Зоология ва экология
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
Tayanch iboralari:
Don massasini ajratish, usullari, ta`sir qiluvchi omillar, don yuzasiga quruq ishlov berish, donga gidrotermik ishlov berish, bug’doy aralashmasi partiyalari, hisob usullari, samaradorligi. 1. Don massasini ajratishni (separatsiyalashni) nazariy asoslari. Un va yorma ishlab chiqarish murakkab texnologik sxemalar asosida bir nechta maxsus jarayonlarda bajariladi. Bu jarayonlarni ikkita guruhga bo`lish mumkin: donni tayyorlash jarayoni va tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari. Asosiy jarayonlar quyidagilardan iborat: Tegirmonlarda: Tegirmonni birinchi (tayyorlov) bo`limida don massasi begona aralashmalardan tozalanadi. Donning yuzasiga quruq va suv bilan ishlov beriladi. Har xil sifatli donlardan un tortishga mos aralashma tayyorlanadi. Ikkinchi (un tortish) bo`limida donni yanchish jarayonida donlar birinchi yirik yanchilib yorma, dunst va kepak ajratib olinadi. Hosil bo`lgan yorma va dunst sifati bo`yicha saralanadi, qayroqlanadi va mayin yanchilib un holiga keltiriladi. Yorma zavodlarida: Birinchi (tayyorlov) bo`limida don massasi begona aralashmalardan tozalanadi. Donning yuzasiga suv bilan ishlov beriladi. Gul qobiqli donlarning gul qobiqlari ajratiladi. Ikkinchi (qobiq ajratish) bo`limida don massasi yirikligi bo`yicha fraktsiyalarga ajratiladi, don qobiqlaridan ajratiladi va saralanadi, maydalanadi, qayroqlanadi va silliqlanadi, Yorma va hosil bo`lgan chiqindilar nazorat qilinadi. Donni qayta ishlash korxonalarida ajratish jarayoni asosiy jarayonlardan biri hisoblanadi. Donni tozalash bo`limida bajariladigan ajratish jarayoni donni maydalash va qobiqni ajratish bo`limlarida ham asosiy jarayonlardan biridir. Aralashmalarni fraktsiyalarga ajratish uchun kerakli bo`linish belgilarini to`g’ri aniqlab bilish texnologning vazifasiga kiradi: dondan har xil aralashmalarni ajratish, qobiqni ajratishda yoki maydalashda hosil bo`ladigan mahsulotlar aralashmasini kattaligiga va sifatiga qarab fraktsiyalarga ajratish. Bu aralashmalarning bo`linish belgilari quyidagilardir: a) zarralarning geometrik o`lchamlari (qalinligi, eni, uzunligi), b) aerodinamiq xususiyatlari, v) magnit va elektrofizik xossalari, g) zichligi, ishqalanish koeffitsienti, d) gidrodinamiq xossalari, e) rangi va boshqalar. Don va don mahsulotlarini tashkil qiluvchi fraktsiyalarni xususiyatlariga qarab bir xil fraktsiyalarga bo`linish jarayoniga ajratish (separatsiyalash) deyiladi. Tegirmon va Yorma zavodlarida donlarni begona aralashmalardan, don maydalanishida va qobig’idan ajratish jarayonida hosil bo`ladigan oraliq mahsulotlarni ajratish va tayyor un va Yormalarni nazorat qilib ajratish asosiy maqsaddir. Agar ajratish bir ko`rsatkich asosida tashkil qilinsa oddiy ajratish deyiladi. Masalan: g’alvirli ajratgichlarda geometrik o`lchami bo`yicha ajratish. Amaliyotda bir mashinaga bir necha ko`rsatkichlardan foydalanib murakkab ajratish funktsiyasi beriladi. Masalan RZ-BKT tosh ajratgich mashinasida donning aerodinamiq xossalari, zichligi va yuza ishqalanish koeffitsientlari asosida ajratish jarayoni tashkil qilinadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling