Zulfiya. ''Sog'inib''. Asqad Muxtor. ''Oliy butunlik'' Bu mavzuda biz


Download 6.91 Mb.
bet2/3
Sana22.10.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1715624
1   2   3
Bog'liq
7 SINF Zulfiya \'\'Sog\'inib\'\' Asqad Muxtor \'\'Oliy butunlik\'\'

MUHOKAMA QILAMIZ

  • 1. Sizningcha, she’rda qanday g‘oya ilgari surilmoqda?
  • 2. Lirik qahramon nima uchun bahorga intiq? U “shu kunlar”deganda qanday kunlarni nazarda tutmoqda?
  • 3. She’rdagi “o‘z bahorim kabi bemisol” jumlasidan nimani anglash mumkin? Siz lirik qahramonning bahorini qanday tasavvur qilyapsiz?
  • 4. Sizningcha, lirik qahramon sog‘inchi kimga yoki nimaga nisbatan bo‘lishi mumkin?

BADIIY TAHLIL ASOSLARINI O‘RGANAMIZ: ZIDLANTIRISH

Badiiy asarda bir-biriga zid obraz yoki tushunchalarning qarama-qarshi qo‘yilishi zidlantirish (antiteza, tazod) deyiladi.

Topmoq – yo‘qotmoqdir, Yo‘qotmoq – topmoq, Sen so‘lib, Men yashab, To‘lishimga boq.

(Muhammad Yusuf, Onajonshe’ridan)

ZIDLANTIRISHNI ANIQLANG.

  • “Sog‘inib” she’ridan lirik qahramonning tushkun kayfiyatini aks ettiruvchi va unga zid tasvirlarni toping. Shoiraning badiiy va g‘oyaviy maqsadini ochib berishda mazkur ziddiyatning ahamiyatini matn asosida dalillang.

MUHOKAMA QILAMIZ

  • 1. “Oliy butunlik” she’rining g‘oyaviy asosi haqida nimalar deyish mumkin? Nega she’r “Oliy butunlik” deb nomlangan? Fikrlaringizni matn asosida dalillang.
  • 2. Qanday qilib ona tabiat inson uchun bir vaqtning o‘zida ham erkinlik va ham tutqunlik (qafas) bo‘lishi mumkin? Nima uchun shoir bu so‘zlarni tabiatga nisbatan qo‘llamoqda?
  • 3. “Har tong qarshisida tiz cho‘ksam arzirdi” satrida lirik qahramon nimaga ishora qilmoqda? Tongning inson hayotidagi qimmati nimalarda aks etadi?
  • 4. Qanday qilib bahor insonlardagi hayot ishqini yangilashi mumkin? Bunday fi krni boshqa faslga nisbatan ham qo‘llash mumkinmi? Nima uchun?
  • 5. She’rda ishlatilgan badiiy tasvir vositalarini toping. Ularning she’r badiiy va g‘oyaviy qimmatini oshirishdagi ahamiyatini matn asosida izohlang

Oliy butunlik

  • O, ona tabiat! Sen bilan yak sonman, Sen mening erkimsan, mening qafasim. Jonim shirinligi, tirikligim sendan,
  • Sof havodan olgan nafasim. Tug‘ishganlik hissi yo‘l qo‘ymaydimi, Odatmas quyoshga aytmoq tashakkur. Har tong qarshisida tiz cho‘ksam arzirdi,
  • Yorug‘ dunyom mening, ko‘zimdagi nur. Sezaman ekinlar tanasidagi Sharbat bo‘lib oqqan rizqimni. Naykamalak, gullar – mening hislarim, Bahor yangilaydi hayot ishqimni.

Yer issiq, yer yumshoq, o‘zim ham yerdan, U ko‘rinmas menga bir marrasimon. Yo‘q, men abadiyman. Menga o‘lim yo‘q.
Tirik tabiatning bir zarrasiman.
O, hayotning oliy butunligi! Insonga ufqlarni kengroq och, Jamiki dardlarga malham o‘zingsan, Azobli o‘ylarga yog‘du soch. Azobli o‘ylarga yog‘du soch…

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling