Зоология ва экология


Bug‘doy donining yetilishida biokimyoviy o‘zgarishlar(V.L. Kretovich va G.A. Akimochkina ma’lumoti.)


Download 1.35 Mb.
bet61/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Bug‘doy donining yetilishida biokimyoviy o‘zgarishlar(V.L. Kretovich va G.A. Akimochkina ma’lumoti.)





Tekshirish mud-dati

Lyutessens 62

Milturum - 321

Namligi, %

Unish kuchi,%

Unuvchanligi,%

Oqsilsiz azot, %

Amilaza faolligi

Namligi, %

Unish kuchi,%

Unuvchanligi,%

Oqsilsiz azot, %

Amilaza faolligi

Bevosita yig‘ib olingandan keyin

16,1

0,6

19,5

10,0

150

16,0

21

81

12,6

148

20 sutkadan so‘ng

12,7

78,0

98,0

7,5

136

11,5

63

92

9,3

131

60 sutkadan so‘ng

11,3

99,0

99,0

5,7

140

10,5

99

99

5,7

140

Donning yig‘ib olingandan keyingi yetilishida harorat ham muhim ahamiyatga ega. Havoning harorati maqbul bo‘lgandagina don yetila boshlaydi. 15-300C va undan bir oz yuqori haroratda donlarning jadal yetilishi kuzatiladi.

Quyidagi jadvalda (8.5-jadval) yangi yig‘ib olingan donga haroratning ta’siri aks ettirilgan.

8.5-jadval



Saqlash sharoitlarga bog‘liq holda yangi yig‘ib olingan don unuvchanligining o‘zgarishi,%

Saqlash sharoiti

Undirish muddati

Namuna raqami


1

2

3

4

5

Sovuq ombor

21 noyabr

38

85

14

23

26

Sovuq ombor

9 yanvar

35

89

32

30

31

Labora

toriya


9 yanvar

99

99

93

93

87



Saqlash davrida don (urug‘) ning unishi

Don uyumini saqlash amaliyotida ko‘pincha alohida donlarning yoki uyumning ba’zi qismlarda yalpisiga unishi kuzatiladi. Saqlash davrida donning unishi ruxsat etilmaydigan holatdir. U qachonki donlarni ehtiyotsizlik bilan saqlashda yoki saqlash tartibotlari buzilganda yuzaga keladi.

Ma’lumki donning unishini yuzaga keltiruvchi asosiy omillar havo, namlik va issiqlikdir.

Urug‘ning unishi bo‘rtish bilan boshlanadi, ya’ni fizik jarayon vujudga kelib, gidrofil kolloidlar, xususan oqsil va kraxmal vositasida suv shimiladi. Bunda donning hajmi sezilarli orta boshlaydi. Bo‘rtish darajasi, shuningdek uning jadalligi donning kimyoviy tarkibi, qobig‘ining singdiruvchanligi va boshqa bir qator sharoitlarga bog‘liq.

Shunday qilib, saqlash davrida donning unishi natijasida quyidagi holatlar vujudga keladi:

quruq moddalarning yo‘qolishi;

Katta miqdorda issiqlikning ajralishi, bu issiqlik don uyumi haroratining ko‘tarilishi va unda barcha hayotiy jarayonlarning kuchayishiga sabab bo‘ladi;

don sifatining pasayishi.

Begona o‘t urug‘larining hayot faoliyati.

Ma’lumki don uyumida ko‘p miqdorda begona o‘t urug‘lari yoki asosiy donga taalluqli bo‘lmagan boshqa madaniy o‘simliklar urug‘lari bo‘lishi mumkin. Saqlash davrida bunday urug‘lar ham jadal nafas oladi, shuningdek ma’lum sharoitlarda ularda ham yig‘ib olingandan keyingi yetilish jarayoni kuzatiladi. Umuman olganda asosiy donga xos bo‘lgan barcha qonuniyatlar bular uchun ham xosdir.

Yuqoridagi barcha holatlar don uyumini begona o‘t urug‘laridan tozalash nechog‘li ahamiyatli ekanligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun, donning sifatini hamda chidamliligini oshirish maqsadida don uyumlarini yig‘ib olingandan so‘ng darhol yoki don mahsulotlari tizimiga qabul qilish vaqtida begona o‘t urug‘laridan tozalash lozim.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling