O’rtacha namuna tanlash. O’rtacha namuna non zavodi (novvoy-xona) yoki savdo korxonasida DAST ko’rsatmalari bo’yicha har bir non to’plamidan olinadi. Non to’plami deb, zavod yoki novvoyxonada bir brigada tomonidan, smenada og’irligi 40 t gacha tayyorlangan har xil non va non mahsulotlariga; savdo tarmog’ida bir korxonada tayyorlangan va qabul qilingan bir xil non mahsulotlariga aytiladi. O’rtacha namuna deb, tashqi belgilari bilan butun to’plamni ta’riflaydigan sifatni aniqlash uchun ajratilgan non to’plamining bir qismiga aytiladi.
Laboratoriya namunasi deb, laboratoriya tahlili uchun ajra-tilgan o’rtacha namunaning bir qismiga aytiladi. Laboratoriya namunani tuzish mahsulotning o’rtacha namunasidan tanlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Og’irligi 400 gr dan ortiq va donabay mahsulotlardan 1 dona, og’irligi 200 dan 400 gr gacha donabay mahsulotlardan 2 ta namuna ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |