bu don omborxonalarining sig’imini oshiradi. 18-jadvalda o`rta mintaqada joylashgan tayyorlov elevatorining noriyalarini yillik ish hajmini taxminiy taqsimlanishi keltirilgan. Keltirilgan kattaliklar har bir aniq holat uchun ma`lum chekinishlarga ega bo`lib, ular texnik iqtisodiy asoslashlarga ko`ra aniqlanadi. Tayyorlov korxonalari uchun aylanish koeffitsientini hisobga olib (1,1…1,5) noriyalar ishining umumiy hajmi 5,7A×1,5=8,55A ni tashkil qiladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling