Ўзубекистон республикасиниг ер фонди
Download 15.5 Kb.
|
3-Ma`ruza
2. Kartadagi yozuvlar
Harfning elementlari: 1 - asosiy, 2 - birlashtiruvchi, 3- kesilgan element, 4 - tomchisimon, 5 - aylana: 6 - pastga tushiriladigan qismi, 7- harflar orasidagi ochiq joy, 8 - xarf ichidagi ochiq joy: N - harf balandligi: V - harf eni, T - harf qalinligi N - yozma harfbalandligi А a р birlashtiruvchi asosiy tomchisimon xarf ichidagi ochiq joy pastga tushirilgan qismi kesilgan element Harfning kontrastligi - harf qalinligi asosiy elementning to‘ldiruvchi elementga nisbatiga aytiladi. Nisbiy son qanchalik katta bo‘lsa harfning shunchalik farqi katta bo‘ladi. Harflar kontrastli, o‘rta kontrastli va kam kontrastli bo‘ladi. Harfning qalinligi uning balandligiga qarab o‘zgaradi. Harflar ingichka, och qalinroq va qalinga bo‘linadi. Harfning to‘liqligi uning eni bo‘yiga nisbati ya’ni V/N qarab aniqlanadi. V< 2/3 N tor; V 2/3 N o‘rtacha (normal) va V =N keng. Harflar o‘nga va chapga engashgan yoki to‘g‘ri yozilishi mumkin. Topografiya va geodeziyada er tuzishda asosan - kesilgan, topografik kursiv va oddiy shriftlardan foydalaniladi. T-132 shrifti o‘ziga xos bo‘lib boshqa shriftlarga qaraganda kartani o‘qishni engillashtira-di. Asosan hamma harflar to‘g‘ri burchakli to‘g‘ri elementlardan tashkil topgan. B, V, E, Z, I, N, E, YU, YA va yozma xarflardan v, e, z, n, p, e, yu, ya da o‘rtadagi gorizontal element xarf o‘rtasidan yuqoriroq yoziladi. Dumaloq bosh harflarda tashqi tomondan aylantirish radiusi 2 yarim oval harflarda 1,5 barobar harf qalinligiga tengdir. Bosh harfda yozilgan P xarfida chap tomondagi egilishi harf balandligini yarmidan boshlanadi, s, o, u, r, f xarflarini pastga va tepaga chiqqan elementlari harf balandligini yarmiday qilib yoziladi. R - 152 shrifti 1 25000 1: 100000 masshtabli kartalarda 20 dan kam xonadon bo‘lgan aholi joylari, qo‘rg‘onlarni yozishda foydalaniladi. R - 152 shrifti belgisi quyidagi ma’noni bildiradi R - kesilgan, birinchi son nashr harfida yoki qo‘lda kursivda yozilganligini bildiradi. Toq sonlar nashrda, juft sonlar esa qo‘lda kursivda yozilganligini bildiradi, 1 - nashr harf. 2- harf ko‘rinishini bildiradi. 1-tor, 2-qisilgan, toraytirilgan, 3-o‘rtacha, 4-kengaytirilgan, 5-keng. Demak R-152 shrifti keng shrift ekan. Uchinchi son asosiy elementning qalinligini bildiradi. 1-yorug‘, 2-yarim qalin, 3-qalin, 4-shaffof. Harfni yozishdan oldin uning o‘rnini belgilab chizish kerak, balandligini, enini xarflar orasidagi masofani pastga va tepaga chiqadigan elementlar uchun joy qoldiriladi. Harfning eni uning balandligi va ko‘rinishiga bog‘liq V = 1/2 N; V =2/3 N ; Harflar D, J, SH, H, YU, F, I, O‘ harflarning eni balandligiga nisbatan 1,5 barobar keng bo‘ladi. Bosh harflarni yozma harflarga nisbatan 1/2 balandroq yozish kerak. B, V, E, N, Z, O‘, K, J, E, YU, YA xarflarida birlashtiruvchi elementlar geometrik o‘rtadan yuqori qilib, R, CH, U harflarda esa geometrik o‘rtadan past qilib yoziladi. J, X, K, B, V, Z, kabi harflarni yuqori qismi pastki qismiga nisbatan bir muncha torroq yoziladi. Harflar orasidagi masofani to‘g‘ri belgilash kerak. Bunda to‘g‘ri chiziq bo‘yicha masofani o‘lchamasdan harflar orasidagi ochiq maydonni hisobga olish kerak. So‘zlar orasidagi masofa harfning enidan 2 marta ko‘p bo‘lishi kerak. R - 152 shriftidan 1:10000 dan mayda masshtabdagi topografik kartadan foydalaniladi. Hamma harflar qalinligi bir xil 1/8 N. Bosh harflarda, yozma harflarda 1/6 N. harfning eni qalinligidan 6 marta ko‘p. Bosh harflar yozma harflardan 1,5 barovar ko‘p T-132 shrifti. Topografik yarim qalin shrift 1: 500 dan 1: 5000 planlardan foydalaniladi. SHahar nomlari uchun bosh harflar 6 mm, qishloq aholi joylari 200 dan ortiq uyi borlari bosh harflar 5 mm, 100 - 200 gacha 4,5 mm, 20-100 4 mm, 20 dan kam xonadon bori 3mm balandlikda yoziladi. T-132 shrifti o‘ziga xos bo‘lib boshqa shriftlardan kartani o‘qishni engillashtiradi. Asosan hamma harflar to‘g‘ri burchakli to‘g‘ri elementlardan tashkil topgan. B, V, E, Z, I, N, E, YU, YA va yozma harflardan v, e, z, n, h, e, yu, ya da o‘rtadagi gorizontal element harf o‘rtasidan yuqoriroq yoziladi. Dumaloq bosh harflarda tashqi tomondan aylantirish radiusi 2 yarim oval harflarda 1,5 barobar harf qalinligiga tengdir. Bosh harfda yozilgan P harfida chap tomondagi egilishi harf balandligini yarmidan boshlanadi, s, o, u, r, f harflarini pastga va tepaga chiqqan elementlari harf balandligini yarmiday qilib yoziladi. Hamma bosh harflar qalinligi 1/8 N, yozma harflar esa 1/6 N balandlikda yoziladi. Bosh harflar eni asosiy harf elementidan 5 marta ko‘p ya’ni 5/8 bo‘ladi. Aholi joylari nomlari kartaning shimoliy yoki janubiy ramkasiga parallel qilib iloji bo‘lsa o‘ng tomoniga joylashtiriladi. Joy nomlarini o‘ng tomonga, tepa yoki pastga ham joylashtirish mumkin. Faqat yozuv boshqa tafsilot shartli belgilarini bosib qolmasligi kerak. Gidrografiya tarmoqlari nomlari oqim bo‘ylab egri-bugri joylarda 0,5 - 1 mm masofada yoziladi. Agar daryo kema qatnoviga ega bo‘lsa katta harflar bilan o‘rtasiga yoziladi. Daryoning boshlanishida yozuv maydaroq o‘rta va quyi oqimlari yirikroq shriftlarda yoziladi. Daryo. dengiz, okean nomlarini yozganda harflar orasidagi masofa bir xil bo‘lishi kerak. Relef shakllari va elementlari nomlari aholi joy nomlari kabi yoziladi. Balandliklar nuqta qo‘yilib yoniga raqami yoziladi, uzunasiga ketgan tog‘ tizmalari nomlari ham cho‘zib yoziladi. Siyosiy - ma’muriy ahamiyatga ega nomlar xudud bo‘ylab cho‘zib yoziladi. Harflar va so‘zlar orasidagi masofa bir xil bo‘lishi kerak. Shriftlardan bir necha xil ko‘rinishini qo‘llab bajarilgan ushbu yozuvlar nafaqat miqdoriy, balki sifatli ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi. Ko‘p qo‘llaniladigan shriftlarga: topografik, kesma va kursiv shriftlar kiradi. Yer tuzish, o‘rmon tuzish va kadastr sohalariga tegishli loyiha va planlarda ko‘pincha oddiy, kesma va standart shriftlardan foydalaniladi. Harflar orasida esa harf kengligining 1/2 qismiga teng joy koldiriladi. Qiya elementlari bo‘lgan harflarni (GA, TA, GU, UA va boshqalar) yozganda bu oraliq kamaytirilishi zarur. Bunday holatlarda intervallar o‘zgarishi harflar orasidagi bo‘sh joy bir xil bo‘lishiga qarab belgilanadi. SHriftning 3 mm va undan kam balandligida yaxshi o‘qilishi uchun so‘zlardagi harflar orasiga 1 mm oraliq qo‘yiladi. Harflarning yozilish shakli, qiyaligi har xil ma’lumotlarni aks ettirishda foydalaniladi. Grafik materiallarni kompyuterda rasmiylashtirishda maxsus shriftdan foydalaniladi. Alfavitdagi harflar alohida elementlardan tashkil topib, quyidagi besh ko‘rsatkichga ega bo‘ladi: Shriftning balandligi (N), kengligi (V), qalinligi (T), burilish radiusi (R) va qiyalik. Ular har bir shriftga xos bo‘lgan ma’lum proporsional o‘zaro bog‘lanish bilan bog‘liq. Harflarning kengligi va balandli-gining o‘lchamlari nisbatiga ko‘ra shriftlar tor, normal va keng shriftlarga bo‘linadi. Elementlarining qalinligiga ko‘ra ular ostovli (ingichka) va silliq bo‘ladi; silliq shriftlar guruhi yorug‘, yarim qora va qora yozilish ko‘rinishlariga ega. Shuningdek, shriftlar qiyaligiga ko‘ra ham farqlanadi: to‘g‘ri va qiya (o‘ng va chapga qiya) shrift. So‘zlarni yozishda odatda bosh harflar kichik harflardan 1/3-1/2 kattaroq yoziladi. So‘zlar orasidagi hamda so‘zlar va harflar oralig‘iga qat’iy amal qilish kerak. Download 15.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling