Ўзубекистон республикасиниг ер фонди
Shriftlar va ularning turlari
Download 15.5 Kb.
|
3-Ma`ruza
3.Shriftlar va ularning turlari.
Kesma ostovli shrift to‘g‘ri bo‘lib, harflar va raqamlarning barcha elementlari bir xil qalinlikka ega (0,1-0,2 mm). P, J, I kabi harflar kengligining balandlikka nisbati 1:2 ga teng. M, SH, D, CH kabi harflar oddiy harflardan 1,5 baravar kengroq yoziladi. a, b, e, r, u, f, kabi kichik harflarning yozilishi ularning bosh harflaridan farq qiladi. b, u, r, f harflarining chiqarish chiziqlari (tirkaladigan qismi) o‘lchami qator balandligining yarmini tashkil qiladi. Millimetrli qog‘ozga alfavit guruhlar bo‘yicha yoziladi. Harflar va raqamlarni format qog‘ozi o‘qiga simmetrik tarzda joylashtirib, qalam bilan chiziladi, so‘ng uzaytirish usulida peroda tush bilan chizib chiqiladi. Bosh harflardan hamda bosh va kichik harflardan tuzilgan so‘zlarni ham xuddi shu tartibda chiziladi. 5 mm va undan katta o‘lchamdagi so‘zlarni yozganda qatorda harflar kengligi va oralig‘iga belgi qo‘yiladi. 5 mm dan kichik o‘lchamdagi so‘zlar yozilganda harfning kengligi va intervalga teng bo‘lgan masofada bajariladi. Yarim qalin kesma shriftning ostovli shriftdan farqi harflar balandligining 1/8 teng bo‘lgan harflar elementlarining qalinligidan iborat. Bu shriftlarning boshqa barcha tavsifiy belgilari kesma ostovli shrift bilan bir xil. Download 15.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling