Зоология ва экология


Tegirmon elevatorlari noriyalarining yillik ish hajmi


Download 1.35 Mb.
bet30/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Tegirmon elevatorlari noriyalarining yillik ish hajmi


Jarayon

A hajm

Donni qabul qilish

1,0

Donni tozalash



Qabul qilishda (0,5 x 1)

0,5

Saqlashda (0,5 x 2)

1,0

Donni quritish (0,2 x 2)

0,4

Tortish turkumlarini tayyorlash, separatsiyalash va inventarizatsiyalash (0,5 x 1 + 0,5 x 2 + 0,2 x 1)

1,7

Donni jo`natish

1,0

Jami

5,6 A

Zamonaviy tegirmon elevatorlari ichida M – 2x100, M – 2x175, M – 3x100 va M – 3x175 namunaviy elevatorlar qiziqish uyg’otadi. Ularda elevatorlarni loyihalashning barcha ijobiy yutuqlari hisobga olingan. Bu elevatorlarning ishchi binosi bir xil konstruktsiyaga (qurilish setkasi 2,4 x 3,5 m), bir xil zinapoya panjarasiga, bir xil balandlikdagi qavatlarga ega (61 – rasm). Barcha ishchi binolar uchun ikkita chetki prolyoti DSP – 12 don quritgichi uchun ajratilgan. elevatorlarning sxmeasi va ularning texnik tavsifi 61–rasmda va jadvalda keltirilgan.

YAgona konstruktsiyadagi tegirmon elevatorlarining texnik tavsifi


Ko`rsatkich

M–2x100

M–3x100

M–2x175

M–3x175

Elevatorlarning sig’imi, ming t

16

16

16

32

Asosiy jihozlari:









Noriyalar

2x100*

3x100

2x175

3x175

KPD – 100 separatori

1**

2

1

2

DSP – 12 (namlikni 20 dan 12 % gacha pasaytirshda)

1

1

1

1

YUk ko`taruvchanligi 20 t bo`lgan cho`michli tarozi

2

3

2

3

Elevator jarayonlarining belgilangan quvvati, t/sut:









Vagonlardan qabul qilish

1500

2000

2500

3000

Un zavodiga jo`natish

200

300

300

500

Separatorlarda tozalash

750

1000

1500

2000

Quritish, reja, t/sut

430

430

430

450

* soni va unumdorligi, t/soat

** jihozlar soni














YOrma zavodlaridagi elevatorlar. Ular yormabop o`simliklarning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olib quriladi. Masalan, sholi zarblarga juda sezgir, shuning uchun sholi uchun elevatorlarda tasmasining harakat tezligi kichik bo`lgan noriyalar o`rnaratiladi va pnevmatik transportdan foydalanilmaydi.

Sig’imi 30 ming t bo`lgan sholi zavodi uchun elevator 1973 yilda

«Donsanoatloyiha» MITI tomonidan ishlab chiqilgan. Uning farqli xususiyatlari quyidagicha: o`zi oqar quvur qiyalik burchagi, siloslar va bunkerlar tubi 45 gacha oshirilgan; ko`pchilik siloslar faol shamollatish qurilmalari bilan jihozlangan, noriya tasmasining harakatlanish tezligi pasaytirilgan bo`lib, unumdorligi 175 t/soat bo`lgan noriya amalda 100 t/soat unumdorlikka ega.
YOg’ zavodlaridagi elevatorlar. Ko`pchilik yog’li o`simliklarning naturasi kichik, bir jinsli turkumlari ko`pligi sababli saqlash uchun o`lchamlari katta (10 m va undan katta) silosli elevatorlardan foydalaniladi. YOg’ zavodlaridagi elevatorlarda ham urug’larni tozalash va quritish uchun donni tozalar mashinalari va maxsus quritgichlar ko`zda tutiladi.

Port elevatori


Port elevatorlarining asosiy vazifasi – tyemir yo`l transportidan yirik don turkumlarini qabul qilish va uni dengiz kyemalariga yuklashdan iborat.

Umumiy qoidalari. Port elevatorlari dengiz va tyemir yo`llar tutashgan joylarda joylashtiriladi. Port elevatorlari qudratli qabul qilish – jo`natish qurilmalariga ega bo`ladi. elevatorlarning qabul qilish qobiliyati sutkasiga 3 – 4 yo`nalishda bo`lib, sig’imining 10 % ni tashkil qiladi; jo`natish qobiliyati 5…6 ming t t/sut va undan ortiq. Bir jinsli don turkumlarini tayyorlash zarurati port elevatorlarida donni talab qilinadigan konditsiyalarga yetkazish imkoniyatini beruvchi don tozalash jihozlari va don quritgichlari bo`lishini asoslaydi.

Port elevatorlarining aylanish koeffitsienti 4…8 ni tashkil qiladi va ko`pchilik omillarga bog’liq. Ayrim elevatorlarda bu 10 va undan ortiqqa etadi. Port elevatorlari noriyalarining yillik ish hajmi jadval ma`lumotlari tarzida keltirilgan. Port elevatorlari noriyalarining yillik ish hajmi



Jarayonning nomi

A hajm

Donni qabul qilish

1,0

Donni qabul qilish va saqlash jarayonida tozalash (0,2x1 + 0,2x2)

0,6

Donni quritish (0,1x2)

0,2

Turkumni shakllantirishda donni ko`chirish (0,5x1)

0,5

Donni separatsiyalash va inventarizatsiyalash bilan yangilash (0,1x2 + 0,1x1)

0,3

Donni jo`natish

1,0

Jami

3,6 A

Port elevatorlarining turlari. Nikolaevdagi elevator (63 – rasm) 1927…1929 yillarda qurilgan. Silos korpusi 4 m, balandligi 20 m va 119 silos – yulduzchadan iborat bo`lgan 144 ta yumaloq silosdan iborat. elevatorning sig’imi 7,2 ming t bo`lgan jo`natish bunkerlari bilan birgalikda sig’imi 41,2 ming t. elevatorda donning harakatlanishi bosqichli, noriyalar maxsuslashtirilgan. Donni qabul qilishda to`qqizta parallel qatorda 100 t/soat, jo`natish jihozlariniki oltita qatorda 200 t/soat.

Bu elevator mukammal va quvvatli jihozlangan edi. Lekin uning konstruktiv sxyemasi va donni harakatlanish sxyemasida kamchiliklar mavjud edi. elevatori juda qimmat va foydalanishda qiyin bo`lib chiqdi. SHuning uchun port elevatorlarini qurishdan keyingi bosqich kamsonli, lekin quvvatli jihozlarga ega bo`lgan elevatorlarni yaratishdan iborat bo`lib, bu jihozlardan yaxshi foydalanish va ishchi bino hajmini qisqartirish imkoniyatini berdi.



Port elevatoridagi donning harakatlanish sxyemasi:

A, B, D-unumdorligi 100 t\soat bo`lgan noriyalar; V, G, E, J-unumdorligi 200 t\soat bo`lgan noriyalar; S-separator; DT-diskli trier; KT-nazorat trieri; AV-avtomatik tarozi.


Port elevatori.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling