Зоология ва экология
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10- MA’RUZA: DON UYUMIDA MIKROORGANIZMLARNING FAOLIYATI VA ULARNING TA’SIRI. Reja
Nazorat savollari.
1. Fiziologik jarayonlar deganda nima tushunasiz? 2. Don va uruglarning uzoq muddatligi deganda nima tushunasiz? 3. Donlarni nafas olishiga izoh bering? 4. Don va uruglarning yigimdan sung pishib yetilishiga izoh bering. 5. Saklashda donning unishi deganda nima tushunasiz? 10- MA’RUZA: DON UYUMIDA MIKROORGANIZMLARNING FAOLIYATI VA ULARNING TA’SIRI. Reja: 1. Don massasi mikroflorasining kelib chiqishi. 2. Don massasi mikroflorasining turkumlanishi va tavsifi.
Mikroorganizmlar – bu oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan mayda tirik zarrachalar; Fitopatogen mikroorganizmlar –o‘simliklar zarar ko‘rsatadi; Patogen mikroorganizmlar –odam va xayvon organizmiga zarar ko‘rsatadi; Saprofit mikroorganizmlar –bug‘doy organiq birikmalariga muxtoj; Epifitlar mikroorganizmlar - o‘simliklarga sezilari zarar ta’sir ko‘rsatadi; Parazitlar –turli kasaliklar keltirib chiqaradi va o‘simliklarni chirishi yoi xalok bo‘lishiga olib keladi. Don uyumi ham boshqa o‘simlik va hayvonot mahsulotlari singari, qachonki maxsus sterillash tadbirlaridan o‘tkazilmagan holatda, bag‘oyat mikroorganizmlarga boy hisoblanadi. Istalgan don uyumini tekshirish orqali uning 1g miqdorida bir necha o‘n mingdan yuz minggacha, hatto milliongacha mikroorganizmlar dunyosi vakillarini uchratish mumkin. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi, ularda don va urug‘ning shakllanishi mikroorganizmlarga nihoyatda boy bo‘lgan muhit sharoitida kechadi. Ma’lumki, ayniqsa tuproq mikroorganizmlarga g‘oyatda boy hisoblanadi. Ixtiyoriy usul bilan tuproqning mikrobiologik tarkibini tekshirish orqali, uning 1g miqdorida bir necha o‘n milliondan milliardgacha mikroorganizm turlarini aniqlash mumkin. Tuproq tarkibida mikrofloraning bunday katta chegara orasida o‘zgarib turishi, uning turi, tuzilishi, unumdorligi va boshqa sabablar bilan tushuntiriladi. Ma’lumki, tuproq tarkibida organik qoldiqlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, unda mikroorganizmlar shuncha ko‘p bo‘ladi. Tuproqning o‘simliklar ildiziga yondosh bo‘lgan qismlarida o‘simlik ildizidan yiroq bo‘lgan joylarga nisbatan mikroorganizmlar nihoyatda ko‘p bo‘ladi (9.1-jadval). Ko‘rinib turibdiki rizosferada mikroorganizmlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Chunki rizosferada ildizlar mo‘l bo‘lganligidan mikroorganizmlar ko‘payishi uchun sharoit tugiladi. Ma’lumki ildizlardan organiq birikmalar(qand va kislota) ajralib turadi, ildizlardan o‘lik epidermik xujayra qoldiqlari ajraladi, shuningdek ildiz sochlari va ba’zi bir qismlari nobud bo‘lib turadi. Bularning barchasi mikrorganizmlarning jadal taraqqiyoti zaminidir. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling