Zorov ozodbek 652-18-guruh ta’lim psixalogiyasi


Download 119.89 Kb.
Sana05.12.2020
Hajmi119.89 Kb.
#160287
Bog'liq
Birinchi amaliy


BOZOROV OZODBEK 652-18-GURUH

TA’LIM PSIXALOGIYASI

1.“Kichik guruhlarda ishlash” mеtodi yordamida ta’limni o’zlashtirishning omillarini aytibbering.




2.Individual – psixologik xususiyatlariga nimalar kiradi?

Individuallik tushunchasi lotincha so’zdan olingan bo’lib, «individium» ya’ni


«bilinmas» degan ma’noni anglatadi. Individuallik har bir insonning o’ziga xos psixik xususiyatli ko’rinishi bo’lib, u o’zining hayoti va faoliyati davomida shaxsda sub’yekt sifatida ishtirok etadi va ijtimoiy- tarixiy madaniyatni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. U inson psixikasining betakror qobiliyati va extiyojining o’sishida bir butunlik va yagonalik jarayonlari orqali aniqlanadi.
Faqatgina faoliyat jarayonida u jonli narsalar bilan munosabatga kirishish tufayli shakllanib boradi. Aynan individuallik madaniyatning qaytarilmas ifodalovchis (tarqatuvchisi) bilib qoladi.

Inson individualligi – bu kishining individual rivojlanish sharoiti va turg’un omillarining birligini qamrab oluvchi ko’p o’lchovli va ko’p darajali bog’lanishlar, aloqalar sistemasidan iborat. Shunday bo’lishi bilan birga inson individualligi psixologik jixatdan:
birinchidan har bir kishining ichki dunyosi o’ziga xosligi, qaytarilmasligi, yagonaligi bilan ajralib turadi;
ikkinchidan inson ichki dunyosi yaxlitligi, tugallanganligi bilan ajralib turadi, ya’ni yaxshi, yomon, olim, noshud, ikkichi va xokozo.

Qobiliyatlar - shaxsdagi shunday individual, turg’un sifatlarki, ular odamning turli xil faoliyatdagi ko‘rsatgichlari, yutuqlari va qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib beradi.
Temperament - insonning turli vaziyatlarda narsa, qodisa, xolatlar va insonlarning xattixarakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir.
Xarakter - shaxsning alohida insonlar va insonlar guruhi, o’z – o’ziga, vaziyatlar, narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlaridan orttiradigan sifatlarini o‘z ichiga oladi.

Irodaviy sifatlar - har birimizning o‘z oldimizga maqsad qo‘yib, unga erishish yo‘lidagi
qiyinchiliklarni yengishimizni ta’minlovchi ma’lum sifatlarimiz majmuini o‘z ichiga oladi.
Emotsiyalar va motivatsiya esa atrofimizda sodir bo‘layotgan xodisalar, bizni o‘rab turgan odamlar va ularning xatti-qarakatlarini ruqan qanday qabul qilib, ularga bildiradigan qissiy munosabatlarimizni bildiruvchi sifatlarimiz bo‘lib, ular ayni vaziyatlardagi real xolatlarimizdan va ularning ongimizda aks etishidan kelib chiqadi.
Ijtimoiy ustanovka - yuqoridagi barcha xususiyatlar kompleksiga ega insonning turli ijtimoiy vaziyatlardagi faoliyat va xarakatlarga ruhan hozirligi va munosabat bildirish uslubidan kelib chiqadigan chuqur ichki holatidir.

Shaxs – qaytarilmas, u o’z sifatlari va borligi bilan noyobdir. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblikning asosida uning individual psixologik xususiyatlari majmui yotadi. Shu o’rinda biz yuqorida ta’rif bergan shaxs tushunchasi bilan yonma-yon ishlatiladigan yana ikki tushunchaga izoh berish o’rinli deb hisoblaymiz. Bu – “individ” va “individuallik” tushunchalaridir. “Individ”tushunchasi umuman “odam” degan tushunchani to’ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida mavjudligini tasdiqlaydi. Bu tushuncha uni bir tomondan, boshqa odamlardan farqlovchi belgi va xususiyatlarini o’z ichiga oladi, ikkinchi tomondan, o’ziga va o’ziga o’xshashlarga xos bo’lgan umumiy va xarakterli xususiyatlarni qamrab oladi. Demak, individ – insonga aloqadorlik faktini tasdiqlovchi ilmiy kategoriyadir.

“Individuallik” – yuqoridagi ikkala tushunchaga nisbatan torroq tushuncha bo’lib, u konkret odamni boshqa bir konkret odamdan farqlovchi barcha o’ziga xos xususiyatlar majmuini o’z ichiga oladi

3.Ijobiy va salbiy emotsiyalarning afzalliklari va kamchiliklari haqida gapiribberin?

Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi.

Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo‘ladi.

Emotsiya (frans. lot. — larzaga keltiraman, hayajonlantiraman) — odam va hayvonlarning tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga nisbatan subʼyektiv reaksiyalari. E. qoniqish yoki qoniqmaslik, quvonch, qoʻrquv va boshqalar shakllarda namoyon boʻladi. E. ixtisoslashgan miya tuzilmalarining faol holatidan iborat boʻlib, odam va hayvonlarda bu holatni minimal yoki maksimallashtirish (kuchaytirish, takrorlash) istagini paydo qiladi. E xususiyati zarur ehtiyoj va uni qoniqtirish imkoniyati bilan belgilanadi. Ehtiyojni qoniqtirish ehtimoli kam boʻlganida E. salbiy (qoʻrquv, gʻazab) shaklda namoyon boʻladi. Aksincha uni qondirish ehtimoli kutilganiga nisbatan yuqori boʻlganida E.ga ijobiy tus (qoniqish, quvonch) beradi. Miyaning turli qismlariga elektr toki taʼsir ettirish orqali dastlab hayvonlarda, keyinchalik odamlarda salbiy va ijobiy E. paydo qiladigan nerv markazlari aniqlanadi. Bu markazlar, asosan, bosh miya poʻstlogʻining oldingi qismida, limbik sistemasi (uzunchoq miya, oraliq miya, oʻrta miyaning bir qancha tuzilmalari majmui)da, markaziy kulrang moddada va gipotalamusda joylashgan. E. oʻrganish, hosil boʻlgan shartli reflekslarni mustahkamlash jarayonida benihoya katta ahamiyatga ega. E. bilimlarni oʻzlashtirish (zehn) chegaraskni kengaytiradi; xotirani faollashtiradi, odam va hayvonlar kommunikatsiyasida qoʻshimcha vosita (mimika, nutq yoki tovush intonatsiyasi va boshqalar) boʻladi. Odamda oliy ijtimoiy ehtiyojlar asosida paydo boʻluvchi differension va turgun E.lar, odatda, hissiyot deb ataladi.



4.“FIKR, SABAB, MISOL, UMUMLASHTIRISH (F.S.M.U.) metodi

orqali stress haqida fikringizni yozing.

FIKR: Har bir inson uzining vaziyatidan kelib chiqgan holda stress xolatga tushishi mumkun . Stress xolatlatlarda inson uzini yoqotib qoyishi , uzini tuta olmasligi va vaziyatdan tog’ri chiqib keta olmasligi mumkun. Inson uziga koproq tegishli bolgan vaziyatdagina stress xolatlarga tushadi.

SABAB; insonning vazitiga qarab shoshib qolishi yoki bunday vaziyat oldin bolmaganligi bois stressga tushishi sabab boladi , kuchli qurquv , keyin nima qilish qanday yol tutishni o’ylash tushkun vaziyatlar insonni stress xolatlaatga tushishiga sabab boladi.

MISOL; o’g’li otasining mashinasini soroqsiz minib chiqishi ,yolda qoy boqib yurgan cho’ponning qoylaridan birini urib yuborishi. Bunday vaziyatda ikki xolatda ham stress xolat mavjud:

Bolada stress koproq ,chunki u otasini mashinai xaqidamda otasining bu xolatga qanday munosabat bildirishi ,cho’ponning qoyi hamd cho’ponning munosabatini bilmasligi , har bir holatni o’ylab stressga tusishi tabiiy xol.

Cho’ponda ham stress xolat bor u qoyi hamda bolaga hech narsa qilmagamligi haqida o’ylashi misol bola oladi , lekin cho’pnda stress kamroq.

Uni korgan yolovchilarda deyarli stress yoq chunki ularda hech kimga vaziyatni tushuntirishi vaziyatdan chiqishi shart emas.

UMUMLASHTIRISH;Bunday vaziytda eng avvalo bolani urishmaslik ,tinchlantirish , bolgan voqiadan tog’ri xulosa chiqarish lozim .

Otasi bunday vaziyatda bolaga qattiq gapirmaslik cho’pon bilan birgalikda masalani hal qilib olish lozim. Bola uziga kelgach xolatni tushuntirish ,soramaslik oqibat noxush vaziyatlarga olib kelishini tushuntirish lozim.




F

stssssss



S



M



U

5.Ta’lim jarayonidaqanday ziddiyatli munosabatlar vujudga kelishi mumkin va ularni qanday hal qilish yo’llari mavjud?

O’smirlar o’qituvchilar bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlari jarayonida maktabning birinchi pog’onasida ta’lim oluvchi boshlang’ich sinf o’quvchilariga nisbatan anchagina farq qiladi. Bunday ziddiyatlarning o’smir yoshi bilan bog’liq jihatlari nimalardan iborat? O’smir yoshining oliy o’quv yurti pedagogika va psixologiyasida o’qitiladigan tavsifnomasiga murojaat qilamiz. Pedagogika nazariyasining tegishli bo’limida o’smirlik yoshi bolalik va katta yosh holatining oralig’ida ekanligi qayd etiladi.
Pedagogika qo’llanmasi mualliflari “o’prilishli” (krizisli), “qiyin”, “o’tish”, “konfliktli”, “og’riqli” kabi terminlarni ko’p qo’llaydilar. O’quvga bo’lgan qiziqishning sustligi o’smir uchun xos. U romantik tuyg’ularga berilgan bo’ladi. O’smirda jinsiy bilimlarga bo’lgan qiziqish uyg’ongan bo’ladi. U o’z kuch va qobiliyatlariga yuqori baho beradi.
Kattalarga taqlid qilish, ularga o’xshashga harakat qilishga intiladi. A.S.Makarenko fikricha, o’smirlar – bu haqiqiy risarlar. Ular qo’rqmasdan pedagog orqasidan o’zini o’tga ham suvga ham uradi, agar u haqiqiy ustoz bo’lsa.

O’quvchilarning har xil predmet o’qituvchilarining metodik


tayyorgarligiga bo’lgan e’tirozlari ko’pincha to’g’ri bo’lib chiqadi.
• O’quvchilarning bu sohadagi e’tirozlari quyidagicha:
• tushuntira olmaslik;
• sistemasiz, palapartish bayon;
• tilning o’rinsiz murakkabligi;
• takrorlashning yo’qligi;
• materialni quruq bayon qilish;
• mavzuni hayot bilan bog’lay olmaslik;
• xo’ja ko’rsinga “mavzuni” bajarish;
• predmetga qiziqish uyg’ota olmaslik;
• xolis baholash olmaslik;
• arzimagan javobga yuqori baho qo’yish;
• barcha o’quvchilarga faqat “3” baho qo’yish va hokazo.

Intizomga oid bo’lgan, o’quvchilar va ayrim hollarda o’qituvchilar tomonidan sodir


etiladigan ruhiy zo’riqish hamda ziddiyatlar, ta’lim jarayonida maktab intizomiy
qoidalari va tartibining buzilishiga doir tipik holatlarning statistik manzarasini tavsiflash muhim ahamiyatga molikdir. Salbiy xulq – atvorga doir faktlar orasida o’qituvchi tomonidan sodir bo’ladigan holatlar farqlanadi.
• Quyida o’qituvchining nopedagogik muomalasi natijasida sodir bo’ladigan konfliktlarga to’xtalamiz:
O’qituvchilar sinfni boshqara olmaydi, bilish jarayonini to’g’ri tashkil eta olmaydi,
barchaning diqqatini jalb eta olmaydi.

Maktab amaliyotidan bunga doir misollarni keltiramiz.


• O’qituvchi dars boshlanishi bilan o’qituvchilardan hech kim uy vazifasini bajarmaganligini payqadi, hamma unga e’tibor bermay bir – bir bilan gaplashib o’tirmoqda. O’qituvchi ayol yig’lab yuboradi va eshikni qattiq yopib, sinfdan yugurib chiqib ketadi...
• Geografiya darsi boshqa fanlarga nisbatan yaxshi tashkil etilmagan edi. O’quvchilar darsini ko’pincha tashlab chiqib ketadigan o’qituvchi ustidan kulishardi...
• Chizmachilik o’qituvchisi hech qanday metodikaga ega emas, o’rgata olmas, o’quvchilardan qo’rqardi...

Ingliz tili darsida o’qituvchi tartib o’rnata olmas, tartib o’rnatishga urinmas edi. O’quvchilar undan “ikki” qo’ymaslikni iltimos qilishar va buning evaziga gul taqdim qilishlarini va’da qilishardi. U kulimsirab, rozi bo’lardi...


• Ashula o’qituvchisi sinfdagi to’s – to’polonga ahamiyat bermas, unga hech kim quloq solmas, u esa xotirjam dars o’tardi, xuddi hamma narsa joyidadek...

O’quvchilarning tartibsizligini ko’rgan o’qituvchi qattiq baqirar, mushti bilan stolni urar, ota –onasi yoki maktab direktorini chaqirish bilan tahdid qilardi. Hech narsani o’zi hal qila olmasdi...


• Sinf rahbarining darsida hech qachon intizom yo’q edi. U hammaga, lekin hech kimga tegishli dakki berish odatiga ega edi. Hammmaga birdek baqirar, alohida holda hech kimga dakki bermas, ogohlantirmasdi...
• O’qituvchi ayol mayda – chuyda narsalar uchun ham ogohlantirib o’quvchilarning joniga tegardi.
Bunday tanbehlar hech kimga kor qilmasdi.
• O’qituvchining doimiy qichqirig’i o’quvchilarda unga nisbatan hurmatsizlik, qo’pollik, shovqinli munosabatni tug’dirardi...
• Sinf rahbari sinfga nisbatan hurmatsizlarcha munosabatda bo’lar, hatto butun sinfni surbetlar sinfi deb atardi.

O’quvchilar shovqin – suron ko’targanliklari uchun fizika o’qituvchisi o’tilayotgan mavzuga oid tajribani namoyish etishdan bosh tortdi.



Didaktik hamkorlik sohasidagi konfliktlar orasida pedagogning o’smirlar bilimini baholashdagi xatolari salmoqli o’rin egallaydi. Chunonchi, o’qituvchi o’quvchilarning bilimini baholaganda har ikki tomon orasida
kuchli konflikt sodir bo’ladi. Quyida ana shunday ziddiyatlar sabablarini sharhlashga o’tamiz.
• O’quvchilarga baho qo’yish. O’quvchilar ko’pincha yozma hamda og’zaki javoblarini past baho qo’yildi deb hisoblaydilar. Ayniqsa muntazam ravishda past baho qo’yilganda o’quvchilar g’oyatda g’azablanishadi, fan va o’qituvchiga nafrat bilan qaray boshlaydilar.
• O’qituvchining metodikasidagi bunday nuqsonlar uning va o’quvchilarning ruhiy zo’riqishga uchrashiga sabab bo’ladi.
O’qituvchining kasbiy qiyofasinin yorqin aks ettiruvchi ikki faktor mavjud:
1. O’qituvchining shaxsiy sifatlari
2. O’smirlar bilan ish olib borish mahorati.
Download 119.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling