Зоология ва экология


Tegirmon va yorma zavodida donga gidrotermik ishlov berish jarayoni


Download 1.35 Mb.
bet88/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Tegirmon va yorma zavodida donga gidrotermik ishlov berish jarayoni.

Tegirmon va yorma zavodlarida donga gidrotermik ishlov berish avtomatik ravishda nazorat qilish va sozlash sistemalariga ega bo`lgan murakkab mashina va apparatlar bilan bir qatorda, yana oddiy namlovchi mashina va namiqtiruvchi bunkerlarda olib boriladi. Bularning hammasi texnologik sxema orqali bog’langan bo`lib, donning xossalariga ta’sir qilishni ketma- ketligini belgilaydi.

Gidrotermik ishlov berish jarayonida donga suv va issiqlik bilan ta`sir qilinadi. Bu jarayonni rejimlarini aniqlovchi o`lchamlarga (parametrlarga) quyidagilar kiradi: namlik, temperatura, bosim va jarayonni davom etish vaqti.

Tegirmonda donga gidrotermik ishlov berishning quyidagi usullari qo`llanadi:


  1. Sovuq konditsionerlash usulida;

  2. Tezlashtirilgan konditsionerlash usulida;

  3. Issiq konditsionerlash usulida.

Sovuq usulda don temperaturasi 14-20 S0 bo`lgan suv bilan namlanadi va bunkerlarda namiqtiriladi. Bu usulda don qizdirilmaydi.

Tezlashtirilgan usulda don to`yintirilgan bug’ bilan bug’lantiriladi va keyin sovuq suvda yuviladi.

Issiq konditsionerlash usulida don sovuq suv bilan namlanadi va har xil isitgichlarda (ul’tratovush, yuqori chastotali toklar, infraqizil nurlar va boshqalar) qizdiriladi.

Donni maydalovchi mashinaga (I-Yormalash sistemasini valli dastgohiga) yuborishdan oldin qo`shimcha 0,3-0,5 % ga namlash va 20-40 minut davomida namiqtirish bu gidrotermik ishlov berish usullari uchun majburiydir. Bu donni yuqori qobiqlarini (meva va urug`’ qobig’i, aleyron qatlami) namlash uchun kerak bo`lib, qobiqlarning eguluvchanligini (elastikligini) oshiradi, qobiqlarni juda ham maydalanmaydi, kepakni katta bo`lakchalarini hosil qiladi va g’alvirlarda undan oson ajraladi.

O`zbekiston Respublikasidagi tegirmonlarida donga gidrotermik ishlov berishning sovuq konditsionerlash usuli qo`llanadi. Bu usulni tashkil qilinishi va boshqarilishi oddiy, lekin namlangan donni namiqtirish uchun ko`proq bunkerlar hajmi talab qilinadi.

Sovuq usulda donga gidrotermik ishlov berish quyidagi tartibda bajariladi (2-rasm): tozalangan donga namlab qayroqlovchi mashinada ishlov beriladi, qo`shimcha namlanadi va namiqtiriladi. YUqori shaffofli don ikki marta namlanadi va ikki marta namiqtiriladi.

Navli un tortishda bug’doy doniga sovuq usulda gidrotermik ishlov berish rejimlarining taxminiy ko`rsatkichlari 5-jadvalda keltirilgan.

Navli un tortishda bug’doy doniga sovuq usulda gidrotermik ishlov berish rejimlarini ko`rsatkichlari taxminiydir, chunki har bir don partiyasi o`zini boshlang’ich xossalarini har xilligi bilan va namlikni o`zgarishiga individual reaktsiyalari bilan tavsiflanadi. Tegirmonlarda texnologik jarayonlarni tashkil qilish va olib borish qoidalari asosida injener-texnolog tanlagan gidrotermik ishlov berish rejimlarini laboratoriyada va ishlab chiqarishda un tortish yo`li bilan bilan tekshirib ko`rishi shart.

5-jadval Navli un tortishda bug’doy doniga sovuq usulda gidrotermik ishlov berish rejimlarining taxminiy ko`rsatkichlari


Bug’doy tipi

Bug’doyni umumiy shaffofligiga (%) qarab namiqtirish vaqti, soat

I Yormalash sistemasiga yuboriladigan bug’doyni

namligi, %





60

60...40

40




I

II


III

IV


8...15

16...24


8...16

16...20


6...12 - 6...12

12...16


4...8 - 4...8

6...12


14,5...16,0

15,5...16,5

14,0...15,0

15,0...16,5



Donga tezlashtirilgan konditsionerlash usulida ishlov berish quyidagi tartibda bajariladi (3-rasm): don ASK rusumli bug’lovchi apparatda qisqa vaqt (20-40 sekund) bug’langandan so`ng bir necha minut issiqlik bunkerida saqlanadi. Keyin issiq don yuvuvchi mashinada sovuq suvda yuviladi va namlikni oluvchi mashinaga yuboriladi. Don qo`shimcha namlanadi va namiqtirish uchun bunkerlarga yuboriladi. Agar donning boshlang’ich namligi past bo`lsa, donni namlikni oluvchi mashinaga yuborish shart emas. Don bunda tugridan to`g’ri namlovchi mashinaga yuboriladi. Agar donni qo`shimcha namlashga hojat bo`lmasa, namlovchi mashina sxemadan olib tashlanadi.




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling