1-§. Biologiya – hayot haqidagi fan


Download 1.36 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1536771
Bog'liq
1-§. Biologiya – hayot haqidagi fan

1-§. Biologiya – hayot haqidagi fan

Biologiya 5 - sinf

REJA:

  • Biologiya sohalari.
  • Biologiya fanining ahamiyati.
  • Biologiya fanining rivojlanishiga hissa qo‘shgan o‘zbek olimlari.

Biologiya sohalari.

  • Biologiya - Yunoncha «bios» - hayot, «logos-fan, ta'limot degan ma'noni anglatadi.
  • Oʻrganish obyektiga ko'ra:
  • BOTANIKA SITOLOGIYA
  • ZOOLOGIYA ANATOMIYA
  • MIKOLOGIYA SISTEMATIKA
  • MIKROBIOLOGIYA FIZIOLOGIYA
  • GENETIKA EKOLOGIYA.

BOTANIKA - O'simliklar haqidagi fan.

  • BOTANIKA - O'simliklar haqidagi fan.
  • ZOOLOGIYA - hayvonlar haqidagi fan.
  • MIKOLOGIYA - zamburugʻlar haqidagi fan.
  • MIKROBIOLOGIYA - kichik jonzotlarni oʻrganuvchi fan.
  • SITOLOGIYA - hujayra haqidagi fan.
  • ANATOMIYA - tirik organizmning ichki tuzilishini o'rgatadi.
  • SISTEMATIKA - tirik organizmlarni o'xshash belgilariga ko'ra guruhlarga bo'lib o’rganuvchi fan.
  • FIZIOLOGIYA - tirik organizmda boradigan jarayonlarni o'rganadi.
  • GENETIKA - irsiyat va oʻzgaruvchanlik haqidagi fan.
  • EKOLOGIYA - tirik organizmlarning o'zaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini o'rgatadi.

Biologiya fanining ahamiyati.

Odamzod qadimdan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanib keladi. Agar u o‘simliklarning tuzilishi va xususiyatlarini yaxshi bilsa, mo‘l hosil oladi, yaxshi daromadga ega bo‘ladi.

Chorvachilikda ham hayvonlarni qanday boqish, ularda uchraydigan kasalliklarni bartaraf qilish choralarini yaxshi bilsa, qo‘y va mollari ko‘payib, ko‘plab go‘sht va teri mahsulotlarini olishi mumkin.

Tibbiyot sohasida dorivor o‘simliklardan, hayvonlar zaharidan foydalanib, turli kasalliklarni davolash mumkin. Buning uchun dorivor o‘simliklarni zaharlilaridan ajrata olish, hayvon zaharlarini kerakli miqdorda ishlata olish muhim. Hozirgi kunda shamollash va asab sistemasi kasalliklarini davolashda mutaxassislar tomonidan asalari zahari, qoraqurt zahari, ayniqsa, ilon zaharidan foydalaniladi.

  • Tibbiyot sohasida dorivor o‘simliklardan, hayvonlar zaharidan foydalanib, turli kasalliklarni davolash mumkin. Buning uchun dorivor o‘simliklarni zaharlilaridan ajrata olish, hayvon zaharlarini kerakli miqdorda ishlata olish muhim. Hozirgi kunda shamollash va asab sistemasi kasalliklarini davolashda mutaxassislar tomonidan asalari zahari, qoraqurt zahari, ayniqsa, ilon zaharidan foydalaniladi.
  • Odam doimo tashqi muhitga ta’sir ko‘rsatib keladi. Masalan, tabiiy boyliklardan foydalanadi, ekinzorlarni sug‘oradi, qurilish materiali sifatida daraxtlarni kesadi, zararkunandalarga qarshi dori sepadi.
  • Biologiya fanini bilish orqali odamning tabiatga salbiy ta’sirini kamaytirish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish mumkin.

Biologiya fanining rivojlanishiga hissa qo‘shgan o‘zbek olimlari.

  • O‘zbekistonda biologiya fanining rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlarimiz juda ko‘p.
  • Yolqin Xolmatovich To'raqulov - qalqonsimon bez faoliyatini o'rgangan. Osh tuziga yod qo'shish orqali buqoq kasalligini davolagan.
  • Jahongir Hakimovich Hamidov sitologiya sohasining rivojlanishiga hissa qo'shgan.
  • Jo'ra Azimboyevich Musayev - akademik, genetik olim. Dunyoda birinchi bo lib g'o'za kolleksiyasini yaratgan.
  • Muhsin Nabixonovich Valixonov - b.f.d., professor, g'o'zaning fiziologiyasini o'rgangan
  • Mashhura Egamovna Mavloniy akademik, mikrobiologiya sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo'shgan. O'rta Osiyoda ilk bor sanoat mikroorganizmlari kolleksiyasini yaratdi.
  • Jaloliddin Azimovich Azimov - akademik, zoologiya sohasida hayvon parazitlarini o'rgangan.
  • To'raxon Uzoqovna Rahimova - professor, botanikekolog olima. O'zbekistondagi cho'l va adir o'simliklarining ekologiyasini aniqlagan.

Jo'ra Azimboyevich Musayev
Muhsin Nabixonovich Valixonov
To'raxon Uzoqovna Rahimova
Jaloliddin Azimovich Azimov

Darsga oid test savollari?

  • 1.Muhsin Nabixonovich Valihonov …….
  • A) qalqonsimon bez faolyatini o’rgangan

    B) hayvon arazitlarini o’rgangan

    C) g’o’zaning fiziologiyasini o’rgangan

    D) a va b

  • 2.Irsiyat va o’zgaruvchanlik haqidagi fan qaysi ?
  • A) genetika B) ekalogiya C) sistematika D) anatomiya

  • 3. Hozirgi kunda shamollash va asab kasalliklarini davolashada nimalardan foydalanilmoqda?
  • A) asalari zahri B) ilon zahri C) qoraqurt zahri D) barchasidan

  • 4. Zamburug’lar haqidagi fanni aniqlang.
  • A) mikrobiologiya B) mikologiya

    C) zoologiya D) botanika

  • 5. Tibbiyot sohasida ……………..dan foydalanib,turli kasalliklarni davolash mumkin. A) dorivor o’simliklar,hayvonlar yog’i B) o’simliklar moyi,hayvonlar zahri C) hayvonlar zahri,dorivor o’simliklar D) barchasi

E’tiboringiz uchun rahmat.


Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling