Зоология ва экология
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
Arpaning botanik tavsifi.
Arpa (hordeum) boshoqlilar oilasiga kiruvchi o’simlik. Tupgullibir gulli boshoq bo’lib, boshoq o’qida uch pogonali holatda ko’p uchraydi. Boshogi qiltiqli va qiltiqsiz. Kiltigi o’zun, sillik yoki yillik o’simlik bo’lib, yuqorida ko’rsatib utganimizlek kuzgi va bahorgi turalri mavjud. Hordeum turkumiga kiruvchi 30 xil yaqin tur mavjud bo’lib, eki sifatida ekib yetishtiriladigan arpa (hordeum sativum) ning bir xil turi keng tarqalgan. Bu tur odatda qiltiqli bo’lib, qiltiqsizlari ham uchraydi, ayrim hollarda esa qiltiq o’rinda pardasimon usimta furka... Hosil bo’ladi. Bunday furkatli... Arpa nomlanadi. Ekiladigan arpa 3 xil turchaga bo’linadi: a) ko’p qatorli arpa (hordeum sativum vulgare); b) ikki qatorli (hordeum sativum disticnum); v) oralik (hordeum sativum intermedium); Ko’p qatorli yoki arpa boshoq o’qi pogonalarida uchtadan joylashgan meva boshokchalarida me’yoriy rivojlangan donlar joylashadi. Boshok-chalarning joylashishi va shakliga qarab ko’pqatorli arpa boshokgi olti kirrali boshoq va turt kirrali boshokka bo’linadi. Olti qirrali arpa boshogida donlar olti qator joylashadi, har bir katordagi don bir-biriga ustma-ust joylashgan bo’lib, kundalang kirimda boshoq muntazam olti kirrali yuldo’z ko’rinishida bo’ladi. Bunday boshoka donlar yirik emas, yaxshi tekis tulishgan. Turt kirrali arpa boshogi o’qining har bir pogonasida uchta don rivojlanadi. Bunda o’rtada joylashgan don yirik, shakli tugri, boshoq o’qiga kisilgan bo’ladi. Chetki donlar kichik, o’rtadagi donga qisilgandek bir-biriga jips va noto’g’ri shaklli. Boshoqning kundalang kesimi turt kirrali shaklga ega. Ikki qatorli arpa boshogida uchta boshoqcha boshoq o’qi pogonasida joylashgan bo’lib, ulardan faqat o’rtanchasi mevali, chekkada qarama-qarshi tomonida 1 qatordan jami 2 qator don mavjud. Ikki katorliarpa donlari yirik, to’g’ri shaklli, tekis tulishgan. Oralik arpada bir boshoqning o’zidagi o’q pog’onalarida turli xil miqdordagi mevasi boshoqchalar mavjud bo’ladi (birtadan uchtagacha). Rossiya va boshqa yevropa mamlakatlarida (chexoslavakiya, daniya, polsha va boshk) ikki qatorli arpa juda keng tarqalgan bo’lib, chunki arpaning bu turi serhosil, pishib yetilgandan so’ng sochiluvchan emas, mexanizatsiyalashgan usulda yig’ib olish juda kulay. Somoni ham yuqori ozuqabop qiymatga ega ikki qatorli arpaning ko’pgina navlari pivobopligi alohida ajralib turadi. Arpa qator belgilariga qarab quyidagicha guruhlanadi: 1) boshoq zichligiga qarab: zich va g’ovak; 2) qiltiqlar mavjudligiga qarab: qiltiqli, qiltiqsiz; 3) qiltiq xususiyatiga ko’ra: sillik tishchali; 4) donda parda mavjudligiga qarab: qobiqdor ochiq donli. Eng ko’p ekiladigan arpa turlariga pallidum, nutans, mediqum kiradi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling