Зоология ва экология
Arpaning xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
Arpaning xalq xo’jaligidagi ahamiyati.
Arpa-inson tomonidan yetishtiriladigan eng qadimiy o’simlik. Mamlakatimiz xududida eramizdan avvalgi 5-4 arlardayoq arpa yetishtirila boshlagan. Arpa doni inson tomonidan oziq-ovqat sifatida shuningdek,em-xashak va texnik maqsadlarga keng qo’llaniladi. Arpadan un va yorma olinadi. Arpa doni pivo solod va solod ekstrakti ishlab chiqarish sanoatida asosiy xom-ashyo hisoblanadi. U chorvachilikda, ayniqsa chuchkachilik va yilkichilikda hayvonlarni boqish uchun qimmatli ozuqa sanaladi. Omuxta yem tayyorlashda asosiy (ingridiyent) tarkibiy qism sifatida arpa kushiladi. Arpadan boshqa mahsulotlar ham (masalan, arpa kofesi) olinadi. Arpa usimligining ijobiy sifatlaridan biri uning plastikligidir. Uning ko’pgina turlari issiqlikni kam talab qiladi. 1-2 0s haroratda ham o’sish qobiliyatiga ega va o’sish davri qisqa 980-100 kun). Arpaning yuqorida ko’rsatib o’tilgan ijobiy xususiyatlari uni uoq shimolda (66-700 shimoliy kenglikda) va togli rayonlarda ustirish imkonini beradi. Shu bilan birga arpa quruq havo iqlimiga ham chidamli bo’lganligi, bu o’simlikni yanada keng tarkalishiga sabab bo’ladi. Er yuzasidagi deyarli barcha mamlakatlarda (yirik yoki kichik yer maydonlarida bo’lishidan katiy nazar) arpa yetishtiriladi. Jahon ziroatchiligida arpa ekiladigan yer maydonlari miqdori jihatdan 4 o’rinda turadi.(70-80 mln. Ga) Yalpi arpa hosili yetishtirish va yer maydoni miqdori jihatidan rossiya yer yuzida birinchi o’rinda turadi (10mln ga). Ikkinchi o’rinni aqsh (5 mln ga ga yaqin), uchinchi o’rinni xitoy (4-5 mln ga) egallaydi. Kanada, xindiston, turkiya, frantsiya, chexoslavakiya, germaniya, yaponiya singari mamlakatlarda ham ko’p miqdorda arpa hosili yetishtiriladi. Keyingi vaqtlarda hosildorligi yuqori bo’lganligi uchun kuzgi arpa ekish keng tarqalgan. Erta bahorgi namlikdan tulakonli oziqlangan arpa shimoliy-sharqiy quruq shamollar boshlangunga qadar ertaroq pishishga ulguradi.ko’zda ham bahorda hosil erta yig’ib olinadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling