Bug‘doy uninin g kimyoviy tarkibi (quruq moddaga nisbatan % hisobida)
Unning kuldorligi. Kuldorlik nav va un chiqishini belgilovchi ko'rsatkich bo'lib, bu ko'rsatkich asosida un tarkibidagi donning tashqi qismlari miqdorini aniqlash mumkin. Bunda tashqi qismlar kuldorligi doimo mag'iz kuldorligidan yuqori bo'lishi hisobga olinib, bu ko'rsatkich orqali un navini ham belgilash mumkin. Ammo bu ko'rsatkichning kamchiliklari ham mavjud. Donning turli qismlari turlicha kuldorlikka ega bo'lib, unda turlicha miqdorda qobiq bo'lishi mumkin. Bu ko'rsatkichning ikkinchi kamchiligi shuki, ko'pchilik hollarda unning kuldorligi iste’m ol qiymatiga mos kelmaydi. Agar un tarkibida ko'p miqdorda aleyron qatlam bo'lsa, uning kuldorligi yuqori, rangi esa oqish (och rangli) bo'ladi, chunki aleyron qatlamning rangi kulrang-oqimtir. Unga ko‘proq don qobigli aralashib, aleyron qatlam miqdori oz bo'lsa, unning kuldorligi past bo'ladi, un rangi esa nisbatan qoramtir bo'ladi. Bu kamchiliklardan q a t’iy nazar kuldorlik unning nisbiy sifatini belgilovchi muhim ko'rsatkich bo'lib qoladi. Kuldorlik ko'rsatkichi unda ham dondagi singari aniqlanadi.
Yormaning kuldorligi. Yorma donning qaysi qismlaridan qayta ishlanganligini (m a n n a , m akkajo‘xori) va yorma qiym atini pasaytiruvchi kepakli qism larning m avjudligini bilish maqsadida kuldorlik ko‘rsatkichi aniqlanadi. Yanchilgan 2—2,5 g vazndagi o ‘lchanmaning kulini olish yo‘li bilan kuldorlik aniqlanadi. Kulga aylanishni tezlashtirish maqsadida azot kislotasi ishlatilishi mumkin. Kul miqdori m utlaq quruq moddaga nisbatan foizda 0,01 % gacha aniqlikda ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |