ضماير متصله egalik affikslari (zamoyere mo‘ttasele) hozirgi-kelasi zamon fe’lining yasalishi va tuslanishi. So‘zlashuv uslubi reja


Download 32.37 Kb.
bet1/5
Sana22.10.2023
Hajmi32.37 Kb.
#1715687
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12-dars.Egalik affikslari. Hozirgi-kelasi zamon fe’lining yasalishi va tuslanishi. So‘zlashuv uslubi


12-DARS

ضماير متصله EGALIK AFFIKSLARI (ZAMOYERE MO‘TTASELE)
HOZIRGI-KELASI ZAMON FE’LINING YASALISHI VA TUSLANISHI. SO‘ZLASHUV USLUBI
Reja:

  1. Egalik affiksi va uning o’ziga xos xususiyatlarini.

  2. Egalik affikslari imlosi.

  3. Egalik affikslari undosh harflardan so’ng qanday qo’shiladi?

  4. Egalik affikslari unli harflardan so’ng qanday qo’shiladi?

  5. Hozirgi-kelasi zamon fe’li qanday yasalidi?

  6. Hozirgi zamon fe’l asosiga qo‘shiladigan shaxs-son qo‘shimchalari.

  7. Hozirgi-kelasi zamon fe’lining ma’nolarni.

  8. Fors tilida so‘zlashuv uslubi.

Tayanch so‘zlar:
Egalik affikslari, unlidan so’ng, undoshdan so’ng, egalik affikslarining imlosi, ot so’z turkumiga mansub so’zlarga qo’shiladi.



  1. Egalikk affiksi va uning o’ziga xos xususiyatlarini .

Fors tilida egalik affikslari otlarning oxiriga qo‘shilib narsaning qaysi shaxsga tegishli ekanligini ko‘rsatadi. Bu affikslar o‘zi qo‘shilgan so‘z bilan birga bir so‘z tarzida talaffuz qilinadi.
Egalik affikslari

جمع

ko‘plik

مفرد

birlik

shaxs

مان

emon

م

am

۱

تان

eton

ت

at

۲

شان

eshon

ش

ash

۳

Egalik affikslari urg‘u olmay, balki undandan oldingi bug‘inga tushadi.
مادرم modaram – onam, مادرت modarat – onang, مادرش modarash – onasi , مادرمان modaremon – onamiz, مادرتانmodareton oangiz, مادرشان modareshon – onalari.
2. Egalik affikslarining imlosi
1. Egalik affikslari undosh bilan tugagan otlarga qo‘shib yoziladi va bir so‘z kabi talaffuz qilinadi. کتابم ketobam – kitobim, دوستم dustam – do’stim.
2. So‘z "e" qisqa unlisi yoki "i" cho‘ziq unlisi bilan tugagan bo‘lsa, egalik affikslari oldidan birlikda ا alif, ko‘plikda esa ء hamza belgisi qo‘yiladi. Talaffuzda birlikda ot bilan egalik orasida kichik pauza, ko‘plikda esa bir "y" tovushi orttiriladi.
خانه ام xoneam – uyim, خانه ات xoneat – uying, خانه ات xoneash – uyi, خانه مان xoneyemon – uyimi , خانه تان xoneyeton – uyingiz, خانه شان xoneyeshon uylari.
3. So‘z آ "o" yoki و "u " cho‘ziq unlilari bilan tugasa egalik affikslari oldidan bir ی "y" orttiriladi. رویم ruyam – yuzim, رویت ruyat – yuzing, رویش ruyash – yuzi. رویمان ruyemon – yuzimiz, رویتان ruyeton – yuzingiz, رویشان ruyeshon – yuzlari

Download 32.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling