Kollaps - Kollaps - yurak faoliyatining keskin susayishi bo’lib, qon bosimining birdan pasayib ketishi va qon aylanishi xajmi kamayishi bilan harakterlanadi. Bu ko’pincha intoksikasiyada, yuqumli kasalliklarda, ko’p qon yuqotganda, yurak-qon tomir kasalliklarida kuzatiladi. Ko’zdan kechirilganda, terisi oqargani, yuz bichimi «o’tkirlashishi» ko’rinadi, bemorni sovuq ter bosadi, qo’l-oyoqlari muzlaydi, holsizlanish, bosh aylanishi, karaxt bo’lib qolish va savollarga zo’rg’a javob berish holatlari kuzatiladi. Tomir tez-tez uradi, yumshoq, bilinar-bilinmas ham bo’lishi mumkin, qon bosimi pasayib boradi.
Tez yordam berish: - Kollapsni yo’zaga keltirgan holatni qanday bartaraf etish mumkin: qon yuqotganda-qonni to’xtatish (vaziyatga qarab jgut bog’lash), qattiq g’riqda-og’riq qoldiruvchi in'eksiyalar yuborish; infeksiyada - bakteritsid va bakteriostatik dorilar; intoksikasiyada-oshqozonni yuvib, klizma qilish, so’ngra qon bosimini ko’taruvchi in'eksiyalar qilinadi: 10 foizli kofein va kordiamin eritmalarini teri osti yoki yonboshdan yuborish. Zarur bo’lganda 0,1 % li noradrenalin eritmasini 1 ml yoki 1 ml mezatonni 200-500 ml glyukozaning izotonik eritmasiga qo’shib yuborish kerak. So’ngra Bobrov apparatida oksigenoterapiya o’tkazib, issiq choy yoki qaxva berish kerak.
1853-1856 yillardagi Qrim urushi davridayoq N. I. Pirogov yaradorlarda shok, kollaps, zotiljam va boshqa asoratlarni ko’zatgan edi. Uning fikricha, “Jarohat inson tanasiga boshqalar tasavvur qilganidan ko’ra ancha murakkab ta'sir etadi". N. I. Pirogov ta'riflagan kollaps holati hozirgacha o’z ahamiyatini yuqotgan emas. - 1853-1856 yillardagi Qrim urushi davridayoq N. I. Pirogov yaradorlarda shok, kollaps, zotiljam va boshqa asoratlarni ko’zatgan edi. Uning fikricha, “Jarohat inson tanasiga boshqalar tasavvur qilganidan ko’ra ancha murakkab ta'sir etadi". N. I. Pirogov ta'riflagan kollaps holati hozirgacha o’z ahamiyatini yuqotgan emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |