1- amaliy mashg`ulot mavzu


Download 211.64 Kb.
bet1/5
Sana13.12.2020
Hajmi211.64 Kb.
#165488
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Адабиётшунослик асослари амалий машғулот(1)


1- AMALIY MASHG`ULOT

MAVZU: ADABIYOTSHUNOSLIK – BADIIY ADABIYOT TO‘G‘RISIDAGI FAN. BADIIY ADABIYOT SAN’AT HODISASI SIFATIDA

MAQSAD: Adabiyotshunoslik fanining maqsad va vazifasi, tarkibiy qismlari, badiiy adabiyotning spetsefik xususiyati mavzusi yuzasidan bilimlarini sinash va mustahkamlash hamda ijodiy tafakkurni o‘stirish

MASHG`ULOT REJASI:

1. Adabiyotshunoslik fanining maqsad va vazifasi

2. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari

3. Badiiy adabiyotning spetsefik xususiyati


1-TOPSHIRIQ. “Aqliy hujum” texnologiyasi

Savollar:



  1. Adabiyotshunoslik faning predmeti nima?

  2. Badiiy adabiyotning spetsifik xususiyatlari va vazifasi.

  3. Badiiy asar tushunchasi

  4. Rus tanqidchisi Vissarion Belinskiyning “Adabiyot so‘zining umumiy ma’nosi” maqolasida aniq, Badiiy adabiyotning eng muhim uch xususiyatini belgilaydi. Ular qaysilar?

  5. Adabiyotshunoslik asoslari fanining boshqa fanlar bilan munosabati

  6. Adabiyotning badiiyligi deganda nimani tushunasiz?

  7. Adabiyot va san’atning bosh predmeti ...?

  8. Badiiylik so‘ziga izoh bering.

  9. Nechanchi asrda “Adabiyotshunoslik asoslari ” fan sifatida shakllandi?



2-TOPSHIRIQ. “Venn diagrammasi” texnologiyasi asasida ilmiy va badiiy asarning spetsifik xususiyatini tahlil qilish


3-TOPSHIRIQ.

Videorolik asosida matn yaratish.


4-TOPSHIRIQ.

“Tadqiq va tahlil” texnologiyasi

Yaratilgan matnni baholash.
Mavzu xulosalanadi.

Uyga vazifa va mustaqil ta’lim uchun topshiriq beriladi.

Faol ishtirok etgan talabalar baholanadi.

Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati:

Asosiy adabiyotlar:



  1. Boboev T. Adabiyotshunoslik asoslari. –T.: O‘zbekiston, 2002.

  2. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. – T.: Xalqmerosi, 2004

  3. Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi.–T.: O‘zbekiston, 2018.

4. www.ZiyoUz.
Qo‘shimcha adabiyotlar:


  1. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va farovonligining garovi // Xalq so‘zi. –Toshkent, 2016, 8 dekabr

  2. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Ozbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz // Xalq so‘zi. –Toshkent, 2016, 16 dekabr

  3. Belinskiy V. Tanlangan asarlar. – T.: O‘zdavnashr, 1955. -509 b.

  4. Belinskiy V.G. Adabiy orzular. – T.: Adabiyot va san’at, 1977. – 264 b.

  5. Fitrat. Aruz haqida. – T.: Oqituvchi, 1997.


Elektron ta'lim resurslari

1. http://natlib.uz –Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi sayti

2. http://ensiklopediya.uz – O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi sayti

3. http://ziyouz.uz – O‘zbek va jahon adabiyoti portal

4. http://ziyonet.uz –O‘zbekiston milliy ta’lim portali

5. http://kitob.uz/ - Respublika bolalar kutubxonasi

6. http://www.kamolot.uz – “Kamolot” yoshlar ijtimoiy sayti

7. http://www.infolib.uz – Respublika Axborot kutubxona markazi

8. http://referatlar.uz –Referatlar, testlar, kitoblar va media ta`lim sayti

9. http://book.uz – Elektron adabiyotlar kutubxonasi

10. http://translate.google.co.uz – Google –tarjimon sayti

11. http://arxiv.uz – Referatlar arxivi

12. http://txt.uz – Elektron kutubxona

2- AMALIY MASHG`ULOT

MAVZU: OBRAZ VA OBRAZLILIK

MAQSAD: Obraz va obrazlilik mavzusi yuzasidan bilimlarini sinash va mustahkamlash va ijodiy tafakkurni yuksaltirish

MASHG`ULOT REJASI:

1. Obraz poetikasi

2. Ijtimoiy tip va badiiy obraz

3. Obraz, xarakter, tip


Tayanch so‘z va iboralar: : Obraz poetikasi, obraz, xarakter, tip.

1. Obraz

YOzuvchi qaysi janrda ijod qilmasin, asar yaratmasin, u ob’ektiv hayotga murojaat qiladi. “Har qanday san’atning mazmuni voqelikdir. Binobarin, u huddi voqelikning o‘zidek tuganmas va ko‘rinmasdir” (Adabiyot nazariyasi. 1 tom. “Fan” nashriyoti, 1978. 82-bet). Adib mana shu “tuganmas va ko‘rinmas” voqelik ichki qonuniyatlarining sirini, mohiyatini o‘rganadi, undan bu o‘z tendensiyasini yaratadi... To‘g‘ri, hayotiy voqelik faqat yozuvchi uchungina o‘rganish, yaratish manbai emas, u olim, san’atkor, rassom uchun ham bilish va ijod manbadir. Lekin ularning hayotni tadqiq etishi, o‘rganishi, uni qayta yaratishi yozuvchining in’ikos qilishdan o‘zgacha bo‘ladi. “Faylasuf sillogizmlar bilan, shoir esa obrazlar va kartina (manzara) lar bilan gapiradi... Biri isbot etadi, ikkinchisi ko‘rsatadi va ikkalasi ham bir narsani gapiradi... Faqat biri mantiqiy dalillar bilan, ikkinchisi esa kartina (manzara)lar orqali ishontiradi” (O‘sha joyda). Ob’ektiv voqelikni, ya’ni hayotiy materialni yozuvchi asarga jo‘ngina olib kirmaydi, qanday bo‘lsa, shunday tasvirlamaydi. Basharti shunday qilinsa, bu badiiy asar bo‘lmaydi. Yozuvchi hayotni qayta yaratadi,o‘zidan qo‘shadi, o‘rni kelganda “kamaytiradi”. Bu “qo‘shish va “kamaytirish” hayotiy haqiqatga biror voqeani qo‘shish yoki olish ma’nosida emas, balki yozuvchining shu voqelikdan kishiga yuqumli holatlarni topa bilishi yoki shunday narsani yarata olishi ma’nosidadir, albatta. Voqelikning kishiga yuqumliligi uning qiziqarli bo‘lishi yoki dahshatliligi bilan emas, balki shu voqelik zaminida aytilmoqchi bo‘lgan gapning salmog‘i bilan, ya’ni shu voqelikning g‘oyaviyligi-tendensiyasi bilan belgilanadi. Demak, ijodkor hayotiy voqelikka suyangan holda yaratgan asarida biror-bir tendensiyani ilgari sursa, uning bu tendensiyasi o‘z zamonasining dolzarb masalasini ko‘tarib chiqsa, o‘z salmog‘i bilan kitobxonning shuuriga ta’sir qilib, uning qalbida go‘zallik, ezgulik hislarini yoki o‘z tasviridagi voqelikka nisbatan nafrat tuyg‘usini uyg‘ota olsa, ana o‘shandagina u o‘z vazifasini ado etgan bo‘ladi.

Yozuvchi o‘z g‘oyasini aniq formulada berishi, izohlashi joiz emas, u qarashlarini voqealar zaminiga singdirib yuborishi kerak. Kitobxon uning tendensiyasini shu voqealar olamidan va vaziyatlardan anglab oladi. Shuningdek, yozuvchining tendensiyasi bir fikr hamda qarash bilan cheklanmaydi, u ko‘p tarmoqli, hayot kabi keng bo‘ladi. Biroq u o‘z qarashlarini, kishi ongiga singdirmoqchi bo‘lgan fikrlarini inson orqali ilgari suradi. Mana shu inson adabiyotda obraz deb yuritiladi. Obrazning ma’nosi keng. “Qadimiy slavyan xalqlari... ongda in’ikos topuvchi narsa, voqea-hodisalarni kimda-kim o‘z shakli va mazmunida qiyofalantirib bera olsa, bunday qiyofaga obraz deb nom berishgan... Paydo bo‘lish asosiga ko‘ra bu so‘z “raz” (chiziq) o‘zagiga borib taqaladi. “Raz”dan “obrazziti” (chizmoq, yo‘nmoq, shakl yasamoq) va nihoyatundan esa “obraz” iborasi vujudga kel ib, asta-sekin san’at darajasiga ko‘tarilgan” (To‘lqin Rasulov. Badiiy asar qanotlari.—T.: G‘. G‘ulom nomidagi san’at va adabiyot nashriyoti, 1977. 3-bet). Demak, keng ma’noda ob’ektiv voqelik barcha “elementlari” bilan inson shuurida u yoki bu tarzda in’ikos etishi obrazning asosini tashkil qiladi. Bundan ko‘rinyaptiki, obraz ijgimoiy ong formalarining qay birida qay tarzida qo‘llanishiga hamda qaysi o‘rinda qanday ma’noda ishlatishiga qarab, o‘zaro farqpanish xususiyatiga ega. YA’ni obraz fanda, san’atda, adabiyotda, tasviriy san’atda hech qachon birday ma’noda qo‘llanilmaydi. Ayniqsa, fanda qo‘llanishiga nisbatan san’atning turlari keskin farq qiladi. Fanda olim o‘z fikrini isbotlash uchun u yoki bu hayotiy hodisaning yoki predmetning obrazini keltiradi. Biroq bu obraz ko‘proq voqelikning, shuningdek, predmetning aynan nusxasi bo‘lib, hissiylikdan mahrum bo‘ladi. Chunki fan fikrlar orqali isbotlaydi, ya’ni uning aynan nusxasi asosida tasdiqlaydi. Bunda olimning hayotiy voqelik va predmetlarning obrazlari yuzaga keltirgan xulosasi katta rol o‘ynaydi. Bu qat’iy sub’ektiv xarakterga ega bo‘ladi. Biroq faktologik asosning kuchliligi bilan ob’ektiv tus oladi.

Adabiyot va san’atda obraz yaratish birmuncha o‘zgacha bo‘ladi. Unda in’kos ettirilmaydi. Ob’ektiv voqelik ijodkorning qalb prizmasidan o‘tib hissiy olami, shuuri, g‘oyaviy pozitsiyasi orqali qayta yaratiladi. Bunda ijodkorning bilim-saviyasi, hayotiy tajribasi, umuman, olamni, insonni tushunish, his qilish iqtidori etakchilik qiladi. Bundan ko‘rinyaptiki, ob’ektiv voqelik qaytadan jonlantiriladi, ya’ni obrazli tasvirga ega bo‘ladi. Obrazli tasvirning bo‘lishi bevosita ijodkorning voqelik zaminiga singdirib yuborgan g‘oyasi, ko‘targan masalasining kuchliligi, shuningdek, uni individual belgilardatasvirlashi bilan bog‘liq. Masalan, oshxonalar, non va soat do‘konlari tepasigapalov, kabob, non, har xil soatlarning rasmi ishlangan bo‘ladi. Palovning ustidagi go‘shti, no‘xlti aniq aks ettirilgan yoki nonning ustidagi sedanasi yorqin ifodalangan bo‘ladi. Bular o‘z asliga juda o‘xshaydi. Lekin ularni hech kim san’at asari, badiiy obraz demaydi. Chunki bu tasvirlar zaminida fikr yotmaydi, umumlashma yo‘q. Ular hayotiy voqelikning mohiyatini ochib bermaydi, insonning shuuriga biror mantiqiy asos bilan ta’sir qilmaydi, uni boyitmaydi. Ularning bor-yo‘q xizmati - do‘konlarning nimaga aloqador ekanligini anglatish. Bundan boshqa jiddiy funksiyasi yo‘q. Bundan ko‘rinyaptiki, hayothodisalari,ob’ekgiv voqeliku qanday ko‘lamni qamrab olishdan, xarakterli yoki kichik bir epizodik holat bo‘lishidan qat’i nazar, katta hayotiy masalalarga xizmat qildirilsa, inson hayotida, ichki dunyosida bir o‘zgarish qila olish qudratiga ega umumlashma yasalsa, shunda badiiy obraz paydo bo‘ladi, obrazlilik yuzaga keladi. Chunki yozuvchi hayotni obrazlar vositasida aks etgiradi. Adabiyotning o‘zi ham obrazli tafakkur demaqdir. Yozuvchi o‘z asarida voqelikni obrazlar vositasida aks ettirar ekan, shu asarda tasvirlangan narsalar, ishtirok etgan shaxslar ham obraz deyiladi. Lekin, shunday bo‘lishiga qaramay, adabiyot va san’atda obraz faqat insonga nisbatan ishlataladi. Adabiyot va san’atda biz tilga olib o‘tgan ma’nodagi obrazlar inson - obraz uchun xizmat qiladi. Chunki yozuvchi o‘zining asarida ilgari surgan maqsadini inson obrazi orqali amalga oshiradi. Yozuvchining badiiy ikgidori qay darajada ekanligini u yaratgan obraz belgilab beradi. Sababi obraz osonlik bilan yuzaga kelmaydi, yozuvchining hayotiy kuzatishlari, badiiy to‘qimasi orqali umumlashgan holda shakllanadi. Mana shu holatda yuzaga kelgan ma’lum g‘oya tashuvchi inson hayotining konkret va individuallashgan tasviri - obrazdir. Agar yana aniqlik kiritmoqchi bo‘lsak, umumiylik bilan xususiylikning ma’lum g‘oyaviy ideal asosda individual ko‘rinishda tipiklikka aylantirilgan aniq va hissiy estetik birligi - badiiy obrazdir.

Obraz asarda tutgan o‘rni va vazifasiga qarab adabiyotshunoslik fanida turli atamalar bilan yuritiladi: personaj, bosh obraz, epizodik obraz. Ular yozuvchining estetik idealiga mos kelishi yoki mos kelmasligi, olg‘a surgan nuqgai nazariga xayrixoxdigi yoki uning aksiga qarab ikkiga: ijobiy va salbiy obrazlarga bo‘linadi.

Obraz o‘rniga ko‘pincha xarakter atamasi ham ishlatiladi. Ko‘pchilik buni ekivalent sifatida ko‘llanadi va aynan bir ma’noni anglatadi deb talqin qiladi. Bunday talqin to‘g‘ri emas. Obraz xarakterga qaraganda keng tushunchaga ega. Xarakter obrazning mukammalashgan, teran individuallashgan, o‘zining boshqalardan aniq ajrab turadigan ham g‘oyaviy, ham ma’naviy jihatdan ta’sirdorlikka ega bo‘lgan turidir. SHunga ko‘ra, har qanday xarakter obraz bo‘la oladi, lekin har qanday obraz xarakter bo‘lolmaydi. G‘oyat mukammal, insonga xos bo‘lgan xususiyatlar butun to‘laligicha o‘z ifodasini topgan, faoliyatida, xatti-harakatida, tutgan ishida o‘z zamonasining, davrining, ijtimoiy sharoitining ruhi singan shaxs obrazi tip deb ataladi.


2. Ijtimoiy tip va badiiy obraz
Realistik adabiyot aniq inson bilan ish ko‘radi, ya’ni yozuvchi qaysi davr ustida qalam yuritsa, o‘sha davrda yashagan kishilarni qahramon qilib oladi. Hayotda shunday odamlar bo‘ladiki, ular hamisha ertangi kunni o‘ylab yashashadi, zimmasiga katta-katta tashvishni yuklagan bo‘ladi, bu ham bo‘lsa zamon tashvishi, odamlar tashvishi, ularning mumkin qadar yaxshi yashashi, diyonat va soflikning hamisha g‘olib bo‘lishi qayg‘usida yurishadi. Bunday kishilar tarixning har bir formatsiyasida bo‘lgan va bugungi kunda ham mavjud. Bunday shaxslarni biz zamonning ilg‘or kishisi, uning etakchisi, agar ilmiy atama bilan aytsak, ijtimoiy shaxslar deb ataymiz. Tarix va zamon bunday kishilardan hamisha minnatdor, chunki insoniyat orzu- umidlarining ushalishi, keng ma’nodagi erkinlikning qaror topishi shunday kishilar bilan bog‘liq. Bunday kishilar o‘zi yashayotgan jamiyatni o‘zgartirishga qodir va o‘zgartiradi, shuningdek, o‘zgartirgan jamiyatning yangi odamini ham shakllantiradi. Bunday shaxslarga Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Nodira, Hamza, Fayzulla Xo‘jaev, Cho‘lpon, Fitrat, Behbudiylar yorqin misol bo‘la oladi. Bundaylar hayotga kam keladilar. Ular tarixning, jamiyatning noyob tuhfasidir. Badiiy adabiyotda bunday shaxslarning obrazi butun fazilati, boshqalardan ajrab turadigan xususiyatlari, ijgimoiy va shaxsiy hayoti takrorlanmas individ sifatida yaratilsa, ijtimoiy tipdan badiiy tipga aylanadi.

Sirtdan qaraganda, bunday shaxslar obrazidan tip yaratish osondek tuyuladi.

Aslida, unday emas. Bunday shaxslarning har bir qilgan ishi, bosgan qadami va butun faoliyatini asarga olib kirib bo‘lmaydi, chunki bu holda badiiy asar emas, bir kishining kundaligi yaratilgan bo‘lar edi. Kundalikda esa nuqtai nazar, ilgari surilgan katta ma’nodagi umumlashma bo‘lmaydi. Bundan mahrum bo‘lgan qahramon esa tip u yoqda tursin, hatto obraz ham bo‘lolmaydi. Hayotdagi har qanday mukammal shaxs ham adabiyotga olib kirilganda, ijodkor tomonidan nimadir qo‘shiladi,

g‘oyaviy quvvat beriladi, shuningdek, individuallashtiriladi. SHunday qilingandangina, u hayotiy qahramondan adabiy qahramonga aylanadi, ya’ni badiiy obraz yuzaga keladi. Demak, hayotdagi ijtimoiy tiplar badiiy obrazga aylanishi uchun yozuvchining g‘oyasi, nuqgai nazari, ijtimoiy tip faoliyatidan chiqargan hayotiy umumlashmasi va shaxsning takrorlanmas individual xususiyatlari katta rol o‘ynar ekan.

Ijtimoiy tip deganda faqat ulkan titanlarni tushunish kerak emas. Ulkan titanlarning (Gandi, Neru va b.) g‘oyalarini o‘ziga singdirib, o‘z o‘lkasi, viloyati miqyosida ish olib borgan, kishilarni yangi hayotga chorlagan, uning uchun o‘z shaxsiy hayotidan kechgan, o‘z e’tiqodi uchun ko‘p jafolar chekkan kishilar ham, o‘z navbatida, ijtimoiy tip sanaladi. Bunday kishilar har bir millatda bo‘lgan. Ular o‘z faoliyati bilan nafaqat o‘z millatining, halqning sevimli, ardoqli kishisi bo‘lib kolishgan, balki boshqa xalqlarning ham xurmatiga sazovor bo‘lgan. Fayzulla Xo‘jaev, Akmal Ikromov, Yo‘ldosh Oxunboboev, U. Buzurukxo‘jaev va boshqalardir. Keyingi yillar o‘zbek adabiyotida mazkur siymolarning obrazi yirik planda yaratildi. Xususan, Asqad Muxtor “Buxoroning jin ko‘chalari” qissasida Fayzulla Xo‘jaev obrazini yaratdi.

Asqad Muxtor o‘z qahramonining butun faoliyatini qamrab olishni oldiga maqsad qilib ko‘ymagan. U qahramonining inqilobiy harakatga etib kelgunga qadar hayotini aks etgirgan. Hayot haqiqatidan ma’lumki, hech bir inson o‘z e’tiqodiga osonlik bilan erishmaydi, birdaniga to‘g‘ri yo‘lga tushmaydi. Hayotning bir qator to‘siqlariga duch keladi, ma’lum adashishlar, ayrim kishilar ta’siriga berilish oqibatida to‘g‘ri yo‘ldan toyish hollari ham bo‘ladi. Lekin uning qalbi insoniylik, ezgulik tuyg‘ulari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lsa, bu hayotiy so‘qmoqlarni bosib o‘tish jarayonida o‘z shuurini qayraydi, oqibatda haqiqiy yo‘l ini topadi. Tarixiy faktlardan ma’lumki, Fayzulla Xo‘jaev hayotida ham shunday holat bo‘lgan. Ayniqsa, dinning markazi hisoblangan ko‘hna Buxoroda Fayzullaga o‘xshaganlarning to‘g‘ri yo‘lga tushishi oson bo‘lmasligi tabiiy hol edi. Asqad Muxtor xuddi mana shu holatni ochishga intiladi, oqibatda yosh o‘spirinning Buxoroning jin ko‘chalaridan katta yo‘lga chiqishi, ya’ni amirlik muhitidagi murakkab, chalkash ijtimoiy holatda Xo‘jaevning uqubatli izlanishlari, e’tiqod qo‘ygan, nazarida pokdamon, millat, xalk yo‘lida katta ish qilyapti, deb bilgan kishilari nihoyatda yovuz, riyokor, o‘z qobig‘iga o‘ralib qolgan, intilishlarning barchasi zaminida shaxsiy manfaatdorlik yotgan kimsalar ekanligini anglashi, bundan tortgan iztiroblari ko‘z o‘ngimizda kechadi, bu holatlar uni inson sifatida butun murakkabliklari bilan ko‘z o‘ngimizda gavdalantiradi, individuallik bag‘ishlaydi.

Qissada voqelik bayonda emas, kartinada berilgani uchun u kishi ko‘z oldida aniq manzara hosil bo‘ladi, oqibatda bu holatni kishi qalban his qiladi, qaxramonning- Fayzulloning siymosini tasavvur eta oladi, shuningdek, uning qalbidagi sog‘inch hislari, qalbi shijoat va kuch-g‘ayratga to‘laligi, fikri teran, go‘zallikdan lazzatlana oladigan navqiron ekanligi ham ayon bo‘ladi. Buning sababi nimada? Yozuvchining obraz yaratishida va voqealarning obrazli tasvirlanishida. Biroq obraz yaratish faqat shu tipda ketsa, yozuvchi o‘z maqsadiga erisholmaydi, ya’ni to‘laqonli obraz, ya’ni xarakter, tip yaratolmaydi. Obraz uchun umumlashma zarur. Umumlashma esa zamon ziddiyatlari insonning qalbi tahlili orkali kashf etilishidan yuzaga keladi. Asqad Muxtor xuddi shunday qiladi. Yosh Fayzulloning qalb iqgidorini ocha boradi.

Fayzullo Moskvadan qaytgach, o‘z tanish-bilishlarini, qarindosh-urug‘larini, yor-birodarlarini ko‘rishga oshiqadi. Yo‘lda u har xil manzaraga duch keladi. Bu manzaralarning barchasi adibning umumiy maqsadiga bo‘ysundirilgan. Fayzullo tog‘asinikiga ketayotganda yo‘lda kuzg‘unlarga em bo‘layotgan eshakning o‘ligiga ko‘zi tushadi, undan avval uning nazari “sunbula sehrlab qo‘ygan bir to‘rg‘ay” navosiga, “chang qo‘ngan zaifgina bo‘tagulga” duch kelgan edi. Ikki xil manzara: “o‘laksaning ko‘ngilni ag‘daradigan qo‘lansa hidi”yu “qir gulining atri sezilar-sezilmas, nafis, zaif” tarovati. Yozuvchi bu kartinadan umumlashma chiqaradi, ya’ni qir gulining muattar hidi, to‘rgay nolasi tasvirida Fayzullo ruhiy olamiga ishora bo‘lsa, quzg‘unlar o‘rtaga olgan eshak o‘ligidan esa o‘sha paytdagi vaziyatda qahramonning qalbida tug‘ilgan “allaqanday tanish vahima”ni anglatish. “Negadir yana otasi, kasal atrofida uymalashgan tanish-notanish odamlar yodiga tushdi”. Yozuvchi bu bilan asarning umumiy mantiqiy ruhini ham belgilab beradi.

Fayzullo nigohi orqali o‘sha davr oddiy xalq takdiri, ularning ayanchli turmushi bilan tanishamiz. Ulardan ma’lum xulosalar chiqaramiz, Fayzulloning Moskvadagi turmush haqidagi fikrlaridan katta umumlashmalar yasaymiz. Yozuvchi bu bilan inson va jamiyat masalasi adolat hamda ma’rifat uchun kurash asosida hagt etib boradi.

Fayzullo garchi juda katta mulkdor, millioner, Buxoro amirining eng yaqin odamining farzandi bo‘lishiga qaramay, o‘zini xalqdan, bolalik do‘stlaridan olib qochmaydi. Buning sababi uning qalbi insoniylikka moyil, ma’rifat nuri bilan yo‘g‘rilgan. Shu tufayli u bo‘zchi xalfa do‘sti Mo‘minsho bilan orada hech qanaqa tafovut yo‘kdek muomalada bo‘ladi, devband Eshonning panjasiga tushib, jinni nomini olgan, oqibatda odam farzandi jirkanadigan holga kelib qolgan odamdan hazar qilmay, uni eshon changalidan kutqaradi. Bu voqelik tasviri Fayzulloga ulug‘vorlik kasb etadi, boshqalardan farqlantiradi. Fayzulloning ko‘rgan-kechirganlari qalbida izsiz qolmaydi. U o‘ylanadi, chora qidiradi, iztirobga tushadi: “Inson qadriga xo‘rligim keladi, toga... Bunday ahvol faqat bizda bo‘lishi mumkin”. Tog‘asining: “Siz bu tashvishlarni qo‘ying, jiyan”, degan javobiga qarshi qahramon bunday deydi:

- Nega? O‘z yurtimiz emasmi bu jafokash tuproq? Uning g‘ussasidan qochib qayoqqa boraman?

Ha, qal bida yurt tashvishi bo‘lgan odamgina shunday iztirobga tusha oladi. Fayzullo Xo‘jaev shunday shaxs edi. YOzuvchi uning ruhiy va ma’naviy olamini muhit va tarix, jamiyat ta’sirida inkishof qila boradi.

Asqad Muxtor o‘z qahramonini turli vaziyatlarga ro‘para qiladi, turli e’tiqodli kishilar bilan to‘qnashtiradi. SHumilov - allaqachon o‘z intilishlarining oqibatini aniq his qiladigan, yangi qarashdagi odam - suhbatidan keyin Buxoroning yirik shaxslari, agar ta’bir joiz bo‘lsa, ideoloshari — mulla Ahad Shaxsiy a’lam, Shorajab zufunun bilan to‘qnanggiradi. Ular Fayzulloning: “Ruslar-chi, dada, ruslar hozir uni (Buxoroni) jaholat oshyoni deb atamokdalar”, - degan fikriga qarshi bari bir ogizdan uni o‘risparastliqda ayblashadi. Ular bu borada kanchalik kuyib-pishib gapirmasinlar, Fayzullo bunga uncha e’tibor bermaydi. Mazkur kishilarning fikrlariga qarshi gapirmaydi, chunki foydasizligini qalban his qiladi. Lekin javobsiz qoldirmaydi: “Dada... knyaz Antonovskiy degan ham o‘sha shartnomaga binoan Patgakesarda 90 yilg‘a baholab juda katta erlar olganmish, shu to‘g‘rimi?” - deb dadasini savolga tutadi. Bu savol ularning fikriga qarshi berilgan ekanligi kitobxonga yorqin ayon. Fayzullo esa Antonovskiyning o‘g‘li bilan birga o‘qigan edi. U knyazga o‘g‘li haqida xabar berish hamda uning ishlarinii ko‘rish niyatida Patgakesarga keladi. Biz bu voqea tasvirida ham hayotning ziddiyatlariga va turfa xarakterli kishilarga to‘qnash kelamiz. Dastlab Fayzullo bu erda Antonovskiyning otboqari Yarofey Karlovichga duch keladi. Bu hayot ko‘rgan, ko‘p og‘irlikni boshidan kechirgan kishi nafaqat Fayzulloning qalbida iliq taassurot qoldiradi, balki kitobxon shuurida ham qoladi. Bu odsiy insonni biz knyaz Antonovskiy hamda ish yurituvchisi SHulgindan ustun qo‘yamiz. Knyaz Antonovskiy dastlab Fayzulloda, shuningdek, kitobxonda ham yaxshi taassurot koldiradi. Lekin u Shulginning fikriga qo‘shilib, shaxtada ishlayotgan kishilarni suvga bostirib yuborishga rozilik beradi.

Asqad Muxtorning obraz yaratishdagi mahorati shundaki, u qahramonining har bir xatti-harakatini mantiqan dalillaydi, psixologiyasidan kelib chiqib harakat qildiradi. Shulgin odamlarni tiriklayin suvga bostirar ekan, qalbida achinish hissi uyg‘onmaydi. Chunki u hayotda faqat yovuzlikdan rohatlanadi, go‘zallikni his qilish uning qalbiga begona. Mana, u yurtining qoloqligini nimada ko‘radi: “Men o‘z xalqimizni ham maqgayotganim yo‘q, janob oliylari, o‘zimiz ham o‘lgudek qoloqmiz. Ha, Parijda bo‘lganmisiz, boyvachcha? Io‘q, men bo‘lganman, men ko‘rganman. Mana, masalan, bizda oddiy dor. Ularda gilotina! -... mahkumning egnida kordek oppoq ko‘ylak, oyog‘ida yangi botinka. Ozoda maydon, xuddi bayramdagidek. Oqqush bo‘yni singari ikki oq ustun, orasida qiyg‘och chalg‘i. Sal nariroqsa ikki bejrim kajava: biri - bosh uchun, biri kaggaroq - gavda uchun. Ularning issiq qon sachratib tipirchilagannini ko‘rmay xdm qolasiz... Bizda-chi? Yo‘nilmagan qaragay ustun, iflos arqon, kirsovun. Tfu! Keyin marxum osilgan holda sasib yotadi. Isqirt murdani angrayib tomosha qilish odati - faqat bizda. Bu gapparni Petr Arkadevichning o‘ziga ham aytganman, ochig‘i. Farqini shu odam ham tushunmadi, rahmatlik! Orqadamiz, knyaz...” Parijdek madaniyatli shaharda Shulginning nazarini mana shu “madaniyat” tortgan. U bu hakda zavqlanib gapiradi. Ruxi shunga mos odamgina mazkur holni qandaydir havas bilan aytishi mumkin. Fayzulloning bu gaplardan ensasi qotadi, ko‘ngliga g‘ashlik cho‘kadi. Sababi Fayzullo tamoman boshqa ruhdagi inson - uning qalbi go‘zal hislar bilan to‘la, odamlarning yomon qismatlariga o‘zini javobgar deb biladi.

Bu voqea-hodisalar uning qalbida izsiz qolmaydi. Odamlarni bilishda hali g‘o‘r ekanligini angladi. Bundan u atrofidagi odamlarga ichki bir qoniqmaslik, qandaydir ishonchsizlik bilan boqa boshladi. Lekin atrofidagi odamlarning bemor otasiga o‘ta mehribonligi, Shorajab zufununning hayotiy gaplari unga taskinlik beradi. Yana u ular yaxshi odamlar, ishonsa bo‘ladi, degan ichki nidoga kuloq osadi. Qur’on surasini ko‘pchilik: “Biz falakni faringgalar ila bezadik, toki shaytonlarga hay bermoq niyatida”, - deb sharhpasalar, zufunun: “Osmonni ilm yullduzlari ila bezadik, toki jaholatta tosh bo‘lib otilsinlar”, - deya talqin qiladi.

Fayzulloning otasi Ubaydulloxo‘ja o‘limi oldidan o‘g‘liga vasiyat qilar ekan, SHorajab zufununga qarata: “Siz, taqsir, Fayzulloxo‘jaga vasiylik qiling. Norasida ko‘nglini ovlab, roh rostga soling”, - deb iptijo qiladi.

Ota nasihati, shuningdek, muftining ba’zi to‘g‘ri fikrlari Fayzulloni uning nasihatlaridan chiqmaslikka, hatto aytish mumkinki, etagini tutishga olib keladi. Biroz vaqg o‘tishi bilan hayot ziddiyatlari, to‘qnashuvlar natijasida Fayzullo din peshvolari uning orzulari yo‘lida kamarbasta bo‘lish uchun

emas, balki sarmoyasi uchun atrofida girdikapalak ekanligini teranrok his qiladi. Buni anglash oson kechmaydi. Fayzullo turli “jin ko‘chalar”da adashadi. Dini islomdan og‘iz ochib, imonli bo‘lishga chaqirgan ustozlaridan ko‘rgan oqibati shu bo‘lgach, ko‘proq ma’rifatdan so‘z ochadigan eski do‘stlari - Mullo Ahad va Solijonlarning qilganlari ortiqcha bo‘ladi... Chunki u hayot yo‘nalishiga tomoshabin bo‘lib turolmas, qalbida dardi bor edi. Endi o‘z fikrlarini ochiqchasiga jamoaga etkazishga kirishadi: “Yillar o‘tib ketibdir, ammo hech narsa o‘zgargani yo‘q. O‘sha-o‘sha badbo‘y kushxonayu emakxonalar, mudhish xastaliklar manbai bo‘lmish qurtli obrezu kallapazliklar, hovuzlarda, zovurlarda o‘sha-o‘sha jarsumon ajal-mikroblar yashab, urchib turibdir, har xonadonda bedavo dardga chalingan beva-bechorayu etim-esirlar Xudodan o‘lim tilab yotadir. Toki bu alfozda qolurmiz? O‘zga elu elat qoshinda sha’nimizga isnod tushmasmu? Maxluq yoki hayvon emas, inson zotidirmiz. Majusiy yoki badaviy emasmiz, davlatimiz bor, janoblar!” Albatta, bu fikrlar endi o‘z maqsadi, niyati, dardlarini ochiqcha aytmay, uni qay tarzda amalga oshirish yo‘lini bilmay, kimdan tuzukroq fikr chiqsa, unga e’tiqod qo‘yib yurgan yigitchaning emas, balki hayot qozonida ancha qaynagan, maqsad yo‘lidagi qarashlari bir to‘xtamga kelgan kishining fikridir. Albatta, bunday odam amirlik uchun xavfli edi. Uning bu xattn - harakatlarini Fayzullo do‘st deb bilgan Mullo Ahad va Solijon amirga etkazib turardi. Ular amirning aygoqchilari edi.

Mana, hayotiy qahramon adabiy qahramonga, ya’ni badiiy obrazga qay tarzda aylanadi. Bu obraz tufayli biz Fayzullo ruhida yuz bergan iztiroblarni, o‘zgarishlarni qalban guyamiz, shuningdek, o‘sha davr ruhiyatini to‘la tasavvur qilamiz, holatlar ko‘z o‘ngimizda jonlanadi, muhimi qahramonning shuuridagi o‘zgarishning mohiyatini chuqur anglaymiz. Sababi yozuvchi bu holatlarni bayon qilmaydi, balki tasvirlaydi, kartinada ko‘rsatadi. Oqibatda o‘tmish bugungi kunga xizmat qiladi, chunki qahramonlar xatgi-harakatidan, voqealar zaminidan chiqarilgan umumlashmalar bugungi kun uchun ham ahamiyatlidir.


Download 211.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling