Atom yoki molekulalardan nurlanayotgan energiya chiqarish spektrini, yutilayotgani esa, yutilish spektrini shakllantiradi. Spektral chiziqlarning intensivligi bir sekundda yuz beruvchi bir xil o‘tishlar soni bilan aniqlanadi va shuning uchun ham nurlanuvchi (yutiluvchi) atomlar miqdoriga va mos o‘tishlarning ehtimolligiga bog‘liq bo‘ladi. Kvant o‘tishlar istalgan energetik sathlar orasida paydo bo‘lavermaydi. Ehtimoli bo‘lgan va ehtimoli bo‘lmagan yoki ehtimoli kam bo‘lgan o‘tishlar shartlarini ta’riflovchi tanlash yoki ta’qiqlash qoidalari aniqlangan. - Atom yoki molekulalardan nurlanayotgan energiya chiqarish spektrini, yutilayotgani esa, yutilish spektrini shakllantiradi. Spektral chiziqlarning intensivligi bir sekundda yuz beruvchi bir xil o‘tishlar soni bilan aniqlanadi va shuning uchun ham nurlanuvchi (yutiluvchi) atomlar miqdoriga va mos o‘tishlarning ehtimolligiga bog‘liq bo‘ladi. Kvant o‘tishlar istalgan energetik sathlar orasida paydo bo‘lavermaydi. Ehtimoli bo‘lgan va ehtimoli bo‘lmagan yoki ehtimoli kam bo‘lgan o‘tishlar shartlarini ta’riflovchi tanlash yoki ta’qiqlash qoidalari aniqlangan.
- Ko‘pchilik atom va molekulalarning energetik sathlari ancha murakkabdir. Sathlar strukturasi, demak, spektrlar strukturasi ham yolg‘iz atom yoki molekula tuzilishigagina bog‘liq bo‘lmasdan, tashqi sabablarga ham bog‘liq bo‘ladi. Elektronlarning elektromagnit o‘zaro ta’siri energetik sathlarning nozik ajralishiga (nozik strukturaga) olib keladi. Yadrolarning magnit momentlari ta’sirida o‘ta nozik ajralish (o‘ta nozik struktura) yuzaga keladi. Atomga yoki molekulaga nisbatan tashqi hisoblangan elektr va magnit maydonlar ham energetik sathlarning ajralishini vujudga keltiradi.
- Spektrlar turli turli informatsiyalar manbai bo‘lib hisoblanadilar. Eng avvalo, spektrlarning ko‘rinishiga qarab atom va molekulalarni aniqlash (indentifikatsiyalash) mumkin, bu sifatiy spektral analiz masalalaridan hisoblanadi. Spektral chiziqlarning intensivliklari bo‘yicha nurlanuvchi (yutiluvchi) atomlarning miqdori aniqlanadi. Bu miqdoriy spektral analizdir. Bunda konsentratsiyali aralashmalarni ham osonlik bilan topadilar va massasi juda kichik (bir necha o‘n mikrogrammgacha) bo‘lgan namunalar tarkibini aniqlaydilar.
- Atom va molekulalar tomonidan chiqariluvchi yoki yutiluvchi foton energiyasiga (chastotasiga) ko‘ra, spektroskopiyani quyidagi turlarga bo‘ladilar: radio, infraqizil, ko‘rinuvchi nurlanish, ultrabinafsha va rentgen spektroskopiyalari. Moddaning turi (spektr manbai) bo‘yicha spektrlar atom, molekulyar va kristal spektrlarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |