Ba’zan juda suyuq spirt asosida tayyorlangan tushlar ham paydo bo‘lmoqda, bu tez qurishi bilan birga qog‘ozga singib notekis yaltiroq chiziq hosil qilgani uchun sifatsiz hisoblanadi. YAxshi tush uncha yaltiroq bo‘lmagan chiziq hosil qilib, u qog‘ozga singmaydi. Uncha katta bo‘lmagan tomchisi qog‘oz ustida qavariqlar xosil qiladi. Tushni ochiq holda qoldirib bo‘lmaydi, chunki yog‘i qotib sifati buziladi. Tush suvda yuvilib ketmasligi uchun unga bir necha tomchi sirka qo‘shish kerak.
SHRIFTLAR
Shriftlarni grafik tarzda ifodalashga oid nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar hosil qilish O‘rmonchilik va o‘rmon melioratsiyasi yo‘nalishi talabalari uchun muhimdir.
Harf va raqamlarning grafik tarzda ifodalanishiga shrift deyiladi. Topografik plan va kartalar hamda geodeziya, kartografiya va kadastr sohalarida qo‘llaniladigan boshqa grafik materiallar turli yozuvlar ko‘rinishida juda katta ma’lumot beradi.
Karta, plan va hujjatlarga ilova qilinadigan chizmalarni jihozlashda shriftlarga katta e’tibor beriladi. Shriftlar juda ko‘p va xilma-xildir. Shriftlar yuqorida sanab o‘tilgan chizmalarda har-xil vazifni bajarish mumkin.
Shriftlar birinchi navbatda kartalardagi tafsilot, joy nomlari, tushuntirish xatlari, ramkadan tashqari jihozlash diagramma, grafik va shartli belgilarni yozishda foydalaniladi.
Bulardan tashqari shrift shartli belgi sifatida va tafsilotlarning sifat ko‘rsatkichlarini tasvirlash uchun ham foydalaniladi.
Masalan, shrift ko‘rinishi, qiyaligi o‘lchami. yozilishi bilan aholi joylarining ma’muriy ahamiyati (qishloq, shahar, viloyat markazi, tuman markazi), aholi sonini va daryo va dengizlarda kema qatnovi bor yo‘qligi ham tasvirlanadi.
.
Shriftlarni o‘qilishi farqlanishi oson, chiroyli, bezakli, kompakt bo‘lish talab qilinadi. Kartalarda foydalaniladigan shriftlar tik yoki qiya, asosiy yordamchi va birlashtiruvchi elementlarini ko‘rinishi kesilgan, sechka, tomchi elementlari, egri, oval, harflar orasidagi ochiq joy, harf ichidagi ochiq joylar o‘lchami bilan farqlanadi.
Kartadagi tafsilotlar yozuvlar bilan to‘ldiriladi. Kartadagi yozuvlar har-xil shriftlar bilan bajariladi.
1:10000 topografik kartada 15 xil shriftlardan foydalaniladi.
Har bir shrift o‘ziga xos ko‘rinishga ega. Bir xil tafsilotlarni kartada yozish uchun ma’lum bir shrift turidan foydalaniladi.
Masalan: 5 ta to‘g‘ri ko‘rinishdagi shrift shaharlarni yozishga 2 ta kursiv shrift gidrografiya tarmoqlarini yozishda foydalaniladi. Shriftlar shartli belgi sifatda nomlarni belgilash uchun ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |