Bug’doy donini suv bilan o`zaro ta’sir qilishining umumiy sxemasi
Davri
|
Davom etish vaqti,soat
|
Donda namlikni ko`chish jarayoni
|
Boshlang’ich tayyorlov
|
0,25…1
|
Meva qobig’i namlikni o`ziga oladi. Urug`’ qobig’i, aleyron qatlam va murtak qismlarida namlikning singishi.
|
Asosiy (endosperma yoriqlar aktiv hosil bo`lish davri
|
5…16
|
YUqori qatlamlardan namlikni endosperm ichiga o`tishi
|
Oxirgi
|
48…72
|
Donni hamma qismlarida namlikni bir xil nisbatda bo`lishi.
|
Boshlang’ich davrda qabul qilingan namlik donning yuqori qatlamlarida (meva va urug`’ qobig’ida, aleyron qatlam va murtakda) to`planishi bilan tavsiflanadi. Bu qatlamlarni bukishi natijasida donning solishtirma hajmi tez oshadi. Donni texnologik xossalarini o`zgarishi kamroq, chunki donni yuqori qatlamlarida strukturali o`zgarish bo`ldi. Bu davrda donni ichki qismiga namlikni intensiv kuchishiga tayyorlash bilan tugaydi.
Ikkinchi asosiy davrda hosil bo`lgan kuchlanish kritik miqdordan ham o`tib ketadi, natijada endospermda mikroyoriqlar hosil bo`ladi. Bu mikroyoriqlardan namlik endospermni ichiga ko`chadi. endospermda ko`p miqdorda suvni bo`lishi fiziko-ximiyaviy jarayonlarni intensiv borishiga olib keladi.
Uchinchi oxirgi davrda donni anatomik qismlarida namlik bir xil nisbatda tarqaladi.
Donni namiqtirish jarayonida 8 soatdan so`ng endospermda eng ko`p yoriqlar hosil bo`ladi. 12-16 soat davomida ko`ndalang va uzunasiga yoriqlar hosil bo`ladi. 16 soatdan keyin qisman mayda yoriqlar yo`qoladi, 48 soatdan keyin faqat namiqtirish jarayonini boshlanishida hosil bo`lgan katta yoriqlar qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |