Realizatsion bazalar don va don mahsulotlarini savdo bazalari va magazinlarga, ovqatlanish korxonalari, oziq – ovqat sanoati tarmoqlarining turli xil kichik korxonalariga, shahar tashqarisidagi xo`jaliklar va boshqa iste`molchilarga jo`natishga mo`ljallangan.
Realizatsion bazalarning sig’imi ko`p hollarda omborxona, ba`zida elevatorlardan iborat bo`ladi. Saqlashga mo`ljallangan don mahsulotlari quritilishi va ishlov berilishi kerak. Bularning barchasi realizatsion bazalarda don mahsulotlarini saqlashga mo`ljallangan bunkerlar hamda tozalash va saqlashga mo`ljallangan jihozlarni bo`lishini asoslaydi. Realizatsion bazalar sig’imi ikki oylik zahirani tashkil qilib, shu sababli bu korxonalarning aylanish koeffitsienti katta bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |