O’qituvchi: Bahor oftobining ilk haroratidan tog’ cho’qqilaridagi qorlar qatlami erib, jilg’alar hosil bo’ladi. Jilg’alar shalolalarga, shalolalar esa daryolarga aylanadi. Daryo o’tgan joyda hayot gurkiraydi. Tabiyatning sog’lom obidalari daryolar yoqasida qad ko’taradi. Shu ma’noda shoira Zulfiyaxonim o’zbek adabiyotining ulkan daryolaridan edi.
Aziz o’quvchim! Dars so’ngida ayting-chi, shoira Zulfiyaning qanday fazilatlariga havas qildingiz?
[O’quvchilar qo’llarini bir-biriga uzatib, ushlagan holda shoiraning o’lari havas qilgan fazilatlarini aytib, ‘’Uzilmas zanjir’’ hosil qilishadi].
Dars so’nggida o’quvchilar ‘’BBB’’ usuli asosida fikrnoma yozishadi.
Baholash va rag’batlantirish. Rag’bat kartochkalari hisoblanib, g’olib guruh e’lon qilinadi. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar orasidan darsning ‘’Eng bilimdon bek yigit’’, ‘’Zulfiyaxonim izdoshlari’’ saralab olinib, taqdirlanadi.
Uyga vazifa:
Zulfiya hayoti va ijodiga doir olgan ma’lumotlarini mustahkamlash.
Shoiraning istalgan bir she’rini yod olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |