Ўзр ав томонидан 29
Bitiruv malakaviy ishi ob’ekti va predmeti
Download 283.29 Kb.
|
Qo’shilgan qiym
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishi maqsadi va vazifalari.
- Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati.
Bitiruv malakaviy ishi ob’ekti va predmeti. Yuridik shaxslardan olinadigan qo’shilgan qiymat solig’i bitiruv malakaviy ishining ob’ekti hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan qo’shilgan qiymat solig’ini byudjetga undirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar bitiruv malakaviy ishi predmetini tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ishi maqsadi va vazifalari. Mazkur bitiruv malakaviy ishining maqsadi qo’shilgan qiymat solig’ining to’lovchilari, soliq ob’ekti, soliq solinadigan baza, soliqdan beriladigan imtiyozlar, soliq stavkalari, soliqni hisoblash va byudjetga to’lash tartibini nazariy va amaliy material asosida tadqiq qilish hamda xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalarini o’rganish asosida mazkur soliqning hozirgi zamon talablari asosida takomillashtirish yo’llarini ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadga erishishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab olindi: qo’shilgan qiymat solig’ini egri soliq sifatida iqtisodiy mohiyati va mazmunini ochib berish hamda mamlakatimizda bozor munosabatlariga o’tish jarayonida uning asosiy vazifalarini aniqlash; qo’shilgan qiymat solig’ining byudjet daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatini yoritish; qo’shilgan qiymat solig’ining respublikamiz soliqqa tortish amaliyotida qo’llanilish mexanizmini amaliy ma’lumotlar asosida tahlil etish; amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilarga beriladigan imtiyozlarni guruhlab o’rganish; qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilariga soliqdan imtiyozlarni qo’llashdagi muammo va kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo’llarini bayon etish; qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash mexanizmini takomillashtirish bo’yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar berish. Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishida asoslangan ilmiy xulosa va amaliy takliflardan qo’shilgan qiymat solig’ini undirish mexanizmini takomillashtirishda, soliq to’lovchilar tomonidan soliq hisobini tashkil etish va yuritish, soliqqa tortish bazasini to’g’ri aniqlash, soliqni byudjetga o’z vaqtida to’lanishini tashkil etishni takomillashtirishda, soliq munosabatlarini tartibga solishda, soliq bo’yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda hamda qo’shilgan qiymat solig’ini undirishga doir ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada chuqurlashtirishda foydalanish mumkin. Download 283.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling