2. Don massasini ajraluvchanligini aniqlab baholash.
Donni ajratishning samarali usulini tanlashda aralashmaning barcha xossa ko`rsatkichlari aniqlab e`tiborga olinadi. Ular asosiy donning xossalari ko`rsatkichlari bilan qiyoslanadi va shu ko`rsatkichlarningg farqi katta bo`lgan xossa asosida ajratish jarayoni tashkil qilinadi.
Ajratish uchun tanlangan ko`rsatkich va xossalarning farqiga qarab aralashma dondan yengil ajraluvchi, qiyin ajraluvchi va ajralmaydian aralashmalarga bo`linadi.
Ajratish jarayonning samaradorligi aralashmadagi aniq kompo-
nentlarning toza holda ajralish darajasiga bog’liq. Ajratish darajasi quyidagi formula orqali aniqlanadi. P
X
P0
Bu erda: RX - ajratilgan komponent miqdori.
R0 - shu komponentni aralashmadagi miqdori.
Ajratish jarayonini texnologik jarayonga ta’sir etuvchi omillari 4 guruhga bo`linadi:
Mashinaga tushayotgan yuklanish sharoiti - bu mashinaning ishchi organiga vaqt birligi ichida tushayotgan mahsulotlar miqdori;
Ajratishda aralashmaga ishlov berish vaqti;
Aralashmaning tarkibiy qismlarini tabiiy xossalari;
Ajratgichning ishchi organlarini geometrik va kinematik o`lchamlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |