Mavzu: Mikologiya va fitopatologiya fanlari yaratilishida nemis olimi Genrix Anton de Barining o’rni


Download 21.51 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi21.51 Kb.
#1007015
Bog'liq
referat 1


Mavzu: Mikologiya va fitopatologiya fanlari yaratilishida nemis olimi Genrix Anton de Barining o’rni.
Mikologiya (yun. mykes — zamburugʻ va ...logiya) — botanikaning bir boʻlimi. Zamburugʻlarning morfologiya, sistematika, biologiya, fiziologiya, biokimyo, ekologiya, geografiya, filogeniyasi, shuningdek, ularning tabiatda va odam hayotidagi ahamiyatini oʻrganadi. Mikologiya fitopatologiya (oʻsimliklardagi kasalliklarning koʻpini fitopatogen zamburugʻlar qoʻzgʻatadi), tibbiyot, veterinariya (koʻp parazit zamburugʻlar odam va hayvonlarda turli kasalliklar, mas, dermatomikozlar, mikotoksikozlarni qoʻzgʻatadi) va boshqa bilan bogʻliq.
Zamburugʻlar haqidagi maʼlumotlar qadimdan maʼlum. Masalan, milodiy 1-asrda qadimgi yunon olimi Pliniy Katta zamburugʻlarning daraxt poyalari va toʻnkalarda rivojlanishini yozib, ularni tasniflashga harakat qilgan. 1578-yil Golland botanigi K. Klauzius 221 zamburugʻning rang tasviri berilgan atlas chiqargan edi.
Odatda, mikologiyaning rivojlanishi 3 davrga ajratiladi.
Birinchi davr 19-asrning oʻrtalarigacha davom etgan. Bu davrda har xil zamburugʻlarni tasvirlash va tasniflashga urinishlar boʻlgan. Ikkinchi davrda (19-asrning oʻrtasidan oxirigacha) zamburugʻlar sistematikasiga oid ishlar bilan birga ularning ontogenezi va filogenezi ham oʻrganilgan. Bu davrda fransuz olimlari aka-uka L. va Sh. Tyulanlar unshudring, zang va qorakuya zamburugʻlardagi pleomorfizm hodisasini, yaʼni bir tur zamburugʻda turli xilda spora hosil boʻlishini aniqlashdi (shu sababli, bu zamburugʻlar dastlab alohida turga ajratilgan).
Nemis botanigi A. de Bari parazit zamburugʻlarni eksperimental oʻrganish, uning shogirdlari saprofit zamburugʻlarni ekish metodikasini ishlab chiqdilar. Rossiyada M. S. Voroninning parazit zamburugʻlar ustida qilgan ishlari muhim ahamiyat kasb etdi.
Uchinchi — yangi davrda zamburugʻlar fiziologiyasi va biokimyosi rivojlantiriladi. Nemis olimi G. Klebsning zamburugʻlar ontogenezi ustidagi ishlari katta rol oʻynadi. Mikologiyada sitologik usul keng joriy qilindi. Zang zamburugʻlar morfologiyasi, sitologiyasi, ularning parazit zamburugʻlar bilan oʻzaro aloqalari hamda parazit zamburugʻlar va ular bilan kasallangan oʻsimliklar fiziologiyasi chuqur oʻrganildi. Zamburugʻlar, ayniqsa, aktinomitsetlar rolining oshishi tufayli koʻp mamlakatlarda, shuningdek, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika ilmiy-ishlab chiqarish markazi laboratoriyalarida ularni oʻrganish keng yoʻlga qoʻyildi.
Fitopatologiya (fito..., pato... va logiya) — oʻsimlik kasalliklari, ularning oldini olish va tugatish usullari hamda tadbirlari haqidagi fan. Umumiy va xususiy fitopatologiyaga boʻlinadi. Umumiy fitopatologiya oʻsimlik kasalliklarining paydo boʻlishi sabablarini, kasallikni qoʻzgʻatuvchi organizmlar tuzilishi va ularning sistematikasini, rivojlanishi va tarqalishi qonuniyatlarini, kasallangan organizmlardagi anatomikfiziologik buzilishni, oʻsimlik karantini va immunitet masalalarini, oʻsimliklarni himoya qilish usul va tadbirlarini; xususiy yoki maxsus fitopatologiya ekinlar kasalliklarini oʻrganadi va ularga qarshi kurash choralarini tavsiya etadi. Fitopatologiya oʻsimlik anatomiyasi va fiziologiyasi, mikrobiologiya, mikologiya, genetika, seleksiya, oʻsimlikshunoslik, kimyo, fizika va boshqa fanlar yutuklaridan foydalanadi.
Kasalliklarning oʻsimlikka zarar keltirishi qadimdan maʼlum boʻlgan. 18-asr 2yarmida tajribalar asosida (Rossiyada A. T. Bolotov, Fransiyada A. Timet, Italiyada F. Fontana, Daniyada Ya. Fabritsius) qorakuya, zang, toshkuya va boshqa kasalliklarning yuqumliligi isbot qilindi, lekin ularni bartaraf etish yoʻllari topilmadi.
19-asrning 2yarmida nemis olimi A. De Bari, rus mikologi va fitopatologi M. S. Voronin va ularning shogirdlari koʻpchilik oʻsimlik kasalliklarining sababchisi zamburug ekanligini isbotladilar. 19-asrning oxirida fitopatologiya zamburugʻlar, virus lar va boshqa parazitlar keltirib chiqaradigan kasalliklarni oʻrganuvchi fan sifatida shakllandi. Bu davrga kelib uning asosiy yoʻnalishlari: mikologiya, parazitologiya, ekologiya, immunologiya, kimyoviy toksikologiya, virusologiya, oʻsimliklarning bakterioz va nematoda kasalliklari haqidagi taʼlimoti shakllandi.
Tadqiqotchi olimlar qorakuya, zang, oqpalak (vilt) zamburugʻlari turlari, kalmaraz, fitoftoroz va boshqa kasalliklar qoʻzgʻatuvchilarining patogenezi, epifitoetiologiyasining muhim qonuniyatlarini aniqladilar. Kasallik qoʻzgʻatuvchilariga qarshi kurashning samarali kimyoviy, biologik usullarini ishlab chiqdilar. Terapevtik taʼsir koʻrsatuvchi moddalar (baʼzi antibiotiklar va sirtdan taʼsir qiladigan fungidsidlar) ustida izlanishlar olib borildi. Seleksionerlar va fitopatologlar zang, oq va kulrang chirish, vilt, ildiz chirishi kabi kasalliklarga chidamli bugʻdoy, kungaboqar va tamaki navlarini yaratdilar. Viltga chidamli gʻoʻza navlarini yetishtirish va viltga qarshi kurashning yangi usullari ustida katta ishlar olib borildi.
Oʻsimliklarni kasalliklardan himoya qilish va fitopatologiyaning yangi masalalarini ishlab chiqishda oʻsimlik immuniteti omillari va qrnuniyatlarini oʻrganish; oʻsimliklarni kasallikka chidamliligini aniqlash, fitopatologik ekspertiza va oʻsimlik kasalliklari diagnostikasining yangi usullarini ishlab chiqish; zamburugʻ, bakterial, virusli va boshqa kasalliklar patogenezini oʻrganish; oʻsimlikning kimyoviy immunizatsiyasini oʻrganish (bunda oʻsimliklarning kasalliklarga chidamlilik qobiliyati keyingi 2— 4 avlodga oʻtadi); oʻsimliklarni himoya qilishning texnikaviy vositalari, katta hajmdagi himoya ishlarini rejalashtirish uchun zarur boʻlgan koʻp yillik maʼlumotlardan foydalanish usullarini ishlab chiqish va boshqa katta yordam beradi. Fitopatologiyada turli tadqiqot usullari, jumladan, mikologik virusologiya va bakteriologik tadqiqotlar, anatomiya, biokimyo va oʻsimliklar fiziologiyasi, kimyo va biofizika, biotexnologiya, umumiy agronomiya, meteorologiya va iqlimshunoslik, variatsion statistika usullari qoʻllanadi.
Download 21.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling