Ўзр ав томонидан 29
Sqqs = Say x S / 100; (1)
Download 133.83 Kb.
|
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA IMPORT QILINADIGAN TOVARLARGA NISBATAN QO\'SHILGAN QIYMAT SOLIG\'INI HISOBLASH VA BUDJETGA TO\'LASH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sqqs = Tq x S / (S + 100); (2), bunda: Tq
Sqqs = Say x S / 100; (1),
bunda: Sqqs - iste’molchilardan undiriladigan soliq summasi; Say - soliqqa tortiladigan aylanma; S - qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) qo’shilgan qiymat solig’ini o’z ichiga olgan narxlar va tariflar bo’yicha sotilganida - soliq quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: Sqqs = Tq x S / (S + 100); (2), bunda: Tq - qo’shilgan qiymat solig’i ham hisobga olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati. Qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilingan yoki qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotadigan korxonalar erkin (shartnomaviy) narx va tarifga qo’shilgan qiymat solig’i summasini qo’shmaydilar. Bunday tartib amaldagi qonunchilikka muvofiq soliq solishning alohida tartibi ko’zda tutilgan yuridik shaxslarga nisbatan ham qo’llaniladi. Soliqdan beriladigan imtiyozlar soliq kodeksining 208-moddasida berilgan bo’lib, mazkur imtiyozlarni quyidagicha guruhlash mumkin: 3-chizma. Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlarning guruhlanishi14. Yuqoridagi moddaga muvofiq qo’shilgan qiymat solig’idan quyidagi realizatsiya qilish oborotlari ozod etiladi: davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari hamda boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan, davlat boji va yig’imlar undiriladigan xizmatlar (harakatlar); maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tarbiyalashga doir xizmatlar; bemorlar va keksalarni parvarish qilishga doir xizmatlar; dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari, diniy ashyolarni realizatsiya qilish, diniy tashkilotlar hamda birlashmalarning udumlar va marosimlar o’tkazishga doir xizmatlari; protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun mo’ljallangan inventarlar, shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan buyumlar va inventarlar, shuningdek nogironlarga ko’rsatilayotgan ortopedik protezlash xizmatlari, protez-ortopediya buyumlari va nogironlar uchun mo’ljallangan inventarlarni ta’mirlash hamda ulardan foydalanishga doir ishlar bo’yicha xizmatlar; davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining mazkur muassasalar tomonidan realizatsiya qilinadigan mahsulotlari; pochta markalari (kollektsiya qilinadiganlaridan tashqari), markali otkritkalar, konvertlar; aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalar to’lash bo’yicha xizmatlari; byudjet mablag’lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari. Ushbu imtiyozni olish uchun tegishli moliya organining byudjetdan mablag’lar ajratish to’g’risidagi xulosasi asosdir; shahar yo’lovchilar transportining xizmatlari (taksidan, shu jumladan yo’nalishli taksidan tashqari), shuningdek temir yo’l va umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida (taksidan, shu jumladan yo’nalishli taksidan tashqari) shahar atrofidagi yo’nalishlarda yo’lovchilar tashish xizmatlari; Download 133.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling