Ochiq kon ishlari deb bevosita yer yuzidan turib foydali qazilmalarni qazib


Download 98.44 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.01.2023
Hajmi98.44 Kb.
#1094724
Bog'liq
Karyer - Vikipediya



Karyer
Ochiq kon ishlari deb bevosita yer
yuzidan turib foydali qazilmalarni qazib
olish uchun bajariladigan kon qazish
ishlari majmuasiga aytiladi. OKI kon
ajratmasini tayyorlash, karyerni qurish,
ekspluatatsiya va karyerni tugatish
davrlaridan iborat.
Karyer (lot. quadraria — tosh maydalanadigan joy) — foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib
oladigan korxona; yer ʻona tizimlaridan iborat boʻlib, odatda, yuqoridagi pogʻonalar puch togʻ
jinslarida joylashadi, pastki pogʻonalarda foydali qazilma qazib olinadi. Foydali qazilmani
qazib olish uchun puch (qoplama) togʻ jinslarini surib ochiladi.
Ochiq usulda foydali qazilmalarni qazib olish qad.dan maʼlum. Dastlabki katta K.lar Qad.
Misrda ehromlar bunyod etilishi bilan bogʻliq boʻlgan, keyinchalik K.larda bunyodkorlik va
haykaltaroshlik ishlari uchun marmar toshlari katta hajmda qazib olingan. 20-asr boshigacha
ochiq kon ishlari keng rivojlangan. Asrning oxiriga kelib dunyoda qurilish materiallari sifatida
ishlatiladigan togʻ jinslarining qariyb 95%, foydali qazilmalarining 70%, qoʻngʻir koʻmirning
90%, toshkoʻmirning 20% K.lardan qazib olingan. Katta K.larda yiliga oʻnlab million tonna
foydali qazilma va puch togʻ jinslari qaziladi. Jahondagi eng katta K.lar: "Bogatir"


(Qozogʻiston) — yiliga 50 mln.t dan ortiq toshkoʻmir va 25 mln.m3 qoplama togʻ jinslari,
"Maunt-Rayt". (Kanada) — 45 mln. t temir rudasi va 25 mln.t qoplama togʻ jinslari, "Fortuna"
(Germaniya) — 42,6 mln.t qoʻngʻir koʻmir va 89,2 mln.m3 qoplama togʻ jinslari qazib
chiqariladi. Oʻzbekistonda "Muruntov" oltin qazib oladigan K. bor. Yillik unumdorligi 45
mln.m3. Uz. 3500 m, eni 2500 m, chuq. 300 m. Loyihada 600 m gacha chuqurlashtirish
koʻrsatilgan. "Qalmoqqir" K.ning yillik unumdorligi 24 mln.m3 boʻlib, tarkibida mis, oltin,
kumush, qoʻrgʻoshin, pyx, reniy, osmiy mavjud boʻlgan ruda qazib olinadi. "Angren" K.ida yiliga
3 mln. t atrofida qoʻngʻir koʻmir va kaolin qazib olinadi. Oʻzbekistondagi 36 marmar va 21
granit K. larda yiliga 2,3 mln.m3dan ortiq (2001) qoplama toshlar va millionlab m3 ohaktosh
qazib olinadi. Marmar qazib olinadigan Gʻozgʻon, Jom, Zarband va Nurota K.lari, granit
chiqadigan Langar va Sevasoy K.lari mashhur.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Karyer&
action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Karyer&oldid=3138295
" dan 
olindi 
Manbalar

Download 98.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling