Зоология ва экология


Nonni organoleptik baholash


Download 1.35 Mb.
bet288/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Nonni organoleptik baholash. Nonni organoleptik baholash-da uning tashqi qiyofasi: sirti, ranggi, shakli, qobiq va mag’iz holati, yopilishi, egiluvchanligi, ta’mi va hidi tekshiriladi.

Tashqi qiyofasi. Nonning tashqi qiyofasi uni ko’zdan kechirish yo’li bilan aniqlanadi. Bunda nonning shakli, sirtining xusu-siyati va qobiq ranggi inobatga olinadi. Topilgan kamchiliklar – ifloslanganligi, qobig’ining g’adir-budirligi, yirik yoriqlar, yangi ezilish va boshqalar. Sirti tekis yoki oz g’adir-budir, yirik yoriqsiz bo’lishi kerak.

Eslatma. Yuqori qobiqda bir yoki bir necha yo’nalishda o’tgan va 1 sm enlikdagi yoriqlar yirik hisoblanadi. Agar qo’porilganligi shakli nonning butun yon tarafi bo’yini yoki shaklsiz nonda 1 sm dan ko’p yirik hisoblanadi. Shaklsiz nonda quyi qobig’ning butun aylanasi bo’yicha qo’porilishi ruxsat etiladi. Ranggi bir tekis, och sariqdan to’q jigarranggacha (non turiga qarab, kuymagan va rangsiz emas) bo’ladi. Shakli tegishli shaklga mos, tuxumsimon nonlarda to’g’ri va uzun.

Qobiq qalinligi non turiga qarab 3-4 mm dan oshmasligi zarur. Qobiq qalinligi nonni ko’ndalanggiga kesib aniqlanadi. Shu maqsadda mahsulot ko’nadlanggiga o’tkir pichoq bilan kesiladi, qobiq qalinligi uch joyda o’lchanadi va o’rtacha arifmetik hisob-lashda 3-4 mm dan oshmasligi kerak. Agar ifloslanish yoki mag’izdan qobiq ajralishi kuzatilsa, unda bu kamchiliklar ishi daftarida qayd etiladi.



Mag’iz holati nonni ko’ndalang kesib aniqlanadi (43-rasm). Bunda asosiy e’tibor qanday yopilganligi, egiluvchanligi, g’ovaklarni bir tekis joylashishi, katta bo’shliqlari, zuvalachalari, tuz qo’shish va toblanish bor yoki yo’qligiga qaratilishi zarur.

Non yaxshi yopilgan bo’lishi, mag’zi yopishqoq bo’lmasligi va qo’l tekkanda namligi bilinmasligi shart. Non mag’zini barmoq bilan bosib yoki mag’izdan soqqachalar yasash bilan aniqlanadi. Yomon yopilgan non qo’lga yopishib, bosishda mag’zi ezilgancha qoladi.

G’ovaklik bir tekis bo’lib, nonning yuqori qismida u yirikroq bo’lishi mumkin. Nonda bo’shliqlar va ortiqcha toblanish belgilari – g’ovaksiz zich joylari bo’lmasligi kerak.


25.1.-rasm. O’z-o’zidan qizigan va normal undan yopilgan nonlarning


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling