Zulfiya tong kuychisi


Download 41.5 Kb.
bet1/3
Sana01.03.2023
Hajmi41.5 Kb.
#1242335
  1   2   3
Bog'liq
ZULFIYA SENARIY


Zulfiya - tong kuychisi.

  1. Boshlovchi

Assalom davramizning eng aziz mehmonlari
Assalom ilm-u fanning sohib-u davronlari.

  1. Boshlovchi

Salom mening aziz dugonalarim
Azizim, lobarim chevar qizlarim
Ey toza qalbimning oshnolari
Kuylarim ilhomi sevarim qizlar

  1. Boshlovchi

Assalomu aleykum aziz va muhtaram ustozlar, qadrli mehmonlar va o’quvchi yoshlar .Mana o`lkamizga go`zal bahor tashrif buyurdi. Bahorning ilk kunlarida O`zbek she’riyatining porloq yulduzi, vafo va sadoqat timsoliga aylangan shoira Zulfiyaxonim tavallud kuni mamlakatimizda juda katta va keng miqyosda nishonlanadi. Shu munosabat bilan bugun shoira Zulfiya tavalludining 108 yilligiga bag`ishlab, “ Nazm va navo” mavzusida tayyorlangan adabiy-badiiy kechamizga xush kelibsiz.
2-boshlovchi
Salqin saharlarda bodom gulida,
Binafsha labida yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi,yellarning nozi,
Ko`zlaringga surtib o`parding uni.
1-boshlovchi
Qancha sevar eding bag’rim bahorni
O’rik gullarining eding maftuni
Har uyg’ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko’zlaringga surtib o’parding uni
2-boshlovchi; - O`zbekiston xalq shoirasi,taniqli jamoat va davlat arbobi, Zulfiya tavalludiga bu yil 108 yil to`ladi . Shu munosabat bilan Zulfiya hayoti va ijodiga bir hur nazar tashlab, she'rlarini o`qib, ruhini shod etish niyatida ushbu adabiy kechamizga shoiraning hayoti va ijodi haqida so`zlab berish uchun so`zni 9-A sinf qizlariga beramiz.
(Shu yerda 9-A sinf qizlari ,harflar chiqadi)
1- boshlovchi-O`zbek she'riyatining otashnafas shoiralaridan biri, inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi Zulfiyani bilmaydigan, uning biror she'rini yod olmagan o`quvchi orangizda topilmasa kerak. Sevimli shoiramiz o`z she'rlari bilan bizlarni nafosatga, ezgulikka oshno etib, oppoq tong sari yetaklab, qalb xarorati bilan isitib kelmoqda.



Download 41.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling