Ўзр ав томонидан 29


Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati


Download 107.19 Kb.
bet5/26
Sana08.01.2022
Hajmi107.19 Kb.
#246315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Qo’shilgan qiym

Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishida asoslangan ilmiy xulosa va amaliy takliflardan qo’shilgan qiymat solig’ini undirish mexanizmini takomillashtirishda, soliq to’lovchilar tomonidan soliq hisobini tashkil etish va yuritish, soliqqa tortish bazasini to’g’ri aniqlash, soliqni byudjetga o’z vaqtida to’lanishini tashkil etishni takomillashtirishda, soliq munosabatlarini tartibga solishda, soliq bo’yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda hamda qo’shilgan qiymat solig’ini undirishga doir ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada chuqurlashtirishda foydalanish mumkin.

Bitiruv malakaviy ishi tarkibi kirish, uchta bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iboratdir. Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tadqiqot ob’ekti va predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy va amaliy ahamiyati asoslab berilgan.

Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida qo’shilgan qiymat solig’ining iqtisodiy mohiyati, qo’shilgan qiymat solig’ining shakllanishi va rivojlanishi, uning byudjet daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan.

Ishning ikkinchi bobida qo’shilgan qiymat solig’ini undirish va byudjetga to’lash mexanizmi amaliy materiallar asosida tahlil qilingan.

Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobida qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlarni qo’llashdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari hamda qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash va to’lash tartibini takomillashtirish masalalari bayon etilgan.

Bitiruv malakaviy ishining xulosa qismida tadqiqot natijasida olingan xulosalar umumlashtirilgan va takomillashtirish yuzasidan takliflar tizimi ishlab chiqilgan.

1-BOB. QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’INING IQTISODIY



MOHIYATI VA DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI.

Download 107.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling