" Abulfayzxon", "Kecha va kunduz"


Download 28.9 Kb.
Sana17.01.2023
Hajmi28.9 Kb.
#1097081
Bog'liq
Kecha va kunduz

“ Abulfayzxon”, “Kecha va kunduz”


1.Shu kecha tushimda xoqonimizni ko’rdim, bo’z bir otg’a mingan, qo’llarida qilich, yiroqlarg’a
qarab turgan edi. Ushbu fikrlar kimga tegishli?
A.Ulfat B.Mir Vafo C.Qozi Nizom D.Davlat
2.”Eron qo’shini 2-3 bekninggina tirishmog’i bilan yurtimizdan chiqmadi” deb asarda kim
aytgan? A.Farhod otaliq B.Abulfayzxon C.Mir Vafo D.Qozi Nizom
3.”Abulfayzxon” fojiasida mang’it beklaridan bo’lgan kim?
A.Rizoqulixon B.Tog’ayqulibek C.Mirzo Mahdiy D.Ibrohim
4.Asarda Mirzo Mahdiy kim? A.mang’it beklaridan B.xizmatkor C.mahram D.bosh kotib
5.”Abulfayzxon”fojiasida qaysi qahramon mard to’g’riso’z, e’tiqodidan qaytmaydigan kishi
sifatida tasvirlangan? A.Ibrohim B.Farhod otaliq C.Mir Vafo D.Rahim qurchi
6.”Abulfayzxon”fojiasidagi to’qima obrazlar kim? 1.Qozikalon Nizom 2.Mir Vafo 3.Ulfat
4.Davlat 5.Eron qo’shin boshliqlari A.1,3,4 B.12,5 C.2,3,5 D.1,4,5
7.”Abulfayzxon” fojiasida xonning inog’I, keyinchalik otalig’I bo’lgan qahramon kim?
A.Ibrohim B.Farhod C.Hakimbiy D.Rahim qo’rchi
8.Asardagi qaysi qahramon kenagas urug’idan?
A.Ibrohim B.Farhod C.Hakimbiy D.Rahim qo’rchi
9.Asardagi qaysi qahramon mang’it urug’idan?
A.Ibrohim B.Farhod C.Hakimbiy D.Rahim qo’rchi
10.Asarda “xitoy-qipchoqning boshlig’i” deya tilga olingan qahramon kim? A.Ibrohim
B.Farhod C.Hakimbiy D.Rahim qo’rchi
11.Xon Farhod otaliqni o’ldirishga hukm
chiqarganda kim “Otaliq eski qulingizdir.
Kichkinagina bir erkalik qilg’oni uchun uni
o’ldirmoq nechun bo’lar ekan?” deya aytgan?
A.Davlat B.Mir Vafo C.Ibrohim D,Qozi Nizom
12.Asarda “Podsholig’ qon bilan sug’oriladigan
og’ochdir” deya kim aytgan?
A.AbulfayzxonB.Mir Vafo C.Davlat D.Ulfat
13.Asarda kim Rahimbiyga “Chingiz avlodi
bo’lmag’on kishi xon bo’la olmas” degan xabarni
yetkazadi? A.Qozi Nizom B.Mir Vafo
C.Yo’ldosh D.Ibrohim
14.Asarda”buxorono mang’itlardan tozalash
kerak” deya kim aytgan? ? A.Qozi Nizom B.Mir
Vafo C.Yo’ldosh D.Ibrohim
15.Kim xonlarni qurultoy yo’li bilan saylamoqchi
bo’ladi? A.Ibrohim B.Farhod C.Hakimbiy
D.Rahim qo’rchi
16.Ibrohim Rajabxon bilan birlashib urush
qilganda Buxoroga borib kirganda kimni
madarsaga solib o’t qo’yib yubormoqchi bo’ladi?
A.Abulfayzxonni B.Eron qo’shinini
C.Mullolarni D.Hakimbiyni
17.Asardagi Husaynxon va Ahmadxon kim edi?
A.Xonning tan soqchilari B.Hakimbiyning
xufyalari C.Rahimbiyning xufyalari D.Eron
qo’shini sardorlari
18.Eron qo’shini sardorlariga nima topshiriq
berilgan edi? A.Buxorono butunlay yanchib
tashlash B. Hakim biyni himoya qilish
C.Abulfayzxonni Eronga olib keyish
D.Abdumo’minxonni podsho qilib ko’tarish
19.Rahimbiy kimga 20mimg tanga berishni
va’da qiladi? AQozi Nizom B.Mir Vafo C.Eron
qo’shini sardorlariga D.Ibrohim
20.”Yigirma yashar eronli bir aft” deya kim
tasvirlangan? A.Abdumo’minxon B.Siyovush
C.Rizoqulixon D.Aliqulixon
21.Asarda kim Xiva qo’shining Buxorogacha
kelganini eshitib Eron qo’shini butun qo’rqdi
deya aytgan? A.Hakimbiy B.Farhod otaliq
C.Rahimbiy D.Qozi Nizom
22.Abulfayzxon Buxoroda kimlar bo’lmaganda
tinchgina xonliq surishini, butun qayg’ulari
shulardan deya bilgan? A.El boshliqlari
B.Hakimbiy C.Eron qo’shini D. Farhod otaliq
23.Kimning uyiga Erondan qo’noqlar kelgan
bo’ladi? A.Hakimbiy B.Rahim qo’rchi C.Mir
Vafo D.Ibrohim otaliq
24. Asarda kim “Devona emas, to’g’riman,
to’g’riliqning devonaliqdan yomonroq natijalar
berganini bilaman” deya aytgan? A.Farhodotaliq
B. Rahim qo’rchi C.Ibrohimbiy D.Abulfayzxon
25.Xudoning soyasi deb podshohlarning uyiga
sig’ingan kim? A.Qurbongul B.Mir Vafo
C.Davlat D.Ulfat
26.Och qornim tinch qulog’im maqoli kimning
tilidan aytilgan? A.Qurbongul B.Mir Vafo
C.Davlat D.Ulfat
27. Abulfayzxon dunyoda hech bir ma’nosi
bo’lmagan bu so’zni sen eng yomon ma’nolarda
ishlatib turasan deya qaysi so’zni nazarda tutgan?
A.Tinch B.vafo C.qotullik D.hayot
28.Kim xonga boshg’a ish tushgach, eng ahmoq
chora yig’lamoqdir deya aytgan? A.Davlat
B.Ulfat C.Rahum qurchi D.Ibrohim otaliq
29.Kim xonga davlatning eng buyuk teraklarini
o’z qo’lingiz bilan qulatdingiz deya aytgan?
A.Davlat B.Ulfat C.Rahum qurchi D.Ibrohim
otaliq
30.Kim Rahimbiyga odamlar xonliq-otaliq
bekning haqqi, lekin beklar, el boshliqlari bu
ishga ko’nmagani, Chingiz avlodi bo’lmagan
kishi taxtga o’tira olmasligi haqida aytgan?
A.Ibrohimbiy B.Yo’ldosh C.Qozi izom D.Mir
Vafo
31. Kim shariatda Chingizxon avlodidan bo’lgan
kishi taxtga o’tirishi shariatda yo’qligini, kimning
qo’lidan kelsa, shu xon bo’ladi deya aytgan?
A.Mir Vafo B.Yo’ldosh C.Qozi Nizom D.Oxun
32. Kim Rahimbiyga Abdumo’minxonning ishini
bir yoqli qilish kerakligi haqida aytgan? A. Qozi
Nizom B. Mir Vafo C.Ibrohim otaliq D.Eron
sardorlari
33.U elga yomonlik qildi, yurtni taladi, hukumat
ishlariga qaramadi, kecha-kunduz chog’ir ichib
yotdi, men uning shul ishlarig’a qarshi bo’lib
urishdim. Ushbu fikrlar kimga tegishli? A
Ibrohum otaliq B.Hakimbiy C.Rahim qo’rchi
D.Eron sardorlari
34.Ibrohimbiy kimga “Bu kecha tushimda
payg’ambarni ko’rdim, sizni so’rab yubordilar”
deb chopon kiyganingizni unutdingizmi deya
aytgan? A.Mir Vafo B.Oxun C.Qozi Nizomga D.
Rahimbiyga
35.Mirasad lavozimni Rahimbiy kimga beradi?
A.Mir Vafo B.Qozi Nizom C.Oxun
D.Ibrohimbiy
36.”Ye qora kuch, ey qurib ketgur taxt! Hech
gunohi bo’lmag’on bolalardan, tog’ kabi
yigitlardan millionchalari sen uchun qurbon
bo’lib ketarlar” deya kim aytgan? A.Iborohim
B.Farhod otaliq C.Siyovush D.Ayol ruhi
37.Nodirshoh bir o’lkani olishning eng yaxshi
chorasi deya nimani aytgan?A. Shu o’lkadan
do’stlar orttirish B.ichdan yemirish C.odamlari
orasiga nizo tarqatish D.ayg’oqchilar jo’natish
38.Zamon ahvolidan oshkori norozi, yurt tinchligi
uchun kuyingan va Fitrat o’zining orzu istakalrini
uning tilidan bayon qilgan obraz kim? A.Farhod
otaliq B.Ibrohimbiy C.Hakimbiy D.Rahimbiy
39.Asarda sen fazilatli bilimlarning qo’l
qanotlarini uzib tashlading.Inju tuzg’uchi
adiblarning qalamlarini o’choq supurgisiga
aylantirding. Ot pichog’I bilan bolalarni
bo’g’izlading. Bola pichog’I bilan otalarni
yiqitding deya kim aytgan? A.Iborhim otaliq
B.Farhod otaliq C.Xayol D.Ayol ruhi
40. Asarda Hakimbiy kim yoki nimaga qarata
«Buning ko’lkasida yashaganlar o’limdan
qo’rqmaylar” deya aytgan? A.A.xon B.zindon
C.Ulfat D. minora
41.Asada Karmanaga borib Abulfayzxonga urush
qilgan qahramon kim? A.Hakimbiy B Rahim
qo’rchi C. Donyolbiy D.Ibrohim
42.Asarda kim “Xonning buyrug’I arkdan
Mirarbg’acha yurmaydur” deb aytgan?
A.Rahimbiy B.Qozi Nizom C. Mir Vafo D.
Hakimbiy
43. Hakimbiy Abulfayzxon bilan qayerda
kengashmoqchi bo’ladi? A.Arkda B. O’zining
uyida C. Xo’ja Kalonning uyida D. Madrasada
44. Asarda Buxoroning ma’naviy egarlari deb
kimlar aytilgan? A. Qozi Nizom, Jo’borxo’ja
Kaloni B. Ulfat, Davlat C. Mir Vafo, Rahimbiy
D. Ibrohim, Hakimbiy
45.”Kecha va kunduz” romanida halol va haromning farqiga bormaydigan qahramon deya
kim tasvirlangan? A. Akbarali B.Razzoq sufi C.Miryoqub D.O’lmasjon
46. Yuzlari charaqlagan yulduzday, sernash’a, quvnoq va har qanday andishadan yiroq. Ushbu
fikrlar kim haiqda? A.Zebi B. Saltanat C.Sultonposho D.Enaxon
47.Uning ikkala yuzi, ayniqsa, ko’rpaning katta katta qavig’iga tikilgan andishalik ko’zlari hovur
bosgan oynakning betiga o’xshaydi. Ushbu fikrlar kim haqida?
A.Zebi B. Saltanat C.Sultonpossho D.Enaxon
48.Eng maqbul narsani bo’lsa ham uqtirib roziligini olmoq uchun yo o’zining piri, yoki katta bir davlatga ega bo’lish kerak edi. U odam o’z tenglaridan hech birining hech qachon hech bir gapini tinglagan emasdi. Ushbu fikr kim haqida? A.Akbarali B.Razzoq so’fi C.Miryoqub D.Eshon
49.”Ko’rgazmaga qo’yilgan maxluqday” deya kim tasvirlangan?
A.Akbarali B.Razzoq so’fi C.Miryoqub D.Eshon
50.Hazilkashligi va sho’xligi bilan xotin-xalaj o’rtasida dong chiqargan kim?
A.Saltnat B.Enaxon C.Hamro ena D.Qurvonbibi
51.Kasal odamning kulishiday og’ir, bir xil sovuq hazillarday malol keltiruvchi, yolg’on
xushomadlarday ko’ngilga uruvchi bo’lardi.
Ushbu kulish kimniki? A.Akbarali B.Razzoq so’fi C.Miryoqub D.Eshon
52. o’zidan ulug’ va kuchlilar gapirsa “hovvahovva” deyish, o’zidan past kuchsizlar gapirsa
“yo’q-yo’q” degan ma’noda bosh chayqash bo’lardi deya tasvirlangan obraz kim? A.Akbarali
B.Razzoq so’fi C.Miryoqub D.Eshon
53.Sanamasdan sakkiz demang maqoli kimning tilidan ishlatilgan?
A Qurvonbibi B.O’lmasjon C.Enaxon D Zebi
54. 16.”Kecha va kunduz” asarida Enaxon va kelin Saltanatlarnikiga qachon borgan edi?
A.kuz B.yoz, xirmonlar yig’ishtirilayotgan paytda C.qish D.bahor
55.”Kecha va kunduz” romanida” Shunday yaxshi narsalarki! Bularga qancha qilsangiz oz” deya kim aytgan? A.Enaxon B.Kelin C.Kampir D.Sultonxon
56.”Zebixonning ovozi undan kattaroqlarini ham sudrab keltiradi” deya kim aytgan ?
A.Enaxon B.Poshshaxon C.Sultonxon D.Kelin
57.”Ikki tomon yoqasiga tilladan bolg’a surati o’rnatilgan, novcha bo’yli mosh-birinch soqolli,
xushmo’ylov va bir ko’zi gilaydan kelgan kishi” kim?
A.Miryoqub B.Akbarali mingboshi C. ma’ruf injeneri D.Noib to’ra
58.”…uning qop-qora chiroyli ko’zlarida allaqanday sehrli olovlar yondi. Uning boshi ham
kitobdan ko’tarilib, yuzlaridan yengil bir qizillik yoyilib o’tdi” Ushbu holat kimniki?
A.Miryoqub B.Akbarali mingboshi C. ma’ruf injeneri D.Noib to’ra
59.Injener bilan Noyib to’ra suhbatlashayotgan
paytda Miryoqubning qulog’I bir dikkayadi,juda
ajoyib dikkayadi. Nima sababdan? A.sartlarni
kamsitadi B.poyezd yo’li o’tayotgan joylarni
eslab qolish uchun C.Akbaraliga tegishli
gaplarni eshitish uchun D.allaqaysi bankka pul
bermoqchi bo’lganini eshitish uchun.
60 “Kecha va kunduz” romanida uchramaydigan
qahramon nomini toping A.Xayrulla
B.Shamsiddin C.Umriniso D.Umarali
23.Akbarali mingboshiga mirzolik qiladigan
qahramon nomi berilgan qatorni toping.
A.Xayrulla B.Sokolov C.Mirzabobob
D.Hakimjon
61.Zindondagi bandini hech bir xayol surmaydi
deb kim aytadi? Gadoy podshoh bo’lmoq istasa
yomonmi? Fikrlari kimga qarata aytilgan?
A.Qurvonbibi B. Zebi C. Saltanat D.Enaxon va
uning yangasi
62. Asarda “Qars ikki qo’ldan chiqadi” maqoli
kimning tilidan aytilgan? A. Sultonxon B.
Umrinisa C.Xadicha D. Poshshoxon
63”Kecha va kunduz” romanida Cho’lponning
qaysi tarjima asarining nomi rus amaldorlari
tomonidan Akbarili mingboshining mo’ylovlariga
nisbatan masaxara qilingan? A. “Franko” B.
“Feruza” C.”Yetti osilganlar” D.”Boris
Godunov”
64. “Assalomu alykum” deb dona-dona qilib
salom bersangiz, shoshilganidan bo’lsa kerak
“Vass…’ deb qo’yadi. Shu bilan birga siz
tomonga bo’ynini qiyshaytirib, juda kichiklik
bilan alik oladi” Ushbu fikrlar kim haqida? A.
Akbarali B. Razzoq so’fi C.Miryoqub D. Noib
to’ra
65. Akbaralini urib chiqqan jaded gazetini
mingboshiga berib ming pushaymon bo’lgan
qahramon kim? A Hakimjon B Miryoqub C.
Sokolov D. Xadicha
66. Jadid gazetida kimni k’klarga ko’tarib maqtab
yozishgan edi? A. To’raqul BAbdusammat C.
Shamsiddin. D. Umarali
67. Kim o’z hovlisida muallim saqlab, o’g’illarini
o’qitadi. Jaidid maktabiga pul bilan qarashadi? A. To’raqul BAbdusammat C. Shamsiddin. D.
Umarali
68. Qaysi voqeadan keyin Miryoqubga “Epaqa”
laqabi kamlik qiladi. Unga boshqa munosib laqab
toppish lozim… Buning uchun esa Amir Navoiy,
Abdurahmon Jomiy yoki Shoh Mashrabning
tirilib kelishi darkor edi fikrlari berilgan? A.
Bo’sh yotgan qarovsiz yerlarni poyez yo’li
tushmasdan oldin sotib olgani B. Akbarili
mingboshini mahalliy gazetada maqtab bosib
chiqartirgani C. Razzoq so’fini Zebini
mingboshiga berishga rozi qilgani uchun D.
Qumariqdagi Umarali va Yodgorga qarshi
ishlatgan hiylasi uchun
69 Ostonoqul boyning qovun saylida mingboshi
kim bilan tanishgan? A. Noib to’ra B. Injener C.
Miryoqub D.Zunnun
70.”Echkiga o’lim, qassaobga yog’” maqoli
kimga nisbatan ishlatilgan? A. Razzoq so’fi B
Akbarili C.Miryoqub D. Eshon buva
71”Kichkina mitti xon xo’jani yiqitdi“ maqoli
kimga nisbatan ishlatilgan? A Poshshoxon B
.Saltanat C.Fazilat D. Umrinisaning qizi
72.”Fors tili va adabiyotini yaxshi bilar, Turkiston
tarixiga oid qo’lyozma asarlarni har yo’l bilan
qo’lga tushirishga tirishardi” Ushbu fikrlar kim
haqida? A. Miryoqib B.Noyib to’ra C. Zunnun
D. Hakimjon
73. Asarda aytilishicha qaysi xon o’ruslar
Oqmachitni olib qo’ydi deganda u yergacha bir
oylik ekanligini eshitib unday olis yurtning unga
keragi yo’qligi, ruslar olishi mumkinligini
aytgan? A. Umarxon B. Xudoyorxon C.
Amirxon D. Nasrullaxon
74.Mahalliy amaldorlar orasida kim qizlarni
o;qitish uchun Ufadan maxsus muallima olib
kelgan? A. To’raqul BAbdusammat C.
Shamsiddin. D. Umarali
75. Ayoz Ishoqiy tomonidan xhchiqarilgan
gazeta? A.”Vaqt” B.”Tarjimon”. C.”So’z”
D.”Oina”
76. »Kecha va kunduz” romanida Akbarali
mingboshi kimga “Men endi topdim baxtimni.
Hammayog’im shuniki” deya aytgan
A.Mirtoqubga B.Hakimjonga C.Mizaboshisiga
C.Eshonga
77.”Nima bo’ldi bu juvonga? Ertadan-kechgacha
kundoshlari bilan o’pishadi, gapiradi, ashula
qiladi, kuladi, kuldiradi, tegishadi, hazil qiladi,
qitiqlaydi, qochadi, quvlaydi, quvlashadi” Ushbu
fikrlar kim haqida aytilgan? A.Poshshoxon
B.Sultonxon C.Zebi D.Hadicha
78.Bir o’q bilan ikki quyonni ag’darmoqchi
bo’lgan obraz? A.Poshshoxon B.Sultonxon
C.Zebi D.Hadicha
79.”Soddasan, Akbarali. Podsholik hamma vaqt
yurtning obro’ylik odamlarini himoya qiladi”.
Deya asarda kim aytgan? A.Hoyib B.Hokim to’ra
C.Miryoqub D.Eshon
80.”To’rt chaqaga arzimagan bu qurboni zamon” deya kim aytilgan A.Zebi B.Akbarali C.Zunnun D.Sultonxon
81.”Biz sart xalqiga allanechuk beparvolik bilan
qarab o’sganmiz. “Qo’yday yovosh, ular!”
deymiz” kimning tilidan aytilgan? A.Sud raisi
B.tilmoch C.prokuror D.zakunchi
82.”Kecha va kunduz” romanida kimning so’zlari
orqali istilochilarning o’lkada olib borayotgan
siyosati aks ettirilgan? A.Noib B.Akbarali
C.Zunnun D.Tilmoch
83.”O’rgangan ko’ngil o’rtansa qo’ymas” maqoli
asarda kimga nisbatan ishlatilgan? A.Eshon
B.Noib C.Razzoq so’fi D.Zebi
84.O’zi nihoyatda badavlat bo’la turib gadoyning
qo’liga qaraydigan qahramon kim? ? A.Eshon
B.Noib C.Zunnun D.Akbarali
85.”Adolat bormi kofirda?” kimning tilidan
aytilgan? ? A.Eshon B.Noib C.Razzoq so’fi
D.Zebi
86Turkiston o'lkasining olis bir joyida davlat
xazinasining ko'pgina pulini yeb qo'ygan deya
kimga ta'rif berilgan
A.zakunchi B. Prokror C. Zunnun D. Noyib to’ra

Қиёмиддин ҳожи акам (тошлоклик)нинг онасимисиз? Вой, у киши отамнинг энг яқин ўртоғи-ку!


деган ким ?

Султонхоннинг кийим кечагини кичкина хужрага ким кучириб куйди?



Download 28.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling